Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

tamoyili. Bu turli mutaxassislarning o’zaro aloqasi, ayniqsa, o’qituvchilar, 
tarbiyachilar, psixologlar, ijtimoiy, tibbiy xizmatchilar, voyaga etmaganlar bilan 
ishlash komissiyasi, ota-onalar profilaktikasi va o’smirlar o’rtasida takroriy suitsidni 
to’xtatish ishlarida samarali yordam beradi. 
4.2. Bolalar va o’smirlar o’rtasida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi 
bo’yicha tavsiyalar 
Suitsidga qarshi kurash bo’yicha ijtimoiy ishlarni tashkil qilish ikkita asosiy 
yo’nalishda amalga oshiriladi: 
–o’z joniga qasd qilish profilaktikasi; 


47 
– suitsident va uning atrofidagilarning reabilitatsiya va adaptatsiyasi. 
Suitsidal xulq-atvor profilaktikasida davlat, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, 
psixologik, pedagogik va suitsidal xulq-atvor rivojlanishidan ogohlantirishga 
yo’naltirilgan boshqa tadbirlarni tushunish mumkin. Xorij mamlakatlarida o’z joniga 
qasd qilish profilaktikasi maxsus suitsidologik xizmatlar (“ishonch telefoni”, 
ijtimoiy-psixologik yordam xonalari, inqirozli holatlar bilan shug’ullanuvchi 
bo’limlar), mutaxassislarni suitsidal moyillikni aniqlashga o’rgatish, aholini suitsid 
vositalariga huquqini cheklash, ommaviy axborot vositalarida o’z joniga qasd qilish 
haqida xabarlarni nazorat qilish yordamida amalga oshiriladi. 
AQShda suitsidni oldini oluvchi harakatlar jamoatchilikda katta shov-shuvga 
sabab bo’ldi, 1966 yilda Psixologik sog’lomlashtirish milliy instituti suitsid 
profilaktikasini o’rganish bo’yicha markaz tashkil qilindi. O’z joniga qasd qilish 
darajasini kamaytirish uchun “buni shunday qilish kerakki, insonlar hayoti saqlab 
qolinishi mumkinligiga hamma ishonsin”. Keyinchalik, ikki psixolog – Edvin 
Shneydman va Norman Farberou Los-Anjelesda Suitsid profilaktikasi markazini 
tashkil qilishdi hamda hozirgi kunda dunyoga mashhur muassasa hisoblanadi. 
Markaz xodimlarini psixologlar, psixiatrlar, ijtimoiy xodimlar va ko’p qismini 
volontyorlar tashkil qiladi. Shundan buyon AQShda suitsid profilaktikasi bo’yicha 
200 dan ortiq dasturlar ishlab chiqilgan. 
AQShda hozirgi kunda o’z joniga qasd qilish profilaktikasi bo’yicha 
muassasalarni tashkil qilishga oid ko’pgina variantlar mavjud. Ularning umumiy 
xususiyati inqiroz holatida shoshilinch yordam ko’rsatish uchun telefon aloqalarining 
mavjudligi hisoblanadi. Ularning xodimlari o’z joniga qasd qilishga uringan odam 
bilan ikki yoqlama aloqa o’rnatadilar va ular bilan norasmiy aloqaga kirishadilar. 
Uning muammolarini hal qilib, emotsional zo’riqishlarni engillashtirish mumkinligini 
ma’lum qiladilar. Telefon- maslahatchi abonentning suitsidal potentsialini baholashi 
lozim. Ular muassasalar, kasalxonalar, amaliyotdagi psixiatrlar, ijtimoiy yordam 
agentligi poliklinikalari, ruhoniylar yoki umumiy ixtisoslashgan shifokorlar 
hisoblanadi. Abonentga tez tibbiy yordam zarur bo’lsa, militsiyadan foydalanish 
zarur. Ayrim agentliklarning bildirishicha, inqiroz vaqtida eng samarali yordam oila 


48 
hisoblanadi, desalar, ba’zilar yaqin do’stlarning qo’llab-quvvatlashi muhim, deb 
taxmin qiladilar. Agarda suitsidal inqiroz tugallanishga yaqinlashsa, abonentni 
maxsus xizmatlarning psixiatrik yordamiga yuborish mumkin. 
Dunyoviy amaliyotda suitsiddan ogohlantirish tizimini quyidagicha ajratish 
mumkin: 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling