Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi
Bolalar va o’smirlarda suitsidal xulq-atvor xavfini quyidagi omillariga
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Suitsidal metodikalar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi guruh
- Ikkinchi guruh
- Uchinchi guruh
Bolalar va o’smirlarda suitsidal xulq-atvor xavfini quyidagi omillariga
e’tibor qaratish zarur: -suitsidal moyillik, suitsidga qo’l urgan qarindoshlarning borligi (nasliy qiynalish); - oilada iliq va ishonchli munosabatlarning yo’qligi (istaksiz tug’ilgan bola), tahqirlanganlik hissi; -ota-onani yo’qotish, oilaning barbod bo’lishi; -ota-ona, aka-opa yoki boshqa qarindoshlar tomonidan kaltaklanish, xo’rlanish; -yaqinlari tomonidan jismoniy va ma’naviy kamsitilish; -qo’rquv, siqilish va tushkunlik, ranjish hissi; -pedagoglar yoki sinfdoshlar bilan nizolar; 59 -qilgan yoki qilmagan qilmishlar uchun jazolanishdan qo’rqish; -yolg’izlik; -spirtli ichimlik yoki toksik zaharlanish holati; -xarakter patologiyasi va ruhiy kasalliklar. Suitsidni amalga oshirish ehtimoli katta bo’lgan 3 ta guruh belgilari mavjud: Birinchi guruh – og’zaki belgilar, bunda suhbatning mavzuidan bilish mumkin. Bunga ojizlik, umidsizlik hislari taalluqli. Hayot bilan xayrlashuvga oid suhbat (masalan, “eng sevimli rasmlarni oxirgi marta qo’ryapman...”); o’lish istagi haqidagi hazil; aniq reja yoki o’z joniga qasd qilish uslubi haqida ma’lumot; ikkilanish; bironta muhim voqeaga yoki odamga baho berish (masalan, muhabbat va nafrat orasida); sekin, lanj va ma’nosiz nutq; o’zini va boshqalarni ayblash. Ikkinchi guruh – emotsional belgilar. Ularni og’zaki nomalar va yozma ma’lumotlar (yig’i, hiqillab yig’lash, bir so’z aytish uchun uzoq pauza) dan bilish mumkin – qayg’urish, aybdorlik hissi, omadsizlik, shaxsiy ahamiyatsizlik hissi, qo’rquv, o’zini yo’qotib qo’yish, impulsiv harakatlar. Uchinchi guruh – xulqiy belgilar. Bu xulqning birdan o’zgarishi bo’lib, o’zi uchun muhim odamlardan yoki uning uchun muhim bo’lgan faoliyatdan uzoqlashtiradi, shuningdek, o’ylamasdan yoki aqlsiz qiliqlar hayot uchun yoki salomatlikka xavf bilan bog’liq (masalan, qurilish maydonlarida o’ynash, portlovchi moddalar bilan manipulyatsiya qilish, sportning xavfli turi bilan shug’ullanish). Bu, shuningdek, spirtli ichimlik va narkotik moddalarga moyillikdir. Bunga yana alohida zaruriyatsiz, yashirin depressiya, ko’pincha, jismoniy darmonsizlik oshkor bo’lganda shifokor yordamiga ehtiyoj ham kiradi. Yashirin depressiyadan tashqari, oshkora bo’lishi ham mumkin, ya’ni kayfiyatsizlik, nutq, fikrlashning tormozlanishi, siqilishda ham ko’rinadi. Oshkora depressiyada boshqa simptomlar ham bo’lishi mumkin: qo’rquv, vahima, qo’rqoqlik. Uchinchi guruh belgilariga, shuningdek, sevimli narsalardan ajralish (masalan, “itimni jud yaxshi ko’rardim, uni sovg’a qildim, menga kerakmas...”); o’zini himoya qilish vositalari haqida gaplashish (“gazli pistolet, balloncha oldim”, “bu tabletkalar qanday ta’sir qiladi, biron narsa sezasanmi yoki yo’q?”); yashashdan maqsad yo’qligiga oid, inson hayotining qadrsizligi haqida. 60 Ba’zan o’z joniga qasd qilish haqida xayol qilayotgan bolalar va o’smirlar sarosimaga tushadilar. Ularni umidsizlik qamrab oladi va ular ongsiz ravishda atrofidagilarga o’z qilmishlari haqida “signal” beradilar. Ularning bundan maqsadi shundaki, ularga kimdir engillik va xavfsizlik hissini topib kelsin. Shuning uchun, birinchi o’rinda, suitsidal xulq-atvor shakllanishini to’xtatish imkonini qo’ldan chiqarmaslik uchun bunday “belgi”larga e’tibor berish zarur. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling