Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Ehtiyotkorlik belgilariga quyidagilar kirishi mumkin


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

Ehtiyotkorlik belgilariga quyidagilar kirishi mumkin
-xulq-atvordagi odatiy qiliqlarning sezilarli darajada o’zgarishi; 
-uyqusizlik yoki yuqori uyquchanlik; 
-ishtahaning yomonlashishi yoki yaxshilanishi; 
-bezovtalik belgilari; 
-doimiy charchoq belgilari; 
-tashqi ko’rinishga e’tiborsizlik yoki tashqi ko’rinishga sinchkovlik; 
-jismoniy darmonsizlikdan shikoyat qilish; 
-kayfiyatning tez-tez o’zgaruvchanligiga moyillik; 
-quvvatsizlik; 
-biron korxonada ishlashdan bosh tortish; 
-harakatlaridagi ortiqcha xavf; 
-o’lim va oxirat haqidagi o’ylarni singdirish; 
-noodatiy birdan g’azablanish yoki ishq-muhabbatining qaynab turishi; 
-umidsizlikka tushish; 
-spirtli ichimlik yoki narkotik iste’molini kuchaytirish; 
-qimmatbaho buyumlarini sovg’a qilib yuborish; 
-hamma ishlarini tartibga keltirish; 
-o’z janozasi haqida so’zlashish; 
-hayotdan ko’z yumishi haqida xat yozish. 
Og’zaki arzi hol: 
-“O’z hayotimni yomon ko’raman!” 
-“Hali ko’p afsuslanishadi, menga qilganlariga”. 


61 
-“Boshqa chidolmayman... Jonimga tegdi... Qancha chidash mumkin? 
Hiqildog’imga keldi!!!” 
-“O’zimni o’ldirmoqchiman!” 
-“Yashagim kelmayapti... Shuncha yashadim, etadi!” 
-“Men hech kimga kerakmasman... O’lganim yaxshi!” 
-“Hammani va hamma narsani yomon ko’raman!!!” 
-“Yagona yo’l – o’lish!!!”  
-“Meni boshqa ko’rmaysan!..” 
-“Ruhning qaytishiga ishonasanmi? Bir kun kelib bu dunyoga qaytaman!” 
-“Agar biz boshqa uchrashmasak, hammasi uchun rahmat!!!” 
Bolaning xulq-atvorida o’z joniga qasd qilish yuz berishi ehtimolidan 
ogohlantiruvchi sezilarli o’zgarish – bu normal vazifalarning pasayishi va “og’ir” 
kunlarda bo’ladiganidek, xususiyatlarning chuqur o’zgarishi. Xulq-atvor sekin-asta 
o’zgarishi mumkin hamda bolaning maktabdagi mashg’ulotlarga qiziqishi yo’qoladi 
yoki birdan ruhiyatida o’zgarish yuz beradi, ya’ni ertalab yaxshi kayfiyatda bo’lsa, 
keyin birdan o’zini o’ldirmoqchi ekanligini aytadi. Shuning uchun bunday bolalar 
bilan ishonchli shaxsi sifatida ishonchli munosabatlarni o’rnatish lozim. 
Agar bola ilgari suitsidga uringanini aytsa, unda siz bu mavzuni davom ettirish 
imkoniga ega bo’lasiz. Endi siz uning muammolari haqida aniq so’zlashishingiz 
mumkin. Bu o’rinda bolaning o’zi sizning kelajakdagi ishingizni engillashtiradi. 
Yoddan chiqarmaslik kerakki, ko’pgina suitsidal urinishlar yordamga chaqiruv 
hisoblanadi. Agar bola qachondir o’zini o’ldirmoqchi bo’lganini aytsa, unda u, 
avvalambor, sizdan madad kutyapti. 
Suhbat vaqtida ilgari yoki hozirda suitsidal tahdid mavjudligi aniqlansa, bunda, 
eng muhimi, bola bilan “antisuitsidal shartnoma” tuzish hisoblanadi. Antisuitsidal 
shartnomadan maqsad suhbat davomida yoki suhbatdan so’ng suitsid ehtimolini 
to’xtatish hisoblanadi, bu samarali yordam berish uchun vaqtdan yutish imkonini 
tug’diradi. Buning uchun: “Kel, sen bilan kelishib olamiz, muammolaring ustida 
ishlayotganimizda hech qanday nojo’ya ish qilmaysan”, degan usulni qo’llash lozim. 
Odatdagidek, bola rozi bo’ladi. Mabodo rad etsa, qat’iyroq turish kerak: (masalan, 


62 
“Bunday qila ko’rma! Men uchun qadrli bo’lib qolding, o’ylab ko’r, bunday 
so’zlashuvdan so’ng menga nima bo’ladi...”). Antisuitsidal shartnomadan foydalanib, 
quyidagilarni amalga oshirish mumkin: 
–alternativ qarorlarni o’rganib chiqish (masalan, hozir sen o’z maqsadingni 
amalga oshirmasang nima bo’ladi, uning o’rniga sinab ko’r......”); 
– ichki xaosni tartibga solish ( masalan, “Nima uchun sen to’xtab turmaysan, 
toki....) – agarda sizning qabul qilgan qaroringizga shubhangiz bo’lmasa, unda siz o’z 
vazifangizni 50% ga bajardingiz. 
O’z joniga qasd qilishga uringan bola sizga yordam so’rab murojaat qilsa
quyidagi savollarni berishingiz mumkin: 
-ishlar qalay? O’zingni qanday his qilyapsan? 
-suvga tushgandek bo’lib qolibsan, nima bo’ldi?  
-nima qilmoqchisan? 
-joningga qasd qilmoqchimisan? 
-buni qanday qilasan? 
-agarda joning qiynalib qolsa, nima bo’ladi? 
-agarda “Yaxshi kayfiyat” shkalasiga “0” yozuvi, “O’z joniga qasd qilish” 
shkalasiga “10” yozuvi qo’yilsa, sen hozirgi ahvolingni qaysi shkala bo’yicha 
belgilarding? 
-ilgari ham o’zingga shikast etkazganmisan? Qachon? Nima bo’lgan? O’sha 
vaqtda shkalaning qaysi biridagi ahvolda bo’lgansan? 
-agarda menga o’zingga shikast etkazmaslikka va’da bersang, keyin bu ishni 
qila olarmiding? Senga va’da berishga nima xalaqit berardi? 
-ilgari qiyinchiliklarni engib o’tishga nima xalaqit berardi? Hozir nima yordam 
beradi? 
-kimdan bu yordamni olmoqchisan? 
-seni ota-onang qiyinchiliklaringni, ruhiy azoblaringni bilishadimi? 
-mutaxassis (psixoterapevt, nevrolog) bilan maslahatlashishni xohlaysanmi?  
-agarda o’zingni o’ldirmaslikka va’da bersang, so’zingni ustidan chiqasanmi? 
Qancha vaqtga? 


63 
Har doim barcha tahdidlarga jiddiy qarash zarur, shuning uchun: 
-bola bilan ochiqchasiga va to’g’ridan-to’g’ri gaplashish kerak; 
-suhbatdoshingga uning kechinmalari sen uchun ham muhimligini his qilishga 
imkoniyat berish; 
-uni chin dildan tinglash; 
-o’z joniga qasd qilish – bu muammolarning samarasiz echimi ekanligini o’z 
nuqtai nazaridan quvvatlash; 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling