Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Mijozning xabardorlik va ixtiyoriy kelishuvi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

1.3.Mijozning xabardorlik va ixtiyoriy kelishuvi 
-mijoz ishining maqsadi, qo’llanadigan metod va olingan ma’lumotlardan 
foydalanish usullaridan ogoh bo’lishi zarur. Faoliyat jarayonida mijozning unda 
ishtirok etish uchun bergan roziligidan so’ng boshlanadi. Agar mijoz bu jarayonda 
ishtirok etishga rozilik berish holatida bo’lmasa, bu qaror uning qonuniy vakillari 
tomonidan qabul qilinadi; 
-psixolog mijozning hamma asosiy qadamlar va harakatlardan xabardor qilishi 
kerak; 
-psixolog mijoz tomonidan roziligi olingach, maslahatni video yoki audioga 
yozishi mumkin. Bu telefon suhbatlariga ham taalluqli. Psixolog mijozning roziligi 
bilan uchinchi shaxsni maslahatning video, audio yozuvi, telefon suhbatlari bilan 
tanishishiga ruxsat beradi; 
-psixologik tajriba va tadqiqotlarda qatnashish ixtiyoriydir. Mijoz oldindan 
unga tushunarli ravishda tadqiqotning maqsadi, xususiyatlari va ehtimoliy xavfi
diskomfort yoki kutilmagan oqibatlari haqida ogohlantirilishi zarur. Psixolog 
mijozning xavfsizligi va xotirjamligini ta’minlash uchun hamma zaruriy ehtiyot 
choralarini ko’rishi zarur.
1.4.Mijozning o’z mavqeini belgilashi 
Mijoz boshqa psixologni masalahat uchun jalb etsa (agar zararli bo’lmasa), 
psixolog qarshilik qilmasligi zarur. 
2.Bilimdonlik tamoyili 


42 
Psixolog o’z ishida bilimini yuqori darajada ko’rsata olishga intilishi, 
shuningdek, o’z bilimi va tajribasi chegarasini tan olishi lozim. Psixolog olgan bilimi 
va tajribasi asosida xizmat ko’rsatishi shart. 
Bilimdonlik tamoyiliga quyidagilar kiradi: 
2.1. Kasbiy odobdan xabardorlik 
-psixolog kasbiy odob doirasidan mukammal xabardor bo’lishi zarur; 
-psixolog o’z ishida odob tamoyillariga tayanishi zarur; 
-psixolog boshqa kasb vakillari bilan muloqotda odob doirasidan chiqmay, sabr 
bilan va doim yordamga tayyor bo’lishi lozim.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling