Mutaxassislik: Davlat boshqaruv huquqi Talaba: Abduraximov Abdulaziz Abdurazzaq o‘g’li
Download 20.7 Kb.
|
1. Abdulaziz Abduraximov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq. Vaziyatlar tahlil usuli 1-bosqich: Tizim nomi: Yoshlarning jinoyatchiligiga qarshi kurashish tizimi
Mutaxassislik: Davlat boshqaruv huquqi Talaba: Abduraximov Abdulaziz Abdurazzaq o‘g’li 1-topshiriq: Korrelyatsiya usuli
2-topshiriq. Vaziyatlar tahlil usuli 1-bosqich: Tizim nomi: Yoshlarning jinoyatchiligiga qarshi kurashish tizimi 2-bosqich: Tizimli muammo: Ushbu hududlarda jinoyatchilikning mavjudligi va ortib borayotganligi. (Muammo o’lchovi, 10 ta) Jinoyatlar turli sabablarga ko‘ra huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan ro‘yxatga olinmasligi ularning kelgusida og‘irroq jinoyatlar sodir etishlari uchun zamin yaratmoqda. Yoshlarning hech bir qiyinchiliksiz moddiy ne’matga ega bo‘lishga intilishlari turli jinoyatlar sodir etishiga olib keladi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ya’ni yoshlarni darsdan bo‘sh vaqtlarida turli to‘garaklarga jalb etish ishlarida tegishli tashkilot va muassasalarida tashabbuskorlikning yetishmasligi o‘rin tutib kelmoqda. Yoshlarning bandligini ta’minlashda yo‘l qo’yilayotgan kamchiliklar, ya’ni yoshlarni ish bilan ta’minlash hamda mehnat qonunida belgilangan rag‘batlarni yetarli darajada ta’minlanmasligi ham o‘zining ta’sirini o‘tkazmoqda. Bunda joylardagi o‘qimasdan-ishlamasdan yurgan yoshlar sonini aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar muntazam monitoring yo‘lga quyilmaganligi va amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida tashkil etilmayotganligi oqibati deb hisoblash mumkin. Huquqbuzishlarga yoki turli g‘ayriijtimoiy harakatlarga jalb qilinishi hamda ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan muqaddam sudlanganlar bilan tarbiyaviy ishlarini tashkil etishda yo‘l quyilayotgan kamchiliklarning ham o‘rni beqiyosdir. Ota-onalarning o‘zaro noma’qul munosabatlari, ya’ni muntazam spirtli ichimlikka ruju quygan ota-onalarning farzandlari taqdiriga befarqlik munosabati yoki ota-onalarning ajralib ketishi holatlarining yildan-yilga ko‘payib borayotganligi hamda ota-onalarning farzandlari tarbiyasi ustidan nazoratni susaytirib yuborganligi, shuningdek, farzandlari tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik yoki jinoyatga nisbatan qarshi keskin choralar ko‘rilmasligini qayd etish zarur. Yoshlarimizning tafakkuri, mafkurasi va dunyoqarashida juda ko‘p bo‘shliqlar. Savodsizlik omili, badiiy saviya pastligi, milliy tarbiya va qadriyatlar asoslari rivojlanishining to‘xtab qolganligi. 3-bosqich: Muammo sabalari: (5 ta sabab) Ishsizlik – (5) Moddiy qiyinchilik – (9) Huquqiy bilimlarga ega emaslik – (3) Ichkilikbozlik va nazoratsizlik– (7) Karrupsiyaviy omillar – (4) 4-bosqich: Tizimli muammoni bartaraf qilish modelini qurish. Ota-onalar yoki ularning vazifasini bajaruvchi shaxslarni pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish zarur; Yoshlarning axloqiy va huquqiy tarbiyasida muammolarni bilish shart; Yoshlar tarbiyasidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida o‘rganib, oldini olish; Yoshlarni ijtimoiy foydali mehnat bilan shu’ullanishiga sharoit yaratib berish lozim; Yoshlarni ortiqcha erkalatib yuborish (aytgani aytgan va degani degan holga kelib qolishi) ni oldini olish zarur; Oilaviy muammolarning mavjudligi (oilaviy muhitning yaxshi emasligi, ishsizlik, ajralishlar, ko‘chib yurish, yangi sharoitga yoshlarga moslasha olmasligi, kasallik va iqtisodiy nochorlik kabilar) va bu muammolarni oqilona hal etish zarur; Yoshlarning himoyasizligi, ya’ni uni eshitmaslik yoki tushinishni istamaslik, muammolar yechimiga qaratilgan to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatmaslik va yordam bermaslik kabi holatlarni oldini olish zarur; Yoshlarning tengqurlari tomonidan kamsitilishi, tahqirlanishi, jismoniy choralar ko‘rilishi va bunday muammoli holatlarni bartaraf etish zarur; Oila, o‘quv muassasasi va mahalla hamkorligining pedagogik-psixologik talablar darajasiga olib chiqish zarur; Yoshlarni ortiqcha tergash, nasihatgo‘ylik qilish, har xil og‘ir jismoniy ishlarga jalb qilish oqibatida mehnatdan bezdirish, bolani yosh, jins va individualruhiy xususiyatlarini inobatga olish zarur; Nazoratsizlik oqibatida yoshlarning jinoyatni o‘tab qaytganlar yoki jinoiy tajribaga ega bo‘lganlar muhitiga tushib qolishini oldini olish zarur; Tarbiyasi qiyin yoshlarni sinf jamoasi bilan bo‘ladigan munosabatlarini sog‘lomlashtirish voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik xulqining oldini olishda muhim omil sifatida o‘rin tutadi. Y=10 – 1*(5)1-2*(9)2-2*(3)3-4*(7)4-3*(4)5 Download 20.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling