Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

-gospital yordamlar: suitsidal belgilari mavjud bemorlarga inqiroz holatlarida 
yoki autoagressiv xulq-atvorda ruhiy buzilishlar yuzaga kelganda psixiatrik 
kasalxonalarda maxsus statsionar yordam ko’rsatiladi. 
Suitsidal xizmat bo’g’inlaridagi ba’zi ishlarni batafsil ko’rib chiqamiz: 
1.Suitsidal harakatlarni to’xtatish maqsadida “Ishonch telefonlari” maslahat 
yordamlar uchun mo’ljallangan. Bu suitsidologik xizmat tizimining asosiy vazifalari 
inqiroz holatida murojaat qilgan bemorlar bilan psixoterapevtik suhbat o’tkazib, 
suitsidal istakni to’xtatish choralarini qo’llaydi. 
“Ishonch telefoni” maxsus jihozlangan binoda tashkil qilinib, zaruriy hollarda 
bir nechta telefon raqamlari, alohida ovoz o’tkazmaydgan xonalarda va mijoz bilan 
har kuni kecha-kunduz tanaffussiz amalga oshirish ko’zda tutilgan. “Ishonch 
telefoni” manzili manzil ma’lumotnomalarida ko’rsatilmaydi. Bo’lim mutaxassislari 


50 
faqat “Ishonch telefoni” yoki taxallus bilan o’zlarini tanitadilar, o’zlarining pasport 
ma’lumotlari va manzillarini ko’rsatmaydilar. Begona kishilarning bo’lim binosiga 
kirishi va aloqa liniyasidan shaxsiy so’zlashuvlari qat’iyan man qilinadi. 
“Ishonch telefoni” faoliyatiga vrach-psixiatrlar vrach-psixoterapevtlar yoki 
tibbiy psixologlar, amaliy psixologlar, pedagog-psixologlar, psixologiya va tibbiyot 
muassasalari talabalaridan iborat, suitsidologiya doirasida va “ishonch telefoni” 
ishida maxsus bilimga ega volontyorlar jalb etiladi.
Abonentlarning “Ishonch telefoni”ga murojaati murojaatlar jurnaliga qayd 
qilinadi, unda so’zlashuvning qisqacha mazmuni, ko’rilgan choralar (maslahat, 
qisqacha mazmuni), zaruriy hollarda abonentning turar joyi va pasport ma’lumotlari 
yoziladi. 
2.Ijtimoiy-psixologik yordam xonasi inqiroz va suitsid xavfli holatlarga 
aylangan vaziyatda ko’ngilli ravishda murojaat qilgan shaxslarga maslahat va 
profilaktik yordam ko’rsatadi. 
Bu xonaning asosiy vazifalari: 
-maslahat-diagnostik ishlar; 
-murojaat qilgan fuqarolarga psixologik va ijtimoiy yordam ko’rsatish; 
-aholiga psixologik va psixoprofilaktik yordam, ruhiy sog’lomlashtirish 
dasturida ishtirok etishi; 
Ijtimoiy-psixologik yordam (xohishga ko’ra) anonim tarzda ko’rsatiladi. Bu 
xonada hisob hujjatlari yuritiladi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling