Mutaxassislik fani


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/25
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#228
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25

Adiurekrin  (Adiurecrinum)  –  yirik  qoramollarning  gipofiz  orqa  bo‗lagidan 
olinadi.  Preparat  gipofizning  orqa  bo‗lagida  ishlab  chiqariladigan  barcha 
gormonlarni saqlaydi ayniqsa antidiuretik gormonni, qaysiki tuz-suv almashinuvida 
ishtirok  etuvchi.  Gipofiz  faolligini  tez  yo‗qotishi  mumkinligini  inobatga  olgan 
xolda  u  tezlik  bilan  konservalash  uchun  atsetonga  solinadi.  Ishlatishdan  oldin  esa 
xom  ashyo  atsetondan  olinib,  gipofizning  orqa  bo‗lagi  ajratib  olinadi  va  vakuum 
quritgich javonida 40
0
 dan yuqori bo‗lmagan haroratda quritiladi. Quritilgan massa 
benzin  bilan  Skslet  apparatida  yog‗sizlantiriladi.  Ekstragent  qoldiqlari  vakuum 
ostida  uchiriladi  va  Sharli  tegirmonda  maydalanib,  standartlanadi.  Preparatning 
to‗liq  nomi  faqat  yog‗sizlantirish  orqali  quritilgan,  kukun  xoliga  keltirilgan  bez  – 
Pulvis  posterioris  glandulae  pituitariae.  Bu  mayda,  amorf  jigar  rangli,  suvda  va 
bOshqa erituvchilarda erimaydigan kukun, 1 mg tarkibida 1TB saqlaydi. Quruq va 
salqin  joylarda  og‗zi  mahkam  yopiladigan  idishlarda  saqlanadi.  Qandsiz  siydik 
qo‗yib yuborishda, siydik tutaolmaslikda ishlatiladi.  
 
Pituitrin  (Pituitrinum)  –  adiurekrindan,  uni  ikki  marta  0,25%  sirka 
kislotasining  eritmasida,  40
0
  dan  yuqori  bo‗lmagan  haroratda  vaqti-vaqti  bilan 
aralashtirib  turgan  xolda  qoldirish  bilan  olinadi.  Aralashma  filtrlanib,  filtrat 
tarkibidagi oqsillar temir  oksi xlorid  bilan  dializlash  orqali  yo‗q qilinadi.  cho‗kma 
filtrlash  orqali  yo‗qotiladi  va  filtrat  tarkibidagi  temir  qoldiqlarini  yo‗qotish  uchun 
eritmaga    natriy  gidrokarbonatda  kuchsiz  ishqoriy  muhitgacha  qo‗shiladi.  Eritma 
filtrlanib, pH muiti 3,0-4,0 bo‗lguncha sirka kislotasi qo‗shiladi va 0,3% fenol bilan 
turg‗unlashtirilib,  aseptik  sharoitda 1  ml  dan  ampulalarga quyiladi.  Preparat tiniq, 
rangsiz  suyuqlik  bo‗lib, 1  ml  preparat  5  yoki  10  TB  saqlaydi.  Tug‗uSh  jarayonini 
tezlashtirish  va  tug‗ruqdan  keyingi  qon  ketishda  ishlatiladi.  Preparatning  ta‘siri 
uning  tarkibidagi  bir  qator  gormonlar:  oksitotsin  –  bachdon  silliq  muskullarining 
qisqaruvchanligini  oshiradi,  vazopressin  qon  tomirlarini  torayishiga  sabab  bo‗ladi. 
Preparat  shuningdek,  qandsiz  siydik  ajratish  va  siydikni  tutaolmaslikda  ishlatiladi. 
Teri orasiga yoki muskil ichiga 5-10 TB dan yuboriladi.      
Buyrak usti bezi gormon preparatlari. 
 
Yirik  Shoxli  qoramollarning  buyrak  usti  bezlari  adrenalin  va  noradrenalin 
olish  uchun  asosiy  xom  ashyo  bo‗lib  xizmat  qiladi.  yangi  so‗yilgan  yirik  Shoxli 
qoramollarning  buyrak  usti  bezlari  tezlik  bilan  muzlatiladi  yoki  konservalanadi. 
Sababi  adrenalin  pirokatexin  xosilasi  bo‗lganligi  uchun  suvli  eritmada  tez 
oksidlanadi. Buyrak usti bezini kompleks tarzda qayta ishlash usuli undan turli xil 
tuzilishga ega bo‗lgan biologik faol moddalarni sintez qilishga imkon beradi.     
 
Buyrak  usti  bezi  go‗Sht  maydalagichda  maydalanib,  ichki  qismi  emal  bilan 
qoplangan po‗lat idishga solinadi va quruq muz bilan aralashtirilib, -2
0
 haroratda 36 
soatga qolddiriladi. Bu bilan ekstraksiya jarayonini intensifikatsiyalashga erishiladi. 
Ekstraksiyalash  oksidlangan  spirt  bilan  3  marta  amalga  oshiriladi.  Ajratmalar 
birlashtirilib, spirt vakuum ostida xaydab olinadi. Suvli qismi boshlang‗ich hajmiga 
nisbatan  1/15  qism  qolguncha  40
0
  haroratdan  yuqori  bo‗lmagan  haroratda 

 
167 
uchiriladi.  Qolgan  qismi  1:3  nisbatda  sovutilgan  atseton  bilan  aralashtirilib,  0-5
0
 
haroratda  20  soatga  qoldiriladi.  Xosil  bo‗lgan  cho‗kma  ajratib  olinib,  tashlab 
yuboriladi.  Suyuqlikda  qolgan  atseton  vakuum  ostida  xaydaladi,  suvli  qismi  esa 
yana  bir  marta  5-10
0
  haroratda  20  soatga  qoldiriladi.  Xosil  bo‗lgan  ajratma  (1-
ajratma)  tarkibidagi  cho‗kma  ajratib  olinib,  50%  spirt  bilan  yuviladi.  Spirtli 
ajratmadan  spirt  vakuum  ostida  xaydab  olinib,  suvli  qism  filtrlanib,  filtrat  sovuq 
atseton  bilan  qayta  ishlanadi.  Xosil  bo‗lgan  cho‗kma  ajratib  olinib,  tashlab 
yuboriladi. Suvli qismining konsentratsiyasi vakuum ostida ko‗tariladi va 1-ajratma 
bilan birlashtiriladi. Ajratma sovutiladi va 3-4 marta dixloretan (1 l dixloretanga 10 
l  ajratma)    bilan  ekstraksiyalanadi.  Natijada  dixloretan  tarkibiga  kortikosteroidlar 
o‗tib, suvli fazada esa adrenalinning asosiy massasi qoladi. 
 
Dixloretanli  ajratma  kam  miqdordagi  suv  bilan  chayqatilib,  -10-15
0
 
haroratda, sovutgichda, 10-12 soatga qoldiriladi. Kam miqdorda adrenalin saqlagan 
suvli  qismi  dixloretanli  qismidan  oson  ajralishi  uchun  muzlagan  xolda  bo‗lsa 
maqsadga  muvofiqdir.  Dixloretanli  ajratmadan  vakuum  ostida  dixloretan  to‗liq 
uchiriladi. Qolgan qoldiq 70% spirtda eritilib, 0
0
 haroratda 10-12 soatga qoldiriladi. 
Spirtli  suyuqlik  filtr  qog‗oz  orqali  filtrlanib,  filtr  3-4  marta  petroleyin  efiri  bilan 
qayta  ishlanadi.  Tozalangan  spirtli  eritma  tarkibidagi  spirt  vakuum  ostida  xaydab 
olinadi.  cho‗kma  esa  (asalsimon  massa)  natriy  xloridning  izotonik  eritmasida 
eritilib, 10% etil spirti bilan konservalanadi. Bu eritma 1 l bo‗lguncha xisoblangan 
miqdorda  suyultiriladi  (har  25  kg  cho‗chqaning,  40  kg  yirik  Shoxli  qoramolning  
buyrak usti bezidan 1 l eritma xosil bo‗lguncha) Eritmaning pH ko‗rsatkichi 4,2-4,5 
ga  keltiriladi  va  2-5
0
  haroratda  uShlagan  xolda  standartlanadi  va  qadoqlanadi. 
Standartlangandan  so‗ng  bakterial  filtr  orqali  filtrlanib,  aseptik  qoidalariga  rioya 
qilingan xolda ampulalarga quyiladi. 
 
Suvli  fazada  qolgan  adrenalin  eritmasi  dixloretandan  ajratish  uchun 
muzlatilgan eritma bilan birlashtirilib, ishqorlash uchun 25% ammiak eritmasi bilan 
pH ko‗rsatkichi 9,2 bo‗lguncha qayta ishlanadi. Natijada adrenalin asos ko‗rinishida 
cho‗kmaga  tushadi.  Adrenalinni  to‗liq  cho‗kmaga  tushirishi  uchun  eritma  bir  kun 
davomida 10-12
0
 haroratda  qoldiriladi.  Eritma  Byuxner voronkasi  orqali  filtrlanib, 
adrenalin  kristallari  yig‗ib  olinadi.  Ular  kuchli  spirt  bilan  keyin  esa  efir  bilan 
yuviladi.  Olingan  adrenalin  tozalash  uchun  suv  va  oksidlangan  xlorid  kislotasida 
eritiladi,  erimay  qolgan  qoldiq  adrenalin  kristallari  yig‗ib  olinadi  va  suv,  spirt  va 
efir bilan yuviladi. 
 
Preparat  adrenalin  gidroxlorid  va  adrenalin  gidrotartarat  ko‗rinishida 
chiqariladi. 
 
Adrenalin  gidroxlorid  (Adrenalini  hydrochloridum)  –  oq  yoki  sal  puShti 
rangli kristal kukun. Toza va quritilgan adrenalin 0,01 n xlorid kislotasi eritmasida 
1:1000  nisbatda  eritiladi,  xlorbutanol  va  natriy  bisulfit  bilan  konservalanadi,  pH 
ko‗rsatkichi  3,0-3,5.  Aseptik  sharoitda  filtrlab  sterillanadi.  Inert  gaz  oqimida 
ampulalarga yoki qo‗ng‗ir rangli Shisha idishlarga quyiladi.  
 
Adrenalin  gidrotartarat  (Adrenalini  hydrotartaras)  –  oq  yoki  oq  kulrang 
tusli  kristall  kukun.  Yorug‗lik  va  xavo  kislorodi  ta‘sirida  oson  o‗zgaruvchan.  Suv 
va  spirtda  yaxshi  eriydi.  Suvli  eritmalari  (pH  3,0-4,0)  adrenalin  gidroxloridning 
eritmasiga nisbatan turg‗un. 100
0
 haroratda 15 daqiqa davomida sterillanadi.  

 
168 
 
Ta‘siri  bo‗yicha  adrenalin  gidrotartarat  adrenalin  gidroxloriddan  umuman 
farq qilmaydi. Glaukomaning oddiy ochiq formalarida maxalliy tomirtoraytiruvchi 
sifatida ishlatiladi.    
 
Adrenalin gidroxloridning 0,1% eritmalari   flakonlarda 10 ml dan, in‘eksiya 
uchun 0,1% eritmalari ampulalarda 1 ml dan chiqariladi.Adrenalin gidrotartaratning 
in‘eksiya uchun 0,18%  eritmalari  1 ml dan ampulalarda, tashqi maqsadlar uchun 
esa  flakonlarda  10  ml  dan  chiqariladi.      Sovuq  va  Yorug‗likdan  ximoya  qilingan 
xolda saqlanadi.  
 
Buyrak  usti  bezining  po‗stloq  qismidan  katta  miqdorda  steroid  gormonlar 
ishlab chiqarilib, ular kortikosteroidlar deyiladi. Ular pregnan xosilalari xisoblanib, 
kimyoviy  jihatdan  11-dezoksisteroidlar,  11-oksiteroidlar  va  11-17  oksisteroidlarga 
bo‗linadi. Birinchi guruhga aldosteron va kortikosteron atsetatlar mansub bo‗lib, bu 
gormonlar  organizmda  suv  va  elektrolitlar  almashinuviga  ta‘sir  qiladi.  Ikkinchi 
guruh  (tabiiy)  gormonlari  glyukokortikosteroidlar  xisoblanib,      kortizol 
(gidrokortizon)  va  kortizon  shular  jumlasidandir.  Bu  gormonlar  organizmda 
bevosita  uglevodlar  va  oqsillar  almashinuviga  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Shuningdek  ular 
jigarda  glikogenni  to‗planishiga,  qonda  qand  miqdorining  ortishiga,  siydik  bilan 
azotni  ajralib  chiqishini  ko‗payishiga  sabab  bo‗ladi.        Glyukokortikosteroidlar 
yallig‗lanishga qarshi, desensibilizatsiyalovchi va antiallergik ta‘sir ko‗rsatadi.  
 
Buyrak  usti  bezining  po‗stloq  qismi  maydalanadi  va  efir  bilan 
ekstraksiyalanadi.  So‗ng  gormonlar  avval  spirtga  keyin  esa  natriy  xloridning 
izotonik eritmasiga o‗tkaziladi. Natijada kortin xosil bo‗ladi. 
 
Kortin  (Cortinum)  –  buyrak  usti  bezining  po‗stloq  qismidan  olingan 
tozalangan  ekstraktning  suvli  eritmasi.  Preparat  bOshqa  buyrak  usti  bezi 
gormonlariga  o‗xShab  ta‘sir  ko‗rsatadi,  ya‘ni  organizmda  mineral  moddalar,  oqsil 
va  uglevodlar  almashinuvini  bOshqarishda  qatnashadi.  Addison  kasalligida 
ishlatiladi. Ampulalarda 1 ml dan 10 TB chiqariladi.  
 
Kortizon atsetat (Cortisoni acetas) – amalda suvda erimaydigan, spirtda kam 
eriydigan  oq  rangli  kukun.  Glyukokortikosteroidlarga  o‗xShab  ta‘sir  ko‗rsatadi. 
Ichish  uchun  yoki  muskul  orasiga  (suspenziya  ko‗rinishida)  buyuriladi.  Ichish 
uchun  odatda  davolashning  birinchi  kuni  0,1-0,2  g  dan  kuniga  3-4  maxal,  so‗ng 
sekin  astalik  bilan  doza  kamaytirib  boriladi,  toki  doimiy  terapevtik  samaradorlik 
saqlanib qolguncha.  Revmatizmda davo kursi 3-4 g,  muskul orasiga 0,025-0,05 g 
dan kuniga bir marta yoki ikki marta har 8-12 soatda buyuriladi. 
 
Gidrokortizon (Hydrocortisonum) – organizmga ta‘siri bo‗yicha kortizonga 
yaqin  biroq  unga  nisbatan  ancha  faol.  Muskul  orasiga  yuborishda  kortizonni  2/3 
qismini  tashkil  qiladi.  Tibbiyot  amaliyotida  gidrokortizon,  gidrokortizon  atsetat, 
gidrokortizon suksinat ishlatiladi.  
 
Gidrokortizon (erkin spirt) – asosan dori shakllarini tayyorlashda ishlatiladi: 
gidrokortizon  atsetat  (Hydrocortisoni  acetas)  tashqi  maqsadlar  uchun  1%  surtma 
shaklida 
terining 
allergik 
kasalliklarida 
ishlatiladi. 
Gidrokortizonning 
mikrokristallik suspenziyasi 5-25 mg dan sinapslar ichiga kiritish uchun ishlatiladi.   
In‘eksiya  uchun  gidrokortizon  atsetatning  2,5%  li  suspenziyasi  (Suspensio 
Hydrocortisoni  acetati  2,5%  pro  injectionibus)  ampulalarda  2  ml  dan  chiqariladi. 
0,5%  li  gidrokortizon  atsetatni  ko‗z  uchun  surtmasi  (Unguentum  hydrocortisoni 

 
169 
acetates  0,5%).  1%  gidrokortizon  surtmasi  ((Unguentum  hydrocortisoni  1%). 
―Kortikomitsetin‖  surtmasi  ((Unguentum  ―Corticomycetinum‖).  yuqoridagi 
surtmalar terining yallig‗lanish, allergik kasalliklarida ishlatiladi.  
 
Gidrokortizon  gemisuksinat  (Hydrocortisonum  hemisuccinas)    -  in‘eksiya 
uchun liofilizatsiyalangan natriyli tuz ko‗rinishida     chiqariladi. O‗tkir buyrak usti 
bezi 
etishmovchiligida, 
bronxoastmatik 
statusda, 
miokard 
infarkti 
va 
tireotoksikkrizisni  davolashda    ishlatiladi.  Ampulalarda  5  ml  0,025  g  dan  yoki  10 
ml 0,1 g dan chiqariladi.  
 
Prednizon (Prednison) – prednizon atsetat (Prednisoni acetatis)  ko‗rinishida 
chiqariladi.  Ta‘siri  va  qo‗llanilishi bo‗yicha  kortizonga  yaqin, biroq  unga  nisbatan 
3-5 marta faolroq va unga nisbatan organizmdagi minerallar almashinuvchiga kam 
ta‘sir qiladi. Tabletka ko‗rinishida 0,0011 va 0,0056 g dan chiqariladi. 
 
Prednizolon  (Prednisolonum)  –  gidrokortizonni  digidratlangan  analogi 
xisoblanib,  ta‘siri  va  faolligi  bo‗yicha  prednizonga  yaqin  turadi.  Revmatizim, 
poliartritning  nospetsefik  infeksiyalarida,  bronxial  astmada,  o‗tkir  limfatik  va 
mieloid  leykomiyada,  shuningdek  bOshqa  glyukokortikosteroidlar  bilan birgalikda 
ishlatiladi. Tabletka shaklida 0,0001 va 0,005 g dan chiqariladi. 
 
Prednizolon 
gemisuksinat 
(Prednisolonum 
hemisuccinas) 
– 
liofilizatsiyalangan  xolda  ampulalarda  0,025  g  dan  chiqariladi.  Ta‘siri  va 
qo‗llanilishi bo‗yicha prednizolonga qovushqoq. Ichish uchun yoki muskul orasiga 
yuborish  uchun  buyuriladi.  Ampulaning  ichidagi  oldindan  35-37
0
  haroratgacha 
isitilgan  5  ml  in‘eksion  suvda  eritilib,  so‗ng  in‘eksiya  qilinadi.  Teri  kasalliklarida 
maxalliy  ishlatish  uchun  uning  0,5%  surtmasi  (25  mg  prednizolon  saqlagan  5  g 
surtma  tyubiklarda  chiqariladi),  terining  nomikrob  etiologiyali  yallig‗lanish  va 
allergik kasalliklarida ishlatiladi. Qabul qilinishi va nojo‗ya ta‘sirlari gidrokortizon 
surtmasi bilan qovushqoq. 
 
Metilprednizolon  (Methylprednisolonum)  –  prednizolon  anologi  bo‗lib, 
ta‘sir  faolligi  bilan  prednizolon  va  prednizonga  yaqin,  biroq  mineralokortikoid 
faollikka  ega  emas.  U  yaxshi  so‗riladi.  0,004  g  dan  tabletka  shaklida,  suvda 
eruvchan natriy suksinat tuzi ko‗rinishida chiqariladi. Ampulalarda 0,002 va 0,04  g 
dan  kattalar  uchun,  bolalar  uchun  esa  0,008  g  dan  erituvchi  in‘eksion  suv  bilan 
birgalikda chiqariladi. 
 
Deksametazon (Dexamethasonum). Uning kimyoviy nuqtai nazaridan o‗ziga 
xosligi  molekulasida  ftor  atomini  saqlashidadir.  Organizmga  ta‘siri  bo‗yicha 
bOshqa  glyukokortikosteroidlarga  yaqin,  biroq  ulardan  faolroq.  Kuchli 
yallig‗lanishga  qarshi  va  atiallergik  ta‘sirga  ega.  Samaradorligi  bo‗yicha  0,5  mg 
deksametazon  3,5  mg  prednizolonga  yoki  17,5  mg  kortizonga  to‗g‗ri  keladi. 
Shunday  ekan, deksametazon prednizolonga nisbatan 7  marta, kortizonga  nisbatan 
esa  35  marta  faolroq.  Revmatoid  artrit,  dermatoz,  limfogranulematoz  va  nefrotik 
sindromda  ishlatiladi.        Kattalar  uchun  sutkalik  dozasi  0,002-0,003  g.  Tabletka 
shaklida  0,0005  g  dan  chiqariladi.  Quruq  va  Yorug‗likdan  ximoya  qilingan  joyda 
saqlanadi. 
Xorijiy 
davlatlarda  oftalmologik 
amaliyotda 
ishlatish 
uchun 
deksametazonni 10 ml dan 0,1% li ko‗z tomchilari ishlab chiqilgan.  
 
Oftan-deksametazon  -  1  ml  eritmada  1 mg  (0,1%)  deksametazon  21  fosfat 
saqlovchi  ko‗z  tomchisi.  Bu  ko‗z  tomchilari  keratit,  irit  kasalliklarida  shuningdek, 

 
170 
jarohatlar  va  ko‗z  jarrohligidan  so‗ng  yallig‗lanish  jarayonni  oldini  olish  uchun 
ishlatiladi. 
 
“Deksona”  (―Dexona‖)  -  ko‗z  va  quloq  tomchisi,  tarkibida  0,1% 
deksametazon natriy fosfat va 0,5% neomitsin sulfat eritmasini saqlaydi. 5 ml dan 
tomchili  flakonlarda  chiqariladi.  Keratit,  blefarit  kasalliklarida  va  o‗rta  quloq 
yallig‗lanishida ishlatiladi. 
 
Sinaflan  (Synaflanum)  –  oq  rangli,  qaymoqsimon  tusli  kristall  kukun. 
Amalda  suvda  va  spirtda  erimaydi.  Tuzilishi  bo‗yicha  prednizolon  va 
deksametazonga  yaqin.  Biroq  molekulasida  ikkita  ftor  atomini  saqlaydi,  uglerod 
zanjirining S

va S

xolatlarida. 
 
Sinaflanning  0,025%    surtmasi  (Unguentum  Synaflani  0,025%)  –  Yorqin 
sariq  rangli,  teri,  silliq  qavatlar,  ekzema  va  chegaralangan  psoriazdamaxalliy 
yallig‗lanishga  qarshi  vosita  sifatida  ishlatiladi.  Alyumin  tyubalarda  10  yoki  15  g 
dan chiqariladi.Quruq va sovuq joylarda saqlanadi.     
Jinsiy bez gormon preparatlari. 
 
Tuxumdonda  ishlab  chiqariladigan  ayol  jinsiy  bez  gormonlari  estran 
uglevodorodi  xosilalari  bo‗ib,  estron  (follikulin)  va  estradiol  ularning  tipik 
vakillaridir.  Urug‗donda  ishlab  chiqariladigan  erkak  jinsiy  bez  gormonlari 
androstan  uglevodorodi  bo‗lib,  testosteron  ularning  tipik  vakili  xisoblanadi. 
Kimyoviy  jihatdan  ayol  va  erkak  jinsiy  bez  gormonlari  bir-biriga  yaqin  bo‗lgan 
steroid gormon xisoblanadi. 
 
Bu gormon preparatlarini tabiiy usulda olish bir qator qiyinchiliklarni keltirib 
chiqargani  uchun,  bugungi  kunda  ularni  sintetik  usullar  bilan  sintez  qilish  yo‗lga 
qo‗yilgan. Shuningdek ularning bir qator analoglari ham ishlab chiqarishda mavjud. 
Ular 
etinil-estradiol, 
sineestrol, 
dietilstilbestrol, 
metiltestosteron 
va 
bOshqalar.Bilogik xom ashyodan rasman sintez qilinayotgan jinsiy bez gormonlari 
bular ayol jinsiy bez gormonlaridir. 
 
Estron  (Oestronum)  –  qoramolning  tuxumdonidan  olinadigan  gormon 
preparati  bo‗lib,  tuxumdon  ko‗p  miqdorda  follikulyar  gormon  saqlaydi.  Bu 
maqsadda  ko‗proq  siydikdan  foydalaniladi  (asosan  xomilador  ayollar  yoki 
xomilador  xayvonlar  siydigidan).  Siydik  xlorid  kislotasi  bilan  oksidlanib,  benzol 
yoki  efir  bilan  ekstraksiya  qilinadi.  Bu  jarayon  uzluksiz  ishlaydigan  emalli  yopiq 
ekstraktorda  olib  boriladi.  Ajratmaning  efirli  yoki  benzolli  qismi  suvli  qismidan 
ajratib olinib,    uchiriladi.  Qoldiq spirtda eritilib, spirtli eritma  filtrlanadi  va  filtrat 
bug‗latiladi. Qolgan qoldiq efir bilan aralashtirilib, efir xaydaladi va qoldiq maxsus 
tozalash  usuli  bo‗yicha  tozalanadi.  Natijada  oq  kristal  kukun  xosil  bo‗ladi.  Estron 
barcha  ayol  jinsiy  bez  gormonlari  uchun  standart  xisoblanadi.  Uning  o‗simlik 
moydiga eritmasi (Solutio Oestronum oleosa) 1 ml dan ampulalarda chiqariladi. 
 
    
 
 
 
 
17-ma‟ruza. 
Sanoat 
miqyosida 
ishlab 
chiqariladigan 
ferment 
preparatlari va biogen stimulyatorlar. 

 
171 
 
Reja 
 
 
 
Mavzuning dolzarbligi 
1.
 
Ferment  preparatlari  va  biogen  stimulyatorlarni  tayyor  dori  vositalari 
orasida tutgan o‗pHi. 
2.
 
Ferment  preparatlari  va  biogen  stimulyatorlarni  ta‘rifi,  tarixi,  tavsifi  va 
tasnifi. 
3.
 
Ferment 
preparatlari 
va 
biogen 
stimulyatorlarni 
tayyorlashda 
ishlatiladigan yordamchi moddalar va ularga qo‗yilgan talablar. 
4.
 
Ferment 
preparatlari 
va 
biogen 
stimulyatorlarni 
tayyorlash 
texnologiyalari. 
5.
 
Ferment  preparatlari  va  biogen  stimulyatorlarni  qadoqlash,  o‗rash, 
tashish va saqlash. 
Xulosalar 
 
Fermentlar  -  tirik  organizmlarning  xujayra  va  to‗qimalari  tarkibiga  kiruvchi 
va  biologik  katalizator  rolini  o‗ynovchi  maxsus  oqsillardir.  Ularning  aossiy 
xossalari  reaksiya  muhitining  o‗zgarishiga  va  haroratga  juda  sezuvchan  bo‗lib, 
o‗zining  aniq  va  maxsus  ta‘sirga  egaligidadir.  Haroratning  50
0
  dan  ko‗tarilishi 
fermentlarning faolligini keskin kamayishiga olib keladi. 80
0
 haroratda esa butunlay 
katalitik  ta‘sirining  yo‗qotilishi  kuzatiladi.  Shuningdek  harorat  ta‘sirining 
davomiyligi  ham  fermentlarning  faolligiga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Ko‗pgina 
fermentlarning xujayra va to‗qima tarkibidan ajratib olishda 37-40
0
 harorat optimal 
xisoblanadi.  Muhit  pH  ning  o‗zgarishi  ham  fermentlarning  faolligiga  keskin  ta‘sir 
ko‗rsatadi. Har bitta ferment uchun o‗ziga xos pH ko‗rsatkichi mavjud.    
Oshqozon Shilliq qavati ferment preparatlari. 
Pepsin  –  o‗zida  proteolitik  ferment  saqlovchi  preparat  bo‗lib,  asosan 
cho‗chqaning  Oshqozon  Shilliq  qavatidan  olinadi.  U  erda  pepsin  proferment  – 
pepsinogen  ko‗rinishida  to‗planadi.  Pepsinogen  (m.m.  40  000)  xlorid  kislotasi 
yordamida faollashadi, natijada autokatalitik pepsin molekulasi xosil bo‗ladi. So‗ng 
polipeptid qoldig‗i va pepsin ingibitori xosil bo‗lib u faollashga ko‗rinishga o‗tadi 
(m.m.  34  000).  Pepsin  faol  markazida  dikarbon  aminokislota  qoldig‗ini  saqlovchi 
karboproteinaza guruhiga mansubdir (pH 1,5-2,5).  
Bugungi kunga kelib pepsinni 3 xil olish usuli mavjud. 
Birinchi  usul.  CHo‗chqalarning  Oshqozon  Shilliq  qavati  yog‗  va  bOshqa 
muskul  va  to‗qimalardan  ajratilib,  tozalangan  issiq  suv  (40
0
  haroratdan  yuqori 
bo‗lmagan  haroratda)  bilan  yuviladi.  Go‗Sht  maydalagichda  maydalanib,  0,5%  li 
xlorid  kislotasi  eritmasi  bilan  pH  muhiti  1,9-2,3  ga  keltiriladi.  Xom  ashyo  va 
ekstragent  nisbati  1:4.  Aralashma  40
0
  haroratda  18  soatga  qoldiriladi.  So‗ng 
suyuqlik  qismi  quyib  olinib,  yana  1:6  nisbatda  ekstraksiya  qilinadi.  Bu  24  soat 
davom etadi. Suyuqliklar birlashtirilib, doimiy aralashtirib turgan xolda, suyuqlikka 
nisbatan  20-25%  natriy  xloridning  izotonik  eritmasi  qo‗shiladi.  Eritmada  cho‗kma 
xosil  bo‗lib,  pepsin  suyuqlik  qismida  qoladi.  Suvli  qism  ajratib  olinib,  vakuum 
quritgich javonida, 35-40
0
 haroratda quritiladi, maydalanadi va elanadi.  

 
172 
Ikkinchi 
usul. 
Bu 
usul 
L.S.KazapHovskiy, 
V.N.Solonko 
va 
L.A.Shinyanskiylar  tomonidan  taklif  qilingan  bo‗lib,  ultratovuSh  usulida  pepsin 
olish deyiladi. Buning uchun maydalangan xom ashyo 0,5% li xlorid kislotasi bilan 
(1:4  nisbatda)  idishga  (nay)  jaylashtirilib,  transformator  moyi  bilan  to‗ldirilgan 
obzanga  tushiriladi.  Obzanga  500  kGs  chastotali,9  Vt/sm
2
  intensivlikda,  5  daqiqa 
davomida  ultratovuSh  yuboriladi.  So‗ng  idishdan  suyuqlik  qismi  quyib  olinib, 
qoldiqqa yana 0,5% li xlorid kislotasi (1:2 nisbatda) solinadi va 3 daqiqa davomida 
ultratovuSh  yuboriladi.  Ajratmalar  birlashtirilib, vakuum  quritgich  javonida  quyuq 
massagacha quyultirilib, sut qandi bilan aralashtiriladi va quritilib, maydalanadi.  
Ba‘zi  xollarda  ajratmaga  0,1  mol/l  li  ammiak  eritmasi  solinib,  kuchsiz 
ishqoriy  muhit  xosil  qilinadi  va  fosfatli  aralashma  bilan  kuchsiz  ishqoriy  muhit 
turg‗unligi  oshiriladi.  Fosfatli  aralashma  10%  li  kalsiy  xloridni  teng  miqdordagi 
5,5%  li  ikki  almashilgan  natriy  fosfat  bilan  aralashtrib  tayyorlanadi.  Fosfatli 
aralashma  qo‗shilgandan  so‗ng  aralashma  yaxshilab  aralashtirilib,  5-6  soatga 
qoldiriladi.Natijada  eritmaga  ammiak  yordamida  ajralib  chiqqan  pepsin  kalsiy 
fosfat  aralashmasining  yuzasiga  adsorsiyalanadi  va  cho‗kmaga  tushadi.  Pepsinni 
eritmaning  tarkibiga  qaytadan  o‗tkazish  uchun  yana  ammiak  eritmasi  bilan  qayta 
ishlanadi. Aralashmaning suyuqlik qismi quyib olinib, nutch filtri orqali filtrlanadi. 
cho‗kma 4% li Shavel kislotasi bilan qayta ishlanadi. Natijada kalsiy fosfat suvda 
erimaydigan  kalsiy  oksalat  ko‗rinishiga  o‗tadi,  pepsin  esa  suvda  erib  eritma 
tarkibiga  o‗tadi.  Eritma  filtrlanib,  cho‗kam  suv  bilan  yuviladi.  Eritmaning  pH 
ko‗rsatkichi 1 n ammiak eritmasi bilan 2,4-2,6 ga keltiriladi. So‗ng eritmaga teng 
miqdordagi  spirt-efir  aralashmasidan  eritmaning  hajmiga  nisbatan  5  marta  ko‗p 
miqdorda  qo‗shiladi.  Natijada  oq  rangli  cho‗kma  tushadi,  cho‗kma  o‗z  navbatida 
avval  kam  miqdordagi  spirt-efir  aralashmasida  so‗ngra  esa  efir  bilan  yuviladi. 
cho‗kma issiq xavo oqimida quritiladi.  
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling