Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

4.Agressivlik. O’z joniga qasd qilish aktiga, ko’pincha, tutoqish, g’azablanish, 
nafrat, shafqatsizlik sabab bo’ladi. Ko’pincha, bunday ko’rinish suitsidentning o’ziga 
e’tibor qaratishi, yordam so’rashi hisoblanadi. Biroq, bunday chaqiruv, odatda, aks 
natija beradi – atrofdagilar suitsidentni yoqtirmay qolishadi, undan uzoqlashishadi. 
Hamdardlik o’rniga o’rtoqlari tomonidan qoralanishga erishadi. 
5. O’ziga zarar etkazish va xavfli xulq-atvor. Ba’zi suitsidal o’smirlar doim 
o’zlariga zarar keltirishga harakat qiladilar, o’zlarini “xavf chegarasida” dek tutadilar. 
Ular qaerda bo’lmasinlar – gavjum chorrahadami, tog’ yo’lidami, tor ko’prikdami 
yoki temir yo’ldami – tavakkal qilib katta tezlikda yuradilar.


37 
6.O’ziga hurmatning yo’qolishi. Yoshlar o’zlariga juda past baho berib yoki 
o’zlariga hurmatsizlik bilan qarash orqali o’zlarini hech kimga kerakmas, hech kim 
sevmaydigan, hech narsaga yaramaydigandek hisoblaydilar. Ularga o’zlarini xuddi 
autsayder 
va 
omadsiz, 
qo’lidan hech narsa kelmaydigan, hech kim 
yoqtirmaydigandek tuyuladi. Bunday vaqtda ularga o’lib ketgani afzaldek ko’rinadi. 
7.Ishtahaning o’zgarishi. Ishtahaning yo’qligi yoki, aksincha, me’yordan ortiq 
ishtaha orqali o’ziga zarar etkazish fikri bilan bog’liq bo’lib, har doim potentsial xavf 
mezonlari sifatida ko’rib chiqilishi zarur. Yaxshi ishtahali o’smirlar injiq bo’lib 
qoladilar, ishtahasi yomon yoki uncha yaxshi bo’lmaganlar esa, “uchta tomoqqa” 
eydilar. Shunga muvofiq, ozg’in o’smirlar semiradilar, to’laroq o’smirlar, aksincha, 
ozadilar. 
8. Uyqu tartibining o’zgarishi. Ko’pgina suitsidal o’smirlar butun kun 
davomida uxlaydilar: ayrimlari, aksincha, uyqusizlikka uchraydilar, yarim 
kechagacha xonalarida u yoqdan bu yoqqa yuradilar, ba’zilari ertalabga yaqin uyquga 
yotadilar. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling