Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Kasbiy bilimlilikning chegaralanishi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

2.2.Kasbiy bilimlilikning chegaralanishi 
-psixolog o’z bilimliligi doirasida, olgan bilim va tajribasi asosida amaliy 
faoliyat olib borishga majbur; 
-faqat psixolog mijoz bilan ishlashni bevosita (anketa ochish, suhbatlashish, 
test o’tkazish, psixoterapiya, trening va boshqalar) yoki bavosita (biografik, kuzatuv 
metodi, mijozning faoliyatini o’rganish) amalga oshiradi; 
-psixolog mijozning mehrini, ishonchini qozonishi va o’zi bilan muloqotdan 
qoniqishini qo’llab-quvvatlashi uchun psixodiagnostik suhbat, kuzatish metodini 
qo’llashi, pedagog-psixolog sifatida ta’sir ko’rsatishi lozim; 
-agarda mijoz betob bo’lsa, shifokor yoki uning yaqinlari roziligi olingach, u 
bilan ishlash mumkin. 
2.3.Qabul qilinayotgan vositalarini cheklash 
-psixolog tadqiqot olib borish maqsadida yoshi, jinsi, ma’lumoti, mijozning 
ahvoli, tadqiqotning shartlariga mos uslublarni qo’llashi mumkin. Bundan tashqari, 
psixodiagnostik uslublar albatta, standartlangan, normallashgan, ishonchli va bir 
maromda bo’lishi kerak;
– psixolog ma’lumotlar qayta ishlangan va sharhlangan, ilmiy jihatdan 
isbotlangan uslublarni qo’llashi lozim. Metodlarni qo’llashda psixologning ilmiy 
qiziqishlari, mijozga nisbatan shaxsiy mayli, ijtimoiy ahvoli yoki kasbiy faoliyati 
bilan belgilanmasligi kerak.


43 
2.4.Kasbiy rivojlanish 
Psixolog doimo kasbiy bilimini oshirib borishi va psixologik etika doirasidagi 
ishlar (tadqiqotlar)dan xabardor bo’lishi lozim. 
2.5.Ba’zi sharoitlarda kasbiy faoliyatning imkonsizligi 
– agarda ba’zi sabablarga ko’ra, psixolog vaqtidan ilgari mijoz bilan ishlashni 
to’xtatishga majbur bo’lsa, bu uning ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatsa, psixolog, mijoz 
bilan ishlashni davom ettirishi zarur; 
– psixolog o’z layoqati va mulohazalariga salbiy ta’sir ko’rsatgan taqdirda 
kasbiy faoliyatini davom ettirishi mumkin emas.  

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling