44
4.Halollik tamoyili
-psixolog o’z faoliyatida halol, haqqoniy bo’lishi va o’z hamkasblarini hurmat
qilishi zarur. Psixolog o’z kasbiy vazifalarini aniq bajarishi lozim.
Halollik tamoyiliga quyidagilar kiradi:
4.1. Shaxsiy va kasbiy imkoniyatlarning chegarasini anglash
Psixolog o’zi va o’z kasbiy imkoniyatlari chegarasini anglashi shart. Bu turli
soha mutaxassislari o’rtasida muloqot olib borishga sharoit yaratadi.
4.2.To’g’rilik va oshkoralik
– psixolog taqdim etgan ma’lumotlariga javobgar
va tadqiqot hamda amaliy
ishda yanglishmasligi lozim;
– psixolog tadqiqot natijalarini psixologiya fanida qabul qilingan atama va
tushunchalar, tadqiqotning ilk taqdim etilgan materiallarini o’z
mulohazalari bilan
tasdiqlashi, ularning matematik-statistik jihatdan qayta ishlanishi va malakali
hamkasblarining ijobiy xulosalari bilan tuzadi. Har qanday
psixologik vazifalarni
echish uchun tadqiqot olib boriladi hamda doimo qo’yilgan vazifalar bo’yicha
adabiyotlarda keltirilgan taxminiy ma’lumotlar tahliliga tayaniladi.
–mabodo yanglish ma’lumotlar qo’zg’alsa, psixolog bu haqda qatnashchilarni
xabardor qilishi va yangidan ishonch me’yorini belgilashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: