Mutaxassislik fani


Plantaglyusid granulasi (Granulae Plantaglucidi)


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25

Plantaglyusid granulasi (Granulae Plantaglucidi) 
 
Plantaglucidi           
- 1,0 q 
 
Sacchari                  
- 1,0 q 
 
Spiritus aethylici 70%   -  q.s. 
 
5. 
Furazolidon granulasi (Granulae Furazolidoni pro infantibus) 
Bu  ham  qand  asosida  tayyorlanadi.    Sirig‗  yoki  ko‗kimtir-sarg‗ish  rangli 
granula,    o‗ziga  xos  hidga  ega.  Belgisi  bor  flakonlarda  50,0  g  dan  chiqariladi,  
ishlatishdan  oldin  yangi  qaynatilgan  suv  bilan  belgisigacha  etkaziladi  (100  ml 
gacha).  Bir Shgacha bo‗lgan bolalarga 4 ml dan, 1-2 yoShlilarga 4-5 ml dan, 3-4 
yoShlikka  6-7  ml,  5-6  yoShlikka  7,5-8,5  ml  dan  beriladi.  Ishlatishdan  oldin 
suspenziyani yaxshilab chayqatish lozim. 
6. 
Bolalarga  mo„ljallangan  etazol  natriy  granulasi    (Granulae 
Aethazoli Natrii pro infantibus) 

 
88 
PuShti  rangli,  o‗ziga  xos  hidli  granula.  Flakonlarda  60,0  g  dan  chiqariladi, 
ishlatishdan  oldin  30-40 50
0
  li  suvda  eritib,    30  daqiqa  vaqti-vaqti  bilan 
chayqatiladi.  Bir yoshgacha bo‗lgan bolalarga 5 ml, 2 yoshga  - 10 ml,  3-4 yoshga 
15 ml,  5-6 yoShlikga 20 ml har 4 soatda berish kerak. Antibakterial vosita sifatida 
ishlatiladi. Pnevmoniyada, dizenteriyada, angina, sistit va h.k. 
Urodan. (Urodanum).  Oldindan  tegishli maydalagichlarda alohida-alohida 
maydalangan,  teShigini diametri 50 mkmli elakdan o‗tkazilgan modda zettasimon 
aralashtirgichlarda  yaxshilab  aralashtiriladi.  So‗ngra  96%    spirt  qo‗shib  mo‗‗tadil 
nam massa xosil bo‗lguncha aralashtiriladi. Nam  massani  teShigini diametri 3000 
mkm  li  elak  orqali  o‗tkazib  granula  xoliga  keltiriladi.    Nam  massani  40 50 
0
  
haroratda  mo‗‗tadil  qoldiq    namlik    (3%)    qolguncha  quritiladi.    So‗ngra  quruq 
granula teShigini  diametri  200  mkm  li  elak    yordamida    elab,  mayda  fraksiyadan 
tozalaydi.  Tayyor  maxsulot  sifat  va miqdoriy tahlil uchun laboratoriyaga beriladi.  
U erdan ijobiy javob olgandan so‗ng, Shisha idishlarga yoki polietilen qoplarga 100 
g dan qadoqlanadi. Ishlatilishi: podagra,  surunkali poliartrit va buyrak  kasalliklarni 
davolashda    0,5    stakan  suvda  bir  oSh  qoShiq  granulani  eritib,  kuniga  3-4  marta 
beriladi. 
Tayyor mahsulot sifatini tekshirish.  
CHinligi. Efir  bilan  ishlangan  mahsulotning    eritmasidan    efir  uchiriladi  va  
temir    (III)-xlorid    eritmasi    qo‗shilganda    och  sariq  rangli  cho‗qma  hosil  bo‗ladi 
(benzoat  ioni).  Mahsulot  eritmasiga    toron  eritmasi  qo‗shilsa  sariq  rang  hosil 
bo‗ladi (litiy). 
Mahsulot  eritmasi  qizdirilib,    geksametilentetraminni  parchalanishidan  hosil 
bo‗lgan  formaldegid  uchiriladi.    Qoldiq  Dragendorf  reaktivi  bilan  qizil  cho‗kma 
hosil qiladi (pierazin). 
MiqdopHi  aniqlash. .    Geksametilentetramin      -      yod-xlorometrik  usulda 
aniqlanadi. Uning miqdori 7,2-8,8% bo‗lishi kerak.  
Piperazin. Pikrin kislotasi yordamida cho‗ktirib,  og‗irlik usulida aniqlanadi.  
Uning miqdori 2,25%  dan kam va 2,66% dan yuqori bo‗lmasligi kerak. 
Benzoat  kislotasining  umumiy  miqdori  efirli  ajratmadan  neytrallash  usuli 
bilan aniqlaganda 3,6-4,4%  bo‗ladi. Quritilgan ikkilamchi  natriy  fosfat esa FEK 
da aniqlanadi.  Uning miqdori 9-11% bo‗lishi kerak. 
Plantoglyusid  granulasi  (Granulae  Plantaglucidi).  Zo‗ldirli  tegirmonda  
alohida-alohida    maydalangan    va  teShigini  diametri  150  mkm  li  elakdan 
o‗tkazilgan  qand  va  plantaglyusid  kukunlari  ikki  kurakchali    zettasimon 
aralashtirgichda  yaxshilab  aralashtiriladi  va  mo‗tadil  nam  massa  hosil  bo‗lguncha 
70%    cpirt  solinadi.  Nam  massa  teShigining    diametri  3000  mkm  li  granulyator 
orqali  o‗tkazib,    pergament  qog‗oz  yozilgan  patnislarga  yupqa  (2-3  m)m    qilib,  
yoyiladi  va 40-60
0
 haroratda quritiladi.  Quruq massa qaytadan 3000 mkm li elak 
orqali  o‗tkaziladi,  so‗ngra  200  mkm  li  elak  orqali  elab,  mayda  fraksiyalardan 
tozalanadi. 
Tayyor mahsulot namunasi  analitik  laboratoriyaga  yuboriladi. Ijobiy  javob 
olingandan  so‗ng  burama  qopqoqli  qo‗ng‗ir  rangli  idishlarga  50,0  g  dan 
qadoqlanadi. 
Saqlanishi yaxshi berkitilgan idishlarda qo‗ruq joyda saqlanadi. 

 
89 
Ishlatilishi. YAllig‗lanish va muShaklarning tarangligi  susaytiruvchi  vosita 
sifatida  ishlatiladi.    0,5-1  choy  qoShiqdan  kuniga  2-3  martadan  ovqatdan  20-30 
daqiqa oldin chorak stakan  suvda  eritib, beriladi. 
Tayyor mahsulot sifatini baholash.  
CHinligi.  Mahsulot  tarkibidagi  polisaharidlar  kislota  ishtirokida  gidroliz 
qilinib, xromatografiya  usulida  aniqlanadi.  Mahsulot  eritmasiga    ammoniy  oksolat 
ta‘sir ettirilganida,  oq cho‗kma hosil bo‗ladi (kalsiy). 
Amidopirin  granulasi  (Granulae  Amidopyrini). Amidopirin,  limon  
kislotasi  va  qand  alohida-alohida  zo‗ldirli  tegirmonda  maydalanadi  va  teShigini 
diametri  150  mkm  li  elak  orqali  o‗tkazib,  ST-30  yoki    ikki  kurakchali  zettasimon 
aralashtirgichda yaxshilab aralashtiriladi va nam massa hosil bo‗lguncha tozalangan 
suv  qo‗shiladi  va    aralashtirish    davom    etiladi.    Nam  massa  teShinining  diametri 
3000  mkm  elak  orqali  o‗tkazilib,    granula    xoliga    keltiriladi.    Nam    massa  50-
60 50 
0
  haroratda  mo‗‗tadil  qoldiq  namlik  qolguncha  quritiladi  va  yana  o‗Sha 
elakdan  o‗tkaziladi.  Tayyor  mahsulot  200  mkm  li  elak  orqali  elanib,  changdan 
tozalanadi va namuna laboratoryaga beriladi, u erda ijobiy natija olinganidan so‗ng 
burama  qopqoqli,    qo‗ng‗ir  rangli  Shisha    idishlarga    60,0  g  dan  qadoqlanadi  "B" 
ro‗yhatida  saqlanadi.  Saqlanish  muddati  2  yil.    Og‗riq  qoldiruvchi,  harorat 
tushiruvchi, yallig‗lanishga qarshi vosita sifatida bolalar amiliyotida ishlatiladi. 
Tayyor mahsulot sifatini baholash. 
CHinligi.  Mahsulot  eritmasiga  temir  (III)-xlorid  ta‘sir  ettirilsa,    havo  rang 
eritma hosil bo‗ladi va u kislota ta‘sirida  to‗q binafSha rangiga o‗tadi (amidopirin). 
Mahsulot  eritmasi  kumuSh  nitrat  ta‘sirida    binafSha-xavo    rang  hosil  qiladi 
va kul rang cho‗kma beradi (amidopirin).  
Miqdorini  aniqlash.  Aniq  tortib  olingan  mahsulot  sirka  angidridida    eritilib,  
kristall  binafSha  indikator ishtirokida xlorat kislotasi bilan titrlanadi.  Amidopirin 
miqdori 1,50-1,83% bo‗lishi kerak. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
90 
10-ma‟ruza. Tabletka dori turlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish. 
 
 
Reja 
 
Mavzuning dolzarbligi. 
1.
 
Tabletkalarni tayyor dori vositalari orasida tutgan o‗pHi. 
2.
 
Tabletkalarning ta‘rifi, tavsifi va tasnifi. 
3.
 
Tabletka mashinalari va ularning samaradorligini oshirish. 
4.
 
Presslash nazariyalari. 
5.
 
To‗g‗ridan-to‗g‗ri  presslab  va  nam  donadorlash  usullari  orqali  tabletka 
tayyorlash. 
6.
 
Tabletkalarni qadoqlash, o‗rash, tashish va saqlash Xulosalar. 
Xulosalar 
 
Tayyor  dorilar  orasida  o‗zining  keng  tarqalganligi  jihatidan  tabletka  dori 
turlari  birinchi  o‗rinni  egallab  kelmoqda.  Tabletka  dori  turlari  texnologiyasi 
murakkab  jarayon  xisoblanadi.  Tabletka  texnologiyasi  jarayonlari  ilmiy  jixatdan 
asoslashga  bag‗ishlangan  nazariy  ishlar  xozirgacha  tegishli  adabiyotlarda  etarlicha 
emas.  Bu  esa  keng  ko‗lamda  fizik-kimyoviy,  mexanika  va  fanning  bOshqa  soxasi 
yutuqlaridan  oqilona  foydalanishni  taqozo  etadi.  Buni  antifriksion  va  bog‗lovchi 
moddalarni ishlatish misolida ko‗rish mumkin. yuqoridagi muloxazalarga asoslanib, 
bu soxani fizik-mexanik ta‘limoti bilan jiddiy asoslash va boyitish lozim bo‗ladi. 
Ekologiyadagi muvozanatni ma‘lum darajada buzilishi, sintetik dori-darmon 
va  oziq-ovqatlarni  ko‗p  iste‘mol  qilish,  aholini  immun  tizimini  zaiflaShishiga  olib 
kelmoqda. Natijada axoli orasida turli xil kasalliklarga  osongina chalinish xolatlari 
kuzatilmoqda. 
Axolini  maxalliy  xom  ashyolardan  foydalanib  kam  zaharli,  allergiya 
chaqirmaydigan,  turg‗un,  yuqori  biosamarador,  arzon  dori  vositalari  bilan 
ta‘minlash  ustuvor  yo‗nalishlardan  xisoblanadi.  Bu  muammoni  xal  qilish 
yo‗llaridan biri o‗zimizda o‗sadigan dorivor o‗simliklardan oqilona foydalanishdir.  
Xozirgi  vaqtda  tibbiyot  amaliyotida  ishlatilayotgan  dori  vositalarini  50%  dan 
ko‗prog‗ini o‗simlik xom ashyolaridan olingan preparatlar tashkil etadi.  
O‗zbekiston  Respublikasida  o‗sadigan  dorivor  o‗simliklardan  biofaol 
moddalar  va ularning  majmuasini  ajratib olish,  ularni  har tomonlama  o‗rganish va 
sanoat miqiyosida ishlab chiqarishga tadbiq qilish bo‗yicha olib borilayotgan ilmiy 
tadqiqotlar  shu  kunning  ustuvor  yo‗nalishlaridan  xisoblanadi.  Fikrimizning  dalili 
sifatida ko‗p yillardan buyon M.Ulug‗bek nomidagi Milliy Universitet, O‗zbekiston  
Respublikasi  Fanlar  Akademiyasining  akademik  S.YU.YUnusov  nomidagi 
O‗simlik moddalari kimyosi instituti, akademik O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik 
kimyo institutlari bilan ToShkent Farmatsevtika instituti olimlari xamkorlikda ilmiy 
izlanishlar olib borib ijobiy natijalarga erishmoqdalar. 
Bioorganik  kimyo  institutidagi  tadqiqotlardan  gossipol  xosilalari,  fiziologik 
faolligi bo‗yicha samarador xisoblanib, virus, yara va Shishlarga qarshi dori vosita 
va  immunosupressiv  sifatida  ishlatiladi.  Gossipol  va  uning  xosilalari  bo‗lgan 
immunosupressiv  xususiyatiga ega bo‗lgan batriden tabletka shaklida, megasin esa 

 
91 
uchuq  va  toShmalarni  davolash  uchun  surtma  dori  shaklida  ishlab  chiqarilmoqda. 
Batriden  suvda  yomon  erishi  sababli  faolligi  qisman  chegaralangan  bo‗lib,  uning 
polivinil  pirrolidon    bilan  xosil  qilgan  birikmasi  –  mebavin  o‗zining  eruvchanligi, 
so‗rilishi bo‗yicha batridendan afzalligini ko‗rsatdi. 
ToShkent  Farmatsevtika  instituti  olimlari  S.M.Maxkamov,  V.A.Kalaydjyan 
va  SH.N.SHodmonovalar  tomonidan  mebavin,  ragosin,  gazolidonlardan  yaratilgan 
dori  turlari  korxona  sharoitida  ishlab  chiqarilib  bugun  amaliyotda  ishlatilmoqda. 
M.Ulug‗bek  nomidagi  Milliy  Universitetning  tabiiy  birikmalar  kimyosi 
laboratoriyasida  gangituvchi  bozulbang  guli  va  bargidan  olingan  quruq  ekstrakt  – 
inebrin bilan olib borilgan dastlabki farmakologik tadqiqotlar uning samarador qon 
to‗xtatuvchi vosita ekanligini ko‗rsatdi. 
O‗zimizda  o‗sadigan  maxalliy  xom  ashyolardan  bunday  preparatlar  ishlab 
chiqarilmaganligini  inobatga  olsak,  inebrinni  axamiyati  o‗z-o‗zidan  tushunarli 
bo‗ladi.  Shu  laboratoriya  xodimlari  keng  kosachabargli  bozulbangning  er  ustki 
qismidan  plateks  (quruq  ekstrakt)    degan  preparatni  oldilar.  U  yuqori  samarador 
gipotenziv vosita ekanligini ko‗rsatdi. 
Inebrin  va  plateks  substansiyalaridan  tabletka  dori  turi  yaratildi,  ular 
amaliyotga tadbiq etish bo‗sag‗asida. 
Ayustan  va  flateron  substansiyalari    O‗zbekiston  Respublikasi  Fanlar 
Akademiyasining S.YU.YUnusov nomidagi o‗simlik moddalari kimyosi institutida 
maxalliy o‗simlik xom ashyolaridan olingan quruq ekstrakt xisoblanadi. 
Ayustan  Turkiston ayugasi novdalari  (Cormus  Ajuga  Turkestanica  Rgl) dan 
olingan  quruq  ekstrakt  bo‗lib,  tarkibida  ekdisteroidlar  (ekdisten,  tukesteron,  22-
atsetilasteron,  siasteron)  iridoidlar  (8-0-atsetilgarpagid  va  garpagid)  va  bOshqa 
ekstraktiv  moddalar  saqlaydi.  Ayustan  preparati  organizmda  onalik  sutini 
ko‗paytiruvchi xossaga ega. 
Flateron  –  flavonoidlar  yig‗indisi  xisoblanib,  ketma-ket  gulli  termopsis  er 
ustki  qismidan  (Thermopsis  altepHiflora  R  Fabaceae)  olingan  quruq  ekstrakt. 
Tarkibida  flavonoidlar  formononetin,  lyuteolin,  xrizoeriomarin  saqlaydi.  Olib 
borilgan  farmakologik  tadqiqotlar  flateronni  yuqori  gipolipidemik  va  antisklerotik 
vosita ekanligini ko‗rsatdi. 
Ayustan  va  flateronlardan  tabletka  dori  turi  yaratildi.  Ayustan  uchun 
vaqtinchalik  farmakopeya  maqolasi  tasdiqlangan.  Flateron  uchun  tasdiqlash 
arafasida turibmiz. 
Tabiiy xom ashyolardan olingan dori moddalar bilan birga sun‘iy  yo‗l bilan 
olingan  preparatlarni  xam  dori  vositasi  sifatida  foydalanish  lozimligini  xech  kim 
inkor  eta  olmaydi.  Bu  soxada  respublikamiz  etuk  mutaxassislarga  ega  bo‗lib, 
ularning ilmiy tadqiqotlari natijalaridan unumli foydalanish lozim. 
ToShkent  Farmatsevtika  instituti  Markaziy  Osiyoda  mikroelement  saqlagan 
kompleks  brikmalarni  sintez qilish,  tarkibini o‗rganish va  amaliyotga tadbiq  qilish 
bo‗yicha etakchi o‗rinni egallaydi. 
Institut olimlari tomonidan sintez qilingan va amaliyotga tadbiq etish uchun 
taklif  etgan  preparatlardan  feramid,  kupir,  piratsin,  sinopir,  koamid,  kogistin, 
pirofer va bOshqalarni keltirish mumkin. 

 
92 
Bizni  mintaqamizda  eng  ko‗p  tarqalgan  xastalik  kamqonlikdir.  yuqorida 
nomlari zikr etilgan preparatlar asosan temir etishmovchiligi bilan bog‗liq bo‗lgan 
kamqonlikni  davolashga  tavsiya  qilingan.  Olib  borilgan  ilmiy  tadqiqotlar  askofer 
(askorbin kislotasini feramid bilan aralashmasi), mumifer (mumiyoni feramid bilan 
aralashmasi),  feraskafol  (feramidni  askorbin  kislotasi,  koamid  va  fol  kislotalari 
bilan  aralashmasi)  tabletkalarini  antianemik  faolligi  bu  preparatlarning  o‗ziga  
qaraganda biosamaradorligi ancha yuqori bo‗lishini ko‗rsatadi. 
Ishlab  chiqarishni  loyihalashtirish  nafaqat  farmatsevtik  ishlab  chiqarishda 
balki, butun ishlab chiqarishga taalluqli bo‗lgan sohalarda, ishlab chiqarishni to‗g‗ri 
tashkil  qilishda,  ishlab  chiqarilayotgan  maxsulotning  sifatini  oldindan  belgilashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ishlab  chiqarishni  loyihalashtirish  bu  zamon  talabi  bo‗lib,  uning  zamonaviy 
ko‗rinishlari  rivojlangan  davlatlarda  zamonaviy  murakkab  texnika  va 
texnologiyalar  bilan  amalga  oshiriladi.  Uni  amalga  oshirishda  alohida  e‘tibor 
qaratiladigan  jihat  bu,  ishlab  chiqarishga  bog‗liq  bo‗lgan  xom  ashyo  va  asbob-
uskunalarning  ishlab  chiqarish  unumdorligi  to‗g‗ri  belgilash  va  lozim  bo‗lsa  ish 
unumdorligini qolaversa, foydali ish koeffitsientini oshirishdan iborat bo‗ladi. 
Zamonaviy  mashinalarda  sifatli  tabletka  olish  uchun  eng  asosiy  omillardan 
bo‗lib, taxtakachlanayotgan moddaning  ma‘lum og‗irlikda (kamida 1,0 g) bo‗lishi 
yaxshi  to‗kiluvchanlik  xususiyatiga,  tabletka  mashinasi  imkoniyati  darajasidagi 
bosimda  taxtakachlanadigan  va  ososnlik  bilan  qolipdan  chiqadigan  bo‗lishi  kerak. 
Moddalar  xossalarining  o‗ta  xilma  xilligi  gidrofil,  gidrofob  nam  tortuvchi, 
qayishqoq, tarang, maydalik darajasi har xil kristall shaklga ega ekanligi va shunga 
qovushqoq  sabablar  har  doim  xam  to‗g‗ridan  to‗g‗ri  taxtakachlash  bilan  sifatli 
tabletka  olish  imkongiyatini  bermaydi.  Shu  sababli  ularni  sun‘iy  ravishda  kerakli 
texnologik xossalar bilan boyitish zarur bo‗ladi. Bunday xossa beruvchi moddalarni 
yordamchi  moddalar  deb  yuritiladi.  Ularning  bajaradigan  vazifalariga  qarab 
adabiyotlarda  to‗ldiruvchi-suyultiruvchilar  va  o‗ziga  xos  bo‗lgan  yordamchi 
moddalar-texnologik qo‗shimchalar  deb  yuritiladi.  Aslida  ularni  qanday  maqsadda 
ishlatilishidan qat‘iy nazar tabletka tayyorlashda ishlatilganligi uchun bir so‗z bilan 
yordamchi  moddalar  deb  yuritilgani  ma‘qul  bo‗ladi.  Ishlatiladigan  yordamchi 
moddalar  miqdori  farmakopeyaning  oldingi  nashrlarida  20%  dan  ortmasligi 
ko‗rsatilgan  bo‗lib,  bunda  tabletka  massasini  shakllantirish  uchun  qo‗shiladigan 
(suyultiruvchi-to‗ldiruvchi)  yordamchi  moddalar  inobatga  olinmagan  edi.  Shu 
sababli  kam  dozali  moddalardan  tabletka  tayyorlashda    ularning  massasi  aksariyat 
xollarda  0,1  g  dan  kam  bo‗lmaganligini  inobatga  olinsa,  yordamchi  moddalar 
miqdori  bir  necha  100%  dan  oShib  ketadi.  Bunday  chalkashliklar  tahlil  qilinsa 
kapillyar  tarmoq  xosil  qilish  va  bog‗lovchi  modda  sifatida  ishlatiladigan  kraxmal 
bir tomondan 20% ichida bo‗lishi kerak deb qaralsa, uni kam miqdorli moddalardan 
tabletka  tayyorlashda  to‗ldiruvchi  sifatida  qo‗shilganida  bir  necha  100%  dan  ortiq 
bo‗ladi. Xuddi shunday xolni har xi maqsad uchun qand ishlatilganida xam kuzatish 
mumkin. DF ning 11 nashri talabiga javob beradigan tabletka ishlab chiqish uchun 
yordamchi  moddalar  miqdorini  maqsadga  muvofiq  tarzda  belgilash,  optimal 
texnologik  jarayonni  ta‘minlash  bilan  birga  maxsulot  tan  narxiga  bog‗liq  bo‗ladi. 
Xozirgi  bozor  iqtisodiyoti  vaqtida  dorilarning  narx  navosini  arzonlashtirish 

 
93 
imkoniyatlaridan  bir  kam  miqdorda  yordamchi  moddalar  sarflab,  sifatli  maxsulot 
olishdan iboratdir. Bu o‗z yo‗lida qadoqlash, Tashish, saqlash uchun sarflanadigan 
harajatlarni qisqarishiga olib keladi.  
Odatda 
yangi 
tabletka 
yaratilishida 
texnologik 
jarayonga 
ilmiy 
yondashilganligi  aytiladi.  Lekin  aynan  qaysi  omillar  asos  qilib  olinganligi  va 
shularga  binoan  ilmiy  yondoShilganligi  yaxshi  Yoritilmaydi.  Xaqiqatdan  xam, 
xozirgi  vaqtda  tabletka  texnologiyasini  shakllantirishda  zarur  omillar  mavjud 
bo‗lib, bularga substansiyaning  fizik-kimyoviy va texnologik ko‗rsatkichlari  xam 
kiradi.  Ma‘lumki,  kichik  dozadagi  tabletkalar  asosan  to‗ldiruvchi  moddalar 
yordamida tayyorlanadi. Odatda tabletka tarkibiga to‗ldiruvchi modda sifatida katta 
miqdorda  qand  upasi  kiritilgan  bo‗lsa  bog‗lovchi  modda  sifatida  suvdan 
foydalanish  tavsiya  etiladi.  Qandli  massa  suvga  juda  sezgir  bo‗lib,  uning  miqdori 
ozgina kamayganida massadagi granulalarning maydalanib ketishiga olib kelishi va 
oqibatda  massa  tarkibida  har  xil  zichlikka  ega  bo‗lgan  moddalarning  qabatlanishi 
yuzaga  kelishi  mumkin.  BOshqa  bog‗lovchi  moddalardan  foydalanilganda  esa 
massadagi  granulalar  qattiq  bo‗lib,  maydalanishi  qiyin  va  qayishqoqligi  kam 
bo‗lishi  mumkin.  Bunda  massaning  sochiluvchanligi  yaxshi  bo‗lsada,  presslash 
jarayoni  nisbatan  katta  ishqalanish  bilan  boradi  xamda  tabletkaning  uqalanishi  va 
suyuqlikda  parchalanish  muddati  nisbatan  yuqori  bo‗ladi.  Bunday  xollarda 
bog‗lovchi modda sifatida etarli bog‗lash xususiyatiga ega bo‗lgan 5% li kraxmal 
ShilimShig‗idan foydalanish maqsadga muvofiq.  
Ko‗pincha  tabletka  tashqi  ko‗rinishida  bir  xillik  kuzatilmaydi.  Odatda 
tabletka  tashqi  ko‗rinishidagi  bir  xillik  tarkibiga  rangli  yoki  rangsiz  moddalar 
mavjudligi  bilan  bog‗liq  bo‗ladi.  Ammo  aslida  esa  bir  xil  rangli  moddalardan 
tashkil  topgan  tarkibda  xam  bir  xillik  kuzatilmaydi.  Bir  xil  rangga  eriShishning 
birdan  bir  yo‗li  yordamchi  moddalarni  massanin  namlashdan  oldinqo‗Shish  va 
massa  tarkibiy  qismida  310  mkm  li  fraksiyani  imkoni  boricha  yuqori  bo‗lishiga 
eriShishdir.  Kalsiy  steratning  fraksion  tarkibi  xaqida  xam  yuqoridagi  muloxazani 
aytish mumkin. Bunda kalsiy stearat zarrachalari kuzatiladigan qarshilikni engishga 
birmuncha imkon yaratib, tabletkani sifatli bo‗lishini ta‘minlaydi.  
Tabletka ishlab chiqarishda xozirgi zamon talabiga binoan yuqori unum bilan 
ishlaydigan RTM larning bir me‘yorda ishlashi ko‗p jixatdan massaning saralanish 
tarkibiga  bog‗liq.  Ammo  adabiyotlarda  bu  masala  bo‗yicha  fikrlar  turli  tuman 
bo‗lib, qanday saralanish tarkibga ega bo‗lgan massa maqsadga muvofiq ekanligini 
anglab  bo‗lmaydi.  Lekin  keyingi  yillarda  ilmiy  izlanish  natijalarining  barchasida 
substansiya  va  tabletka  massalarining  saralanish  tarkibi  keltirilayotganligini 
kuzatish  mumkin.  Ilgarilari  tabletka  masasi  tarkibidagi  mayda  qismni  miqdoriga 
e‘tibor  berilar  edi  va  bunga  qarab  tabletka  mashinalarining  bir  me‘yorda  ishlashi 
xamda  olingan  tabletkalarning  og‗irlikdagi  chetlanishi  qay  darajada  kechishi 
mumkinligi  baxolanar  edi.  Endilikda  bunga  axamiyat  berilmay  faqat  saralanish 
tarkibini keltirish bilan kifoyalanmoqda. Saralanishni esa uch, to‗rt va undan ortiq 
tarkibiy  qism  bo‗yicha  amalga  oishirish  odatga  aylandi.  Jumaladan.  Ayrim 
tadqiqotchilar saralanishni 3 ta tarkibiy qismni aniqlash bilan ifodalagan bo‗lsalar, 
bOshqalari  4  ta  tarkib  bilan,  yana  bOshqalari  esa  5  ta,  xatto  6  va  7  ta  ko‗rsatkich 
tarkibi bilan ifodalaganlar. Lekin shunga qaramay xammasi xam ijobiy baxolangan. 

 
94 
Bu  saxadagi  ko‗rsatma  birinchi  bo‗lib,  70-80  yillarda  korxona  sharoitidan  kelib 
chiqqan  xolda  teShigining  diametri  3  mm  bo‗lgan  donadorlagichdan  olingan 
tabletka  massalari uchun 3000-2000  mkm  – 15-20%  va  1000-500  mkm  –  80-85% 
bo‗lishligi,  teShigining  diametri  2  mm  bo‗lganida  va  tashqi  teShikchasi 
maxrutiysimon donadorlagichdan o‗tgan massada esa 2000-1000 mkm – 5-20% va 
1000 mkm li tarkib 95-80% atrofida bo‗lishi mumkinligi ko‗rsatilgan. Keyinchalik 
RTM  larning  takomillashuvi  va    tabletka  sifatiga  bo‗lgan    talablarning  birmuncha 
jiddiylashuvi 
tabletka 
massasini 
teShigining 
diametri 

mm 
bo‗lgan 
donadorlagichdan  o‗tkazishni  taqazo  etdi.  Endilikda  aksariyat  ilmiy  maqolalarda 
aynan  shu  o‗zgarishni  kuzatish  mumkin.  Ammo  sanoat  miqiyosida  teShigining 
diametri  1  mm  bo‗lgan  donadorlagichdan  foydalanilganda  olingan  massaning 
tarkibiy  qismini  asosan  250  mkm  li  granulalar  tashkil  qilishini  kuzatish  mumkin. 
Bu  xolat  esa  massaning  sochiluvchanlik  xossasiga  ta‘sir  ko‗rsatishi  aniq.  CHunki 
sanoat  miqiyosidagi  donadorlagichlarda  olingan  massa  tarkibi  laboratoriyada 
donadorlangandan  tubdan  farq  qiladi.  Lekin  massada  qanday  saralanish  tarkibi 
bo‗lishidan qat‘iy nazar u zamonaviy tezyurar tabletka mashinasining bir me‘yorda 
ishlashini  ta‘minlasa  va  tabletka  sifat  ko‗rsatkichlariga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatmasa, 
shuni  etarli  deb  baxolash  maqsadga  muvofiqdir  Masalaga  bunday  yondoShish  esa 
saralanish tarkibini o‗rganish bilan bog‗liq bo‗lgan keraksiz jarayondan voz kechib, 
faqat teShigining diametri 1 mm bo‗lgan donadorlagichdan o‗tgan massa miqdorini 
keltirish  bilan  kifoyalanish  mumkinligini  ko‗rsatadi.  Zaruriyat  tug‗ilganda  esa   
faqat 310 mkm tarkibiy qismni aniqlash bilan kifoyalansa etarli bo‗ladi. Bunda XI 
DF  ning  tolqonlarni elaklash qoidasiga  binoan 310  mkm  qismining  40% dan  ko‗p 
bo‗lmasligiga  rioya  qilinsa  kifoyadir.  Lekin  ko‗pincha  amalda  bu  ko‗rsatkich 
yuqori bo‗lganligi sababli, ayniqsa rangli tabletkalarning bir xil tashqi ko‗rinishini 
ta‘minlashda  o‗z  ta‘sirini  ko‗rsatadi.  Bu  o‗rinda  yuqoridagi  qoidaga  binoan  bu 
ko‗rsatkichdan amaliyotda foydalanish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Tabletka  massasi  to‗g‗ri  tayyorlangan  bo‗lsa,  uning  kerakli  texnologik  
ko‗rsatkichlari  me‘yorida  bo‗ladi  va  undan  tayyorlangan  tabletkalar  xam  sifat 
ko‗rsatkichlari  bo‗yicha  farmakopeya  talabi  darajasida  bo‗ladi.  Lekni  qanday 
tabletka  massasi  va  sozlangan  tabletka  mashinasi  bo‗lmasin,  tabletkalar 
og‗irligidagi  qat‘iy  bir  xildagi  chetlanish  har  doim  xam  kuzatilavermaydi.  Bunga 
asosiy  sabab  tabletka  mashinasining  harakat  tezligi  va  xampadagi  massaning  ish 
jarayonida  yuzaga  keladigan  zichlanishdagi  farqi  xisoblanadi.  Taxtakachlash 
jarayonida  xampadagi  massa  kamaya  borgan  sari  uning  satxiga  bo‗ladigan  bosim 
xam asta sekin kamayib boradi. Shu sababli  xampadagi tabletka massasi satxidagi 
bosimni  keskin  kamayib  ketishiga  yo‗l  qo‗ymaslik  uchun  uni  o‗z  vaqtida  yangi 
massa bilan to‗ldirib turish kerak. Aksariyat xolda bunga rioya qilinmaydi. Natijada 
xampada massa kamaygach matritsa kanalini to‗lishida oldingi zichlik bo‗lmaydi va 
tabletka massa me‘yoridan ancha cheklangan xolda bo‗ladi. Aynan buning teskarisi 
xampa  qayta  to‗ldirilganda  kuzatiladi.  Natijada  bu  jarayonlar  davomida  olingan 
tabletkalar nazorat vaqtida ko‗zga tashlanishi mumkin. Albatta bu xol o‗z navbatida 
tabletka  qattiqlik  ko‗rsatkichiga  xam  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Bu  axvoldan  chiqish  uchun 
avtomatik  tarzda  mashinani  sozlash  bilan  amalga  oshirib  bo‗lmasligini  tushunib 
etish  va  xampada  massa  miqdorining  keskin  o‗zgarishiga  yo‗l  qo‗ymaslik  lozim. 

 
95 
Tabletka  sifat  ko‗rsatkichlarini  baxolashda  ya‘ni    moddiy  yo‗qotish  bilan  bog‗liq 
bo‗lgan  xollarda  DF  XI  Nashri  talablariga  binoan  o‗rtacha  og‗irlikdan  chetlanish 
miqdori,  ta‘sir  qiluvchi  moddani  miqdor  tahlili,  moddalarning  tabletkada  bir  xil 
tarqalishini  aniqlash  qat‘iy  chegara  +  ko‗rsatkich  bilan  belgilangan.  Sifat 
ko‗rsatkichlari  moddiy  yo‗qotish  bilan  bog‗liq  bo‗lmagan  xollarda    esa  qattiqligi, 
parchalanishi,  erishi  kabi  ko‗rsatkichlar  uchun  ma‘lum  oraliqda  bo‗lishligi 
keltirilgan.  Shu  sababli  keyingi  xolatda  tajriba  natijalarini  qayta  xisob  qilib, 
keltirish  ortiqcha  bo‗libgina  qolmay  balki  bunga  jiddiyroq  yondoShib  tajriba 
natijalarining  tabiiyligini  ta‘minlashda  muxim  axamiyatga  ega  ekanligini 
unutmaslik  lozim.  Tabletka  mashinasining  bir  me‘yorda  ishlashi  massaning  etarli 
sochiluvchanlik  xossasiga  bog‗liq.  Ayniqsa  bu  zamonaviy  tezyurar  mashinalar 
uchun  muximdir.  Shunday  ekan  massa  sochiluvchanligini  belgilashda  xaqqoniy 
miqdoriy ko‗rsatkich bo‗lishi kerak va shunga qarab mashina teznligShini aniqlash 
mumkin.  Adabiyotlarda  sochiluvchanlik  2
  .
  10–3  kg/sdan  yuqori  bo‗lgani  yaxshi 
deb  baxolanadi.  Aslida  massa  sochiluvchanligi  zamonaviy  tezyurar  tabletka 
mashinalarini  qoniqtiradigan  darajada  bo‗lmog‗i  lozim.  Misol  tariqasida  RTM  12 
mashinasining ishi tahlil qilingan. RTM 12 mashinasining ishlab chiqarish quvvati 
daqiqasiga  20  marta  tezlik  bilan  aylanganda  soatiga  14  400  dona  tabletkaga  teng 
bo‗ladi.  Bunda  qolipni  massa  bilan  to‗lishi  taxtakachlanishi  va  taxtakachlangan 
tabletkani  qolipdan  itarib  chiqarish  uchun  faqat  0,25  soniya  vaqt  sarf  bo‗ladi. 
Demak  qolip  teShikchasini  to‗ldirish  0,08  soniya  ichida  bo‗lishi  kerak.  Bu  xolda 
massa sochiluvchanligi 0,5 g tabletka misolida kamida 6,2 10-3 kg/s bo‗lishi talab 
etiladi. Ammo RTM 12 ning xampa ostki qismi keng bo‗lib, 3 yoki undan ko‗proq 
bo‗linmaga  ega.  Bunda  xampa  ostida  ketma-ket  qolip  to‗linmalarini  massa  bilan 
to‗lishi  osonlashadi.  Bu  esa  amalda  massa  sochiluvchanligi  kamroq  bo‗lgan 
xollarda xam talab darajasida tabletka olish imkoniyatini beradi.  
Odatda  ilmiy  izlanishlarda  tabletka  texnologiyasida  eng  muxim  bo‗lgan 
taxtakachlanish  jarayonini  kechishi  aniq  Yoritilmaydi  va  taxminan  100  tagacha 
tabletka  olish  bilan  kifoyalanib,  shunga  asoslanib  baxolanadi.  Agar  bunda  tajriba 
tabletkalar  qo‗l  taxtakach  asbobida  olingani  inobatga  olinsa,  bu  ishlab  chiqarish    
korxonasi  uchun  zarur  bo‗lgan  ko‗rsatkichni  chetlab  o‗tilganini  ko‗rsatadi. 
Ko‗pincha  massani  zarb  bilan  ishlaydigan  mashinada  tayyorlandi  deb 
kifoyalanadilar.  Ko‗rsatilgan  barcha  xolatlarda  etarli  aniqlik  bo‗lmagani  uchun 
tabletka  massasi  mashinaga  qanchalik  mos  kelishini  baxolab  bo‗lmaydi  va  taklif 
qilingan texnologiyani qay darajada asosli ekanini anglash ancha muShkul bo‗ladi. 
Bizga  ma‘lum  bo‗lgan  adabiyotlarda  bu  soxada  biror  bir  ko‗rsatma  yo‗q.  Lekin 
RTM dan foydalanish bo‗yicha berilgan xujjatda baxolash kamida 500,0 g massani 
taxtakachlash  bilan  belgilanadi  deb  ko‗rsatilgan.  Lekni  bunda  qanday  og‗irlikdagi 
tabletkalar  uchunligi  keltirilmagan.  Shu  sababli  tabletka  og‗irligiga  qarab 
olinadigan natijalar xam bir xil bo‗lmaydi. Masalaga oydinlik kiritish va baxolashni 
xaqqoniylashtirish  uchun  quyidagi  amalga  rioya  qilish  lozim.  Shartli  ravishda 
tabletka  massasini  0,5  g  ga  teng  deb  olsak,  0,5  kg  tabletka      massasini 
taxtakachlanish boshlanishidan to oxirigacha (massa tugaguncha) bo‗lgan davpHi 3 
ga  bo‗lish  mumkin.  Birinchi  davr  taxtakachlanish  jarayoni  mo‗‗tadillashi  uchun 
ketgan  vaqt.  Bu  vaqt  tabletka  massasining  texnologik  xossasiga  qarab  qisqa  yoki 

 
96 
uzoqroq  bo‗lishi  mumkin.  Bu  RTM  12  tabletka  mashinasining  10-15  marta 
aylanishi  uchun  ketgan  vaqtga  to‗g‗ri  keladi.  Ikkinchi  davr.  Taxtakachlash 
jarayonini  boshlang‗ich  va  tugallanish  davri.  Bu  taxminan  RTM  12  talbletka 
mashinasining  10  marta  aylanishi  uchun  ketgan  vaqt.  Boshlang‗ich  va  tugallanish 
davrlari uchun sarf  bo‗ladigan massa miqdori: 
0,5 g li tabletka uchun 10x12x0,5=60 dona tabletka yoki 
15x12x0,5=90 ta tabletka bo‗lib, 30-45 g massaga to‗g‗ri keladi. 
0,1 g li tabletkalar uchun 15x12x0,1=180 dona tabletka yoki 
10x12x0,1=120 dona tabletka. Bu 12-18 g massaga to‗g‗ri keladi. 
Uchinchi davr. Ish davri. Bu boshlang‗ich va tugallanish davrlaridan qolgan 
massani,  ya‘ni  taxtakachlash  uchun  sarflanadigan  va  to‗liq  sifatli  tabletka  olishni 
ta‘minlaydigan  davr.  Demak,  tabletka  massasini  RTM  12  mashinasida 
taxtakachlanishini xaqqoniy baxolash uchun har bir matritsa qanday diametrga ega 
bo‗lishidan qat‘iy nazar taxminan 55-60 marta taxtakachlashga ishtirok etishi kerak 
bo‗ladi.  Bu  keltirilgan  raqamlar  qat‘iy  bo‗lmay,  massa  xossasiga  qarab u  yoki  bu 
tomonga qisman chetlanishi mumkin. Bunday baxolash ishlab chiqarishda takroriy 
sinovlar o‗tkazishga o‗rin qoldirmaydi. 
Hozirgi  vaqtda  korxona  sharoitida  tabletkalar  asosan  ikki  xil  usulda: 
substansiyani  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  presslab  va  nam  donadorlash  orqali  presslab 
olinadi.  To‗g‗ridan-to‗g‗ri  presslab  tabletka  olishda  texnologik  bosqichlar 
soddalashadi,  energiya  tejaladi  va  tayyor  mahsulotning  biosamaradorligi,  nam 
donadorlash  usuli  bilan  olingan  tabletkalarga  nisbatan  har  doim  yuqori  bo‗ladi. 
Lekin  yordamchi  moddalar  qo‗shmasdan  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  presslab  tabletka 
olinadigan  substansiyalar  3%  ni  tashkil  etadi  xolos.  To‗g‗ridan-to‗g‗ri  presslab 
tabletka olish uchun, presslanadigan massa zarrachalarining shakli Sharsimon yoki 
ko‗p  qirrali  kubsimon  bo‗lishi,  suvda  yaxshi  erishi  va  dozasi  0,05  g  dan  kam 
bo‗lmasligi  kerak  hamda  ular  ijobiy  texnologik  xossalarni  namoyon  etishi  lozim. 
Bunday  moddalar  izodiametrik  guruhga  mansub  bo‗lib,  ularga  NaCl,  KBr,  KJ  va 
hakozolar  kiradi.  Bundan  tashqari  bir  qator  substansiyalar  yuqoridagi  talablarga 
javob  beradi,  lekin  texnologik  xossalari  talab  darajasida  bo‗lmaydi.  Bunday 
moddalardan  to‗g‗ridan-to‗g‗ri    presslab  tabletka  olish  uchun,  ularga  turli  xil 
yordamchi  moddalar  qo‗shib,  texnologik  xosslarini  ijobiy  tomonga  o‗zgartirib, 
so‗ngra presslab tabletka olinadi. Ularga feramid, anestezin, paxikarpin gidroyodid, 
geksametilentetramin va natriy kofein benzoatlar kiradi.  
Korxona sharoitida bugungi kunda tabletkalar asosan nam donadorlash usuli 
orqali  tayyorlanadi.  Bunda  substansiya  va  yordamchi  moddalar  aralashmasiga 
maqsadga  muvofiq  bog‗lovchi  qo‗shib,  mo‗‗tadil  nam  massa  xosil  qilinadi  va  u 
turli  xil  donadorlash  usullarida  granula  holiga  keltiriladi.  Hozirgi  vaqtda 
korxonalarda g‗alvirdan o‗tkazilib, briketlash, strukturali va eritish usullari mavjud. 
Bulardan  eng  maqsadga  muvofig‗i  briketlash  orqali  va  strukturali  donadorlash 
usullari  hisoblanadi.  Bu  usullarda  olingan  granulalar  etarli  qattiqlikka  ega  bo‗lib, 
sirti tekis bo‗ladi. Bu esa o‗rtacha massasi talab darajasida bo‗lgan sifatli tabletkalar 
olishga  imkon  beradi.  Briketlash  orqali  donadorlashda  dori  modda  harorat  va 
namlik  ta‘siriga  uchramaydi.  Bu  esa  yuqori  biosamarador  mahsulot  olish 
imkoniyatini  beradi.  Bu  usulni  qo‗llash  uchun,  respublikamizga  zamonaviy  briket 

 
97 
mashinalari  keltirilishi  lozim.  Briketlash  usuli  tabletka  ishlab  chiqarishni 
avtomatizatsiyalash  imkoniyatini  beradi.  Strukturali  granulyasiya  usullaridan 
―yolg‗on  qaynoq‖  yuzada  donadorlash  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Bu 
maqsadda  asosan  SG-30  asbobini  ishlatish  maqsadga  muvofiq.  Bu  usulda  olingan 
granulalar  ham  etarli  mustahkamlikka  va  tekis  sirtga  ega  bo‗ladi,  bu  esa  o‗z 
navbatida  sifatli  mahsulot  olishga  imkon  yaratadi.  Texnologik  nuqtai  nazardan 
donadorlashdan 
kuzatiladigan 
asosiy 
maqsad 
presslanadigan 
massaning 
sochiluvchanligini yaxshilash va mustahkam tablekta olishdir. 
Tabletka  ishlab  chiqarish  texnologiyasida  presslanadigan  massaning  qoldiq 
namligi  katta  ahamiyatga  ega.  Agar  massadagi  qoldiq  namlik  me‘yoridan  ko‗p 
bo‗lsa,  presslanadigan  massaning  sochiluvchanligi  yomonlashadi,  qolipga 
yopishadi  va  tabletkaning  sifati  talab  darajasida  bo‗lmaydi.  Agar  qoldiq  namlik 
me‘yoridan kam bo‗lsa, presslash uchun yuqori bosim talab etiladi. Bu esa tabletka 
mashinalarini  me‘yoridan  oldin  emirilishiga  olib  keladi,  tabletkaning  chetlari 
uvalanib  ketadi.  Undan  tashqari  yuqori  bosim  ostida  zarrachalarning  qaytf 
taqsimlanishi  yuz  berib,  faollikka  ega  bo‗lmagan  yangi  polimorf  modifikatsiyalar 
xosil bo‗lishi mumkin.  
Har  bir  presslanadigan  massa  uchun  mo‗‗tadil  qoldiq  namlik  tajriba  yo‗li 
orqali topiladi. Tarkibida kristallizatsion suv saqlagan substansiyalar presslanadigan 
massalarining qoldik namligi kristallogidratlar miqdoricha bo‗lishi kerak. Mo‗‗tadil 
qoldiq namlik zarrachalar orasida ―ko‗prikcha‖ vazifasini bajarib, zarrachalarni bir-
biriga mo‗‗tadil bosim ostida yaqinlaShishiga yordam beradi va sifatli tabletka olish 
imkoniyatini  yaratadi.  Shunday  qilib  massadagi  qoldiq  namlik  asosiy  texnologik 
ko‗rsatkichlardan biri bo‗lib, sifatli tabletka ishlab chiqarishga yordam beradi. 
Sanoatda  qoldiq  namlik  asosan  quritgich  javonlarida  doimiy  og‗irlikkacha 
quritish  orqali  aniqlanib,  uzoq  vaqtni  talab  qiladi.  Shularni  inobatga  olib,  keyingi 
yillarda  qoldiq  namlik  miqdorini  Germaniyaning  Sartorius  yoki  Yaponiyaning 
―Kett‖  firmasi  taklif  etgan,  namlik  o‗lchagich  asbobida  aniqlanmoqda.  Bu  usulda 
bir  marta  tortma  olinib,  uning  tarkibidagi  qoldiq  namlik  foiz  hisobida  topiladi. 
Xorijiy  davlatlarda  qoldiq  namlikni  ―Fisher‖  reaktivi  orqali  aniqlash  keng 
tarqalgan.  Ampitsillin,  amoksitsillin  va  amoksiklav  granulalaridagi  qoldiq  namlik 
shu usulda  aniqlanadi.  Lekin  ―Fisher‖  reaktivi o‗ta  zaharli bo‗lganligi uchun bizni 
mamlakatimizda amalda kam qo‗llaniladi. 
Har  qanday  tabletka  dori  turi  bosim  ostida  olinadi.    Bu    esa  bosim  ta‘sirida 
qanday  o‗zgarishlar  yuz  berishini  tushuntirishni  taqozo  etadi.  yuqori  bosim  ostida 
moddani hajmi keskin kamayadi va natijada uni xossasi keskin o‗zgaradi.  Masalan,  
ularni  elektr  o‗tkazuvchanligi  oShadi,  yuqori  bosim  ostida  dielektriklar  ham 
metallik xossasini namoyon etadi.  Qattiq jismlarni presslashdagi nazariy masalalar 
yaxshi  o‗rganilmagan.  Keyingi  vaqtlarda  fizik-mexanikani  dorilar  texnologiyasini 
rivojlanishi,  metallar,  silikatlar  va  plastmassa  texnologiyasini  rivojlanishiga  turtki 
bo‗ldi.    Bu    sohani    rivoji  oziq-ovqat  sanoatida  o‗z  samarasini  ko‗rsata  boshladi.  
Bu  yutuqlarni  farmatsevtika  sanoatida  ham  qo‗llanilishiga  hech  qanday  shubha  
bo‗lishi mumkin emas.  shulardan kelib chiqqan holda tabletka texnologiyasida yuz 
beradigan  o‗zgarishlarni  fizik-kimyoviy  mexanika  hamda    fizik    va  mexanika  
qonunlari asosida tushuntirishga harakat qildilar,  ko‗zga ko‗ringan olimlar. 

 
98 
Tabletkani  qattiq  dozalarga  bo‗lingan  dori  turi  bo‗lgani  uchun  dispers 
muhitsiz  o‗zaro bog‗langan dispers sistema  deb qaralsa bo‗ladi.  Qattiq  jismni   har 
bir zarrachasi  o‗ziga xos  mexanik xossalari  bo‗ladi:    qovushqoqlik,  qayishqoqlik,  
elastiklik  va  qattiqlik.    Bu  xossalar    zarrachalarni  deformatsiyaga  qarshilik 
darajasini  belgilaydi.    Qattiq  jismlarni  bu  xossalari  o‗z  navbatida  moddani 
tuzilishiga, molekulalar aro kuchning katta-kichikligiga bog‗liq bo‗ladi. Kukunlarda 
zarrachalarni  bir-biriga  tortishi  mexanik  va  elektrostatik    kuchlar  hisobiga  amalga 
oshiriladi.  Presslanmagan  kukunlar  zarrachalari  orasidagi  masofa  katta  bo‗lganligi  
sababli    elektrostatik    kuchlar  kichik    bo‗ladi.    Zarrachalararo    elektrostatik  kuch 
ulardagi  atomlar  soniga  proporsional  bo‗ladi.  Presslash  jarayonida  zarrachalar  bir-
biriga    yaqinlaShishi    bilan    molekulalararo  kuch  ko‗payadi  va  zarrachalar  o‗zaro 
birikadi. 
Kukunlarni  presslab  tabletka  olish  jarayoni  3  bosqichdan  iborat  bo‗ladi: 
boshlang‗ich, o‗rta va oxirgi. 
Boshlang‗ich bosqichda  g‗ovaklikni  kamayishi  hisobiga  zarrachalarni  hajmi 
jadal suratlar bilan kamayadi. 
Ikkinchi  bosqichda,  ma‘lum  vaqt  oralig‗ida  bosim  ortishiga  qaramasdan 
zarrachalarning    zichlanishi    kuzatilmaydi,  bu  zarrachalarni  zichlanishga  bo‗lgan 
qarshiligi  bilan  tushuntiriladi.  Bu  bosqichda  asosan  elastiklik  (uprugaya),  
deformatsiya  kuzatiladi.  Bu  bosqichni  davom    etish  vaqti  kukunlarni  elastiklik 
xossasiga bog‗liq bo‗ladi. Bu bosqichda asosan elastik deformatsiya kuzatiladi. 
Bu  bosqichni  cho‗zilish  vaqti  kukunni  elastiklik  darajasiga  bog‗liq  bo‗ladi. 
Elastik kukunlar uchun  zichlanish  vaqti  ko‗p  bo‗ladi. 
Plastik moddalar uchun esa qisqa bo‗ladi. 
Oxirigi 
(so‗nggi) 
presslash 
bosqichi 
elastik 
deformatsiya 
plastik 
deformatsiyaga  aylanganidan boshlab yuz bera boshlaydi.  Zarrachalarni qattiqligi 
va  elastiklik  darajasiga    hamda    zarrachalarni    qolipda  joylaShishiga  qarab  2  xil 
deformatsiyani kuzatish mumkin. 
Presslashni  so‗nggi  bosqichida  zarrachalar  bir-biriga  yaqinlashadi  va    ular 
orasidagi  kontaktlar  ko‗payadi.    Bunda  zarrachalarni  o‗‗zaro  tortiShish  kuchi 
ko‗payadi,  natijada bir  butun  buyum xosil bo‗ladi. 
Presslash  natijasida  xosil  bo‗ladigan  mustahkam  buyumlarni,  mexanizmini 
tushuntirish  uchun  I.Poxolok  va  V.A.Boldirev  (1952),  Mali (1961) bir nechta 
nazariyalarni ishlab chiqqan. Shularni ko‗proq  amaliy  ahamiyatga  ega  bo‗lganlari:  
kapillyarlik nazariya,  kolloid nazariya, erish nazariyasi va zarrachalarni bir biriga 
mexanik kirib borish nazariyasidir. 
Kapillyarlik  nazariyasi.  Bu  nazariyaga  binoan  taxtakachlanadigan  modda 
bo‗sh strukturali suvga to‗la kapillyarga boy tarmoq deb  qaraladi.  Taxtakachlanish 
jarayonida  bu  kapillyarlar  siqilishi  natijasida  ichidagi  suyuqlik  siqilib  tashqariga 
chiqadi va  uning  satxini  yupqa suv pardasi bilan qoplaydi. Bu esa zarrachalarning 
o‗zaro ishqalanishini engillashtirib, siljishini osonlashtiradi, natijada tabletka xosil 
bo‗ladi.  yuqori puanson ko‗tarilganda,  bosim yo‗qolib boradi, moddalar kapillyar 
taranglik  qoidasiga  binoan  oldingi  xoliga    qaytishga  intiladi.    Bunda  kapillyar 
qonuniga binoan uning  ichiga siqib  chiqarilgan suvning bir qismi  tortiladi.  Bu  esa 
satxdagi  pardaning  yana    xam    yupqalanishiga,  ta‘sir  yuzasining  yanada 

 
99 
yaqinlashuviga  olib  keladi.    Natijada  molekulyar  ta‘sir  kuchi  yuzaga  kelib, 
tabletkaning mustahkamligi ta‘minlanadi. 
Kolloid  nazariyasi.  Bu  nazariya  ham  molekulyar  kuch  ta‘siriga  asoslangan 
bo‗lib,  taxtakachlanadigan  modda  zarralari  yupqa  kolloid  parda  bilan  qoplangan 
deb  xisoblanadi.    Bu    xolda    zarrachalarning  o‗‗zaro  yopiShishi,  shu  kolloid 
zarrachalarning  faol  funksional  qismlari  bilan  bog‗liq  bo‗lib,    molekulyar  va 
elektrostatik kuch  ta‘sirida yuzaga keladi, deb tushuntiriladi. 
Qotishma  xosil  qilish  nazariyasi.  Bu  nazariya    ko‗proq    nisbatan  past 
haroratda  eriydigan  moddalar  uchun  xosdir.  Taxtakachlash  jarayonida  qolirning 
silliqlik  darajasiga,    sirpantiruvchi    va    moylovchi  moddalarning  sifati  va 
miqdoriga,  taxtakachlash  tezligiga  qarab  ishqalanish  xosil  bo‗ladi.    Bunda  harorat 
50  dan  ham  yuqoriga  ko‗tarilishi  mumkin.    Bu  esa  zarrachalarning  qattiqligini 
kamaytiradi.  Natijada  taxtakachlanadigan  modda  osonlik  bilan  qotishma  xosil  
qiladi. 
Zarrachalarning 
o‗zaro 
 
bir-birining 
ichiga 
kirish 
nazariyasi. 
Taxtakachlanayotgan    moddalarning    yuza    shakli    katta  ahamiyatga  ega.  Agar 
zarracha  murakkab  dentrit,   tolasimon  kabi    ko‗rinishda    bo‗lsa,  to‗g‗ri    shakldagi 
moddalarga  nisbatan  ularning  o‗zaro  bir-biriga  kirib  borishi  birmuncha  oson  yuz 
beradi. Natijada tabletka xosil bo‗ladi. 
Umuman  olganda  taxtakachlanadigan  zarrachalarning  tashqi    shakli  bir  xil 
bo‗lishini  ta‘minlash  juda  kiyin.    shuning  uchun  ham  taxtakachlash  jarayonida 
yuqorida  keltirilgan  xamma  nazariyalar  ham  amal  qilishi  mumkin.    Bizning 
fikrimizcha,  tabletka xosil bo‗lishida zarrachalarning molekulyar kuchlarini o‗zaro 
ta‘siri,  zarrachalarning  bir-biriga  kirib  borishi  va  qotishma  hosil  qilish  xossalari 
sodir bo‗ladi. 
Shu  nuqtai  nazarga  asosan,    tabletka  tayyorlashda  ishlatiladigan  yordamchi 
moddalarning ham ahamiyatini tushuntirish mumkin.  
Dori  moddalarni  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  presslab  tabletka  olish    katta  amaliy  va 
nazariy  ahamiyatga  ega.  To‗g‗ridan-to‗g‗ri  presslab  tabletka  olishda  texnologik 
bosqichlar  bir  muncha  qisqaradi,    substansiya  namlik  va  harorat  ta‘siriga 
uchramaydi,  iloji  boricha  yordamchi  moddalar  qo‗shilmaydi  yoki  oz  miqdorda 
qo‗shiladi.  Bu  esa  energiya  tejamkorligiga,    texnologik  jarayonni  soddalashuviga 
olib  keladi.    Bu  tadbirlar  katta  iqtisodiy  samara  beradi  va  mahsulotni  tannarxini 
arzonlashuviga  ko‗maklashadi.  Eng muhimi adabiyotlarda keltirilgan ma‘lumotlar,  
to‗g‗ridan-to‗g‗ri presslab  olingan  tabletkalarni biosamaradorligi nam donadorlash 
orqali olinganga qaraganda biologik ta‘siri yuqoriligini ko‗rsatdi. To‗g‗ridan-to‗g‗ri 
presslab  tabletka    olish  uchun  dori  modda  ijobiy  texnologik  xossalarni  namoyon 
etishi,  dozasi 0,05 g dan kam bo‗lmasligi va suvda yaxshi erishi  kerak. 
Bunday  xossalarni  natriy  xlorid,  geksametilentetramin,  kaliy  bromid,  kaliy 
yodidlar  namoyon  etadi,  shuning  uchun  ularni  yordamchi  moddalar  qo‗shmasdan 
presslab sifatli tabletka olish mumkin. 
Masalan,  natriy  xloridni    to‗g‗ridan-to‗g‗ri    presslab    tabletka  olish    uchun  
uzunchoq    shakldagi    zarrachalar  maqsadga  muvofiq  bo‗lib,  Sharsimon 
zarrachalarni  presslash  ancha  qiyin  bo‗ladi.    M:    sut  qandi,  fenil    salitsilat,  
geksametilentetramin,    feramid  va  h.k.    shuning  uchun  bunday  moddalarni 

 
100 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri  presslash  mumkin    bo‗ladi.    To‗g‗ridan-to‗g‗ri  presslab  tabletka 
olishni  keng  tarqalgan  usullaridan  biri  massani  sochiluvchanligini  yaxshilovchi 
yordamchi  moddalar    qo‗Shishdir.  Bu  maqsadda,  karboksimetilsellyuloza  va  uni 
natriyli tuzi, 30% gacha quruq sut zardobi,  amilaza,  sorbital,  glyukoza,  kraxmal  
va  kalsiy  stearat,  qand  bilan  ksilit  aralashmasi,  o‗lchami  1  mm  bo‗lgan  eritilgan 
mannit,  glyukoza  va  kraxmal  aralashmasi  (7+1+2),  o‗ta  maydalangan  kraxmal, 
luviskol  A64  (vinilpirolidin  va  vinilatsetatlarning  sopolimerlari),    aerosil,  magniy 
stearat  va  talk  aralashmasi  (1+9),  kraxmalga  10%  kakao  moyi  qo‗shilgan 
aralashmalar va h.k. 
Yuqoridagi  yordamchi  moddalarni  qo‗shib  vitaminlar,    alkaloidlar, 
glikozidlar,  fenolftalein, sulfadimezin, fenolbarbital, efedrin gidroxlorid,  askorbin 
kislotasi,    natriy  gidrokarbonat,    kalsiy  laktat,    ftivazidni  Na-PASK  bilan 
aralashmasi,  streptotsid,  fenatsetin,    bruneomitsin  tabletkalari  olingan.  Bu 
tabletkalarni  tayyorlash  texnologiyasi  quyidagicha:  dori  va  yordamchi  modda 
yaxshilab aralashtiriladi va tabletka mashinasida presslanadi.  Bu usulni eng  asosiy 
kamchiliklari:  massa  qavatlanishi,  dozasi  kichik  bo‗lgan  tabletkalarda  ta‘sir 
qiluvchi moddani bir xil tarqalmasligi  va  yuqori  bosim kerakligi. Odatda yuqori 
bosimda ishlagan mashinalar muddatidan ilgari emiriladi. 
Bu  kamchiliklarni  ayrimlarini  quyidagi  tadbirlar  orqali  yo‗qotish  mumkin:  
massani  qolipga  majburan  uzatish.    Bu    mashinani    ishchi  qismiga    ayrim  
o‗zgartirishlar  kiritish  orqali  amalga  oshiriladi.    Masalan,  boshmoqni  tebratish, 
qolipni  ma‘lum  burchakkacha  aylantirish,  voronkaga    yulduzsimon    aralashtirgich  
o‗pHatish, presslanadigan materialni vakuum hosil qilib qolipga tortish, materialni 
qolipga majburiy uzatish, vakuum liniyaga ulash va h.k.lar. 
To‗g‗ridan-to‗g‗ri  presslash  osongina  hal  bo‗lar  edi,    agar  presslanadigan 
modda ijobiy sochiluvchanlik va zarrachalarni o‗zaro  birikishi yaxshi bo‗lsa. 
Ana  shunday  maqsadga  muvofiq  zarrachali  moddalardan  atsetilsalitsil 
kislota,  salitsilamid  va  bOshqalar.  Lekin  bunday  sintez  murakkab  va  qimmatga 
tushadi. 
Maqsadga muvofiq  perekristallizatsiya  qilish ham shu yo‗nalishni bir usuli. 
Umuman olganda maqsadga muvofiq sintez kelajagi porloq usullardan hisoblanadi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling