Mutaxassislik fani


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet7/25
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25

 
 
 

 
57 
Yoritish 
Ishlab  chiqarish  binolarining  elektr  ta‘minoti  va  elektr  bilan  Yoritish 
tarmog‗i  qurilish  me‘yorlari  qoidalari  va  amaldagi  bOshqa  me‘yoriy  hujjatlar 
asosida loyihalashtiriladi. 
Barcha  ishlab  chiqarish  maishiy-sanitariya  xonalari  va  saqlash  xonalari, 
ayniqsa  ko‗z  bilan  nazorat  qilinadigan  xonalari  yaxshi  mehnat  sharoitlari  yaratish 
uchun etarli quvvatga ega bo‗lgan Yoritish tarmog‗iga ega bo‗lishi kerak. 
«Toza»  xonalardagi  Yoritish  asboblari  quyidagi  talablarga  javob  berishi 
lozim: 
-
 
tuzilishi chang to‗plamaydigan va yig‗ishtirish uchun- qulay bo‗lishi; 
-
 
sinib  qolganda bo‗laklari  atrofga  sochilmasligi  uchun usti  yopiq.  bo‗lishi 
kerak. 
Suv ta‟minoti. Kanalizatsiya. Oqava suvlar 
Ishlab chiqarish binolaridagi ichki suv ta‘minoti, kanalizatsiya va ichki oqava 
suvlarni  oqizish  tizimi  loyihasi  qurilish  me‘yorlari  va  qoidalari,  amaldagi  bOshqa 
me‘yoriy hujjatlar va Ushbu  hujjat asosida bajarilishi lozim. 
Suv bilan ta‘minlash tizimidagi quvurlarga zarur hollarda filtrlar qo‗yiladi. 
Turli  tizimlar  kesishgan  joyda  suyuqliklarning  opqaga  oqishini  bartaraf 
etuvchi moslamalardan foydalaniladi. 
Suv ta‘minoti quvurlari va gaz berish sistemalari: 

bug‗  bilan  sterilizatsiya  qilinishini  inobatga  olib,  zanglamaydigan 
po‗latdan  yoki  bOshqa  zanglanishga  (korroziyaga)  chidamli  materiallardan 
tayyorlangan bo‗lishi kerak; 

ichidagi narsa va oqim yunalishi ko‗rsatilgan holda aniq tamg‗alangan 
bo‗lishi kerak; 

ayniqsa  ayrim  gaz  va  suyuqliklar  uchun  mustahkam  ulangan  uskuna 
(perexodnik, adapter) bo‗lishi kerak; 

suyuqliklar to‗la oqib ketishi uchun nishobi bo‗lishi kerak: 

suv  to‗planishi  mumkin  bo‗lgan  joylari  bo‗lmasligi  kerak  (U-  simon 
joylari, boshi berk joylari, yomon ishlaydigan ventillar). 
Birlamchi o‗ram materiallari va jihozlarni yuvishda vodoprovod suvidan yoki 
tuzlardan tozalangan.suvdan foydalaniladi 
Nosteril  dori  vositalari  tayerlashda  birlamchi  o‗ram  materiallarini,  nosteril 
dori  vositalariga  tegib  turadigan  jihozlar  hamda  sirtlarni  oxirgi  marta  chayishda 
tozalangan yoki tuzsizlantirilgan suvdan foidalaniladi. 
Steril  dori  vositalari  tayerlashda  birlamchi  o‗ram  materiallarini,  steril  dori 
vositalariga  tegib  turadigan  jihozlar  hamda  sirtlarini  oxirgi  marta  chayishda 
in‘eksiya suvlaridan foydalanish zarur. 
Tozlangan  suv  va  in‘eksiya  uchun  suv  olishda  foydalaniladigan  jihozlar 
shunday  montaj  qilinishi  va  ishlatilishi  kerakki.  etarli  miqdorda  talab  qilingan 
sifatdagi  suv  etkazib  bera  olsin.  Suvni  olish.  saqlash  va  taqsimlash  sharoitlari 
mikroorganizmlar  o‗sishiga  to‗sqinlik  qilishi  kerak  (80  darajadan  past  bo‗lmagan 
harorat ostida doimiy sirkulyasiya qilish yordamida). 
Suvning sifati va jihozlarni tayyorlash ishlari 
Yo‗riqnomalarga asosan doimo nazorat qilib turilishi lozim 

 
58 
Oqava  suyuqliklar  chiqib  ketadigan  tizimlar  suyuqliklarni  orqaga  chiqib 
ketishini  oldini  oladigan  moslamalar  bilan  ta‘minlangan  bo‗lishi  zarur.  Ular 
o‗tadigan joylarga tegishli ventilyasiya qurilmalari o‗pHatilgan bo‗lishi kerak. 
Oqava  suyuqliklar  chiqadigan  tizimlar  iloji  boricha  «toza»  xonalardan 
tashqariga olib chiqilishi kerak. Bunday tizimlarni tashqariga olib chiqish mumkin 
bo‗lmagan  hollarda,  ular  dam  berib  tozalanadigan,  chiqindilarni  sochilib  ketishini 
oldini  oladigan,  samarali  ishlaydigan  moslamalar  va  dezinfeksiyalovchi  qurilmaga 
ega bo‗lishi darkor. 
Sanitariya 
Ishlab  chiqarish  xonalari  sanitariya  tartibi  qoidalariga  mos  ravishda  toza  va 
tegishli  tartibda  saqash  kerak.  Gullar  o‗stirishga,  ahlat  to‗planishiga,  hasharotlar 
paydo bo‗lishiga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Har  bir  korxona  quyidagilarni  belgilab  beruvchi  sanitariya  tadbirlari 
o‗tkazish dasturiga ega bo‗lishi darkor: 

yig‗ishtirilishi  va  ishlov  berish  lozim  bo‗lgan  xonalar  va  jihozlar 
ro‗yxati, uslubi va ularning davriyligi; 

xonalarni  yig‗ishtirish  va  jihozlarga  ishlov  berishda  ishlatiladigan 
inventar, material, yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalar ro‗yxati; 

xonalarni 
yig‗ishtirish,  jihozlarga  ishlov  berishlarni  bajarish 
yuklatilgan xodimlar va rahbar ro‗yxati. 
Bu  yo‗riqnomalardan  tegishli xodimlar  doimo  habardor  qilib  turiladi  hamda 
xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish dasturiga kiritiladi. 
Xonalarni  yig‗ishtirish  va  jihozlarga  ishlov  berishda  qo‗llaniladigan 
yuvuvchi  va  dezinfeksiyalovchi  vositalar.  inventar  va  materiallarni  saqlash  uchun 
xona  ajratish  zarur.  Barqaror  shakldagi  mikroorganizmlar  paydo  bo‗lishini  oldini 
olish 
uchun 
dezinfeksiyalovchi 
vositalarni 
almashtirib 
turish 
zarur. 
Dezinfeksiyalovchi  eritmalar  steril  bo‗lishi  lozim.  Mikroorganizmlar  o‗sishini 
oldini  olish  maqsadida  tayyorlangan  eritmalar  oldindan  yuvilgan  idishlarda  qisqa 
vaqt  sarqlanishi  kerak.  Qisman  to‗ldirilgan  idishlarga  yangi  tayyorlangan 
eritmalardan quyish ta‘qiqlanadi 
Ishlab 
chiqarish 
xonalaridagi 
havoda 
mexanik 
zarrachalar 
va 
mikroorganizmlarning miqdori hamda tegishli yo‗riqnomalar bo‗yicha johozlarning 
mikroblar kontaminatsiya darajasi muntazam nazorat qilib turilishi zarur. 
Dori  vositalari  ishlab  chiqarishda  band  bo‗lgan  xodimlar  Ushbu    hujjatning 
5-  bo‗limiga  muvofiq,  Shaxsiy  va  ishlab  chiqarish  gigienasi  qoidalariga  amal 
qilishlari lozim. 
REKLAMA VA MAHSULOT TAVSIYANOMASI 
Tamoillar 
Barcha  reklamalar  va  bOshqa  yaroqsiz  bo‗lishi  mumkin  bo‗lgan  mahsulot 
sifatiga  mos  emasligiga  tegishli  ma‘lumotlarni  standart  ishchi  uslubiga  asosan 
diqqat bilan tekshirish kerak. Ishlab chiqaruvchi korxona sotilgan mahsulotda sifat 
kamchiligi  bo‗lishi  mumkinligini  aniqlaganda  tez  va  samarali  ravishda  qaytarib 
olish imkoniyatiga ega bo‗lgan tizim tashkil qilingan bo‗lishi kerak 
Izox.  Direktiv 75/319/EES  (28  modda)  mahsulotni  qaytarib  olish  zarurligini 
quyidagi xollarda nazarda tutadi: 

 
59 
-
 
qo‗llash  yo‗riq.nomasida  e‘tiborga  olingan  dorini  qabul  qilgan  bemor 
cog‗lig‗iga ziyon keltirganda; 
-
 
davolash samarasi etarli bo‗lmaganda; 
-
 
dori vositalarining tarkibi sifat va miqdor jizhatdan mos kelmaganda; 
-
 
tayyor  mahsulot  va  (yoki)  dastlabki  xom  ashyo  va  oraliq  mahsulotni 
me‘yoriy texnik hujjat talablariga asosan nazorat yo‗qligida 
Reklamalar 
Korxona Shtatida, reklamalarni ko‗rib chiqish va tadbir-choralar qabul qilish 
uchun javobgar Shaxs bo‗lishi kerak. Bu Shaxs qo‗l ostida etarli darajada xodimlar 
bo‗lishi  kerak.  Agar  korxonada,  reklamalarni  ko‗rib  chiqish  va  tayyor  mahsulotni 
sotishga  ruhsat  berish  javobgarligi  har  xil  xodimga  yuklangan  bo‗lsa,  unda 
reklamalar,  yaroqsizga  chiqarish  sabablarini  o‗rganish  va  qaytarib  olish  haqidagi 
barcha  ma‘lumotlar  majburiy  ravishda  dori  vositalarini  sotishga  ruhsat  berish 
vakolati berilgan Shaxsga etkazilishi kerak, 
Korxonada  yaroqsizga  chiqarilgan  yoki  yaroqsiz  bo‗lish  ehtimoli  bo‗lgan 
mahsulotni qo‗shib reklama qilganda ko‗riladigan tadbir choralar yozilgan standart 
ishchi uslubi bo‗lishi kerak. 
Mahsulotni  sifat  defekti  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  har  qanday  reklama,  barcha 
ma‘lumotlar  mukammal  bayonn  bilan  bayonnomaga  yozilishi  va  belgilangan 
me‘yordan  og‗ish  sabablarini  aniqlash  bilan  chuqur  o‗rganish  kerak.  Korxonada 
sifat  nazoratiga  javob  beruvchi  rahbar  Shaxs,  qoida  bo‗yicha,  ish  bajarilishida 
ishtirok etishi kerak. 
Agarda  dori  vositasinpng  biror  seriyasida  me‘yoriy-texnik  hujjat  talabiga 
mos  emasligi  aniqlansa,  unda  uning  bOshqa  seriyalarini  tekshirish  lozim: 
yaroqsizga chiqarilgan seriya kabi dastlabki xom ashyo, yarim tayyor maxsulot va 
materiallardan  iborat  tayyor  mahsulot  seriyasi  nazorati,  hamda  yaroqsiz  deb 
topilgan sabablarini aniqlash natijasida mos kelmaslik ehtimoli bo‗lgan bOshqa dori 
vositalarini nazoratiga asosiy e‘tibopHi qaratish kerak. 
Reklamani  baholash  va  tekshirgandan  keyin  kerak  bo‗lganda,  mos 
kelmaslikni yo‗qotish uchun, mahsulotni qaytarib olishgacha, har xil tuzatish ishlari 
bajarilishi kerak. 
Barcha  tekshirish  natijalari,  qabul  qilingan  qarorlar  va  qilingan  tuzatish 
ishlari  bayonnoma  bilan  rasmiylashtirilishi  va  tayyor  mahsulot  seriyasiga  tegishli 
bayonnomalarga havola qilinishi kerak. 
Asosiy  chora  ko‗rishni  talab  qiladigan  o‗ziga  xos  yoki  takroriy  defekt 
aniqlash  maqsadida  reklamatsiya  bayonnomalari  muntazam  ravishda  ko‗rib 
chiqiladi. 
Dori  vositalarini  ishlab  chnqarishda  sifatsiz  mahsulot  chiqarishga  olib 
keladigan  muhim  kamchiliklar  aniqlanganda,  ishlab  chiqaruvchi  tashkilot 
rahbariyati  tegishli  davlat  idorasini  sifatsiz  mahsulot  chiqarishni  oldini  olish  va 
sifatni yaxshilash chora-tadbirlar ko‗rilayotgani haqida ogohlantirishi kerak. 
Mahsulotni qaytarib olish 
Korxona  Shtatida  mahsulot  qaytarib  olishni  muvofiqlashtirish  va  amalga 
oshirish  uchun  javobgar  Shaxs  bo‗lishi  kerak.  Uni  qo‗l  ostida  qaytarib  olish  bilan 
bog‗liq. barcha masalalarni tezda hal qilish uchun etarli xodimlar bo‗lishi lozim Bu 

 
60 
Shaxs va u rahbarligidagi struktura qismi sotish va marketing bo‗limlariga bog‗liq 
bo‗lmasligi kerak. Agar korxonada, mahsulotni qaytarib olish va tayyor mahsulotni 
sotishga  ruhsat  berish  javobgarligi  har  xil  xodimda  bhlsa,  har  bir  qaytarib 
olinadigan  mahsulot  to‗g‗risidagi  barcha  ma‘lumot  majburiy  ravishda  dori 
vositalarini sotishga ruhsat berish vakolati berilgan Shaxsga etkaziladi. 
Korxonada  tartibni  belgilaydigan  standart  ishchi  uslubi  bo‗lishi  zarur.  Bu 
hujjatlar muntazam ravishda tekshirilib, kerak bo‗lganda, takomillashtirilishi lozim. 
Mahsulot qaytarib olish tartibida darhol, birinchi navbatda, hoxlagan vaqtda, 
Shifoxona va dorixonalardan qaytarib olish chora-tadbirini nazarda tutish kerak. 
Dori  vositalarini  sotish  bayonnomasi  mahsulotni  qaytarib  olishga  javobgar 
Shaxs (lar) uchun tushunishi oson bo‗lishi lozim. Bayonnomalarda, qaytarib olishni 
samarali  ta‘minlash  uchun  buyurtmachilarga  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  va  ulgurji  etkazib 
berish  to‗g‗risida  atroflicha  ma‘lumotlar  (eksport  qilinadigan  mahsulot,  hamda 
klinik  sinov  va  tibbiy  tekshirish  uchun  namuna  olgan  davolash  tashkilotlarini 
qo‗shib) bo‗lishi talab qilinadi. Hamma buyurtmachilarga tegishli bayonnomalarda 
(ulgurji va bevosita iste‘molchilar), eng kamida, quyidagi ma‘lumotlar ko‗rsatilishi 
zarur:  manzilgox,  telefon  raqamlari  (ish  davomida  va  ishdan  tashqari),  hamda 
seriya raqamlari va Ushbu  iste‘molchiga sotilgan mahsulot miqdori. 
Qaytarilgan  mahsulotni,  uni  mavjud  holatini  ko‗rsatgan  xolda  markalash  va 
bOshqa dori vositalaridan alohida tegishli sharoitda, uni taqdiri haqida qaror qabul 
qilingunga  qadar  saqlash  lozim.  CHaqirib  olingan  va  qaytarilgan  mahsulotni 
saqlash tartibi mahsus ishlab chiqarish yo‗riqnomasida aks ettirilishi lozim. 
Qaytarib  olish  jarayonini  olib  borilishi  yozilgandan  keyin  sotilgan  va 
qaytarilgan  mahsulot  miqdori  orasidagi  balansni  o‗z  ichiga  olgan  oxirgi  hisobot 
tuzilishi kerak. 
Mahsulotni qaytarib olish bo‗yicha ishlar samarasini davriy ravishda tanqidiy 
baholab turish kerak. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
61 
7-ma‟ruza.  Sanoat  miqyosida  farmatsevtik  ishlab  chiqarishda  xodimlar 
taqsimoti. Xodimlarga qo„ygan talablari. Shartnoma bilan ishlash va o„z-o„zini 
tekshirish. 
 
Reja 
 
Mavzuning dolzarbligi 
1.
 
Xodimlar va ularga qo‗yilgan talablar. 
2.
 
Xodimlarni o‗qitish. 
3.
 
Kiyim bosh. 
4.
 
―Toza‖ xonalar xodimlarining vazifalari. 
5.
 
Shartnoma bilan ishlash. 
6.
 
O‗z o‗zini tekshirish. 
Xulosalar. 
Xodimlar. Umumiy qoidalar 
Korxonada tegishli ma‘lumotga ega bo‗lgan, ishlab chiqarish operatsiyalarini 
yoki  yo‗riqnoma  asosida  nazorat  qilish  bo‗yicha  operatsiyalarni  bajarish 
qobiliyatiga  ega  bo‗lgan  sonda  xodimlar  bo‗lishi  kerak.  Barcha  xodimlar  yuqori 
sifatli tayyor mahsulot chiqarishdan manfaatdor bo‗lishlari darkor. 
Korxonadagi  lavozim  qo‗llanmalarida  hamma  ishchilar,  shu  bilan  birga 
rahbar  xodimning  ishlab  chiqarishdagi  vazifalari  (vazifa  va  huquqlari)  va 
javobgarlik doirasi aks ettirilishi zarur. 
Har  bir  xodim,  Ushbu    qoidalarga  bevosita  uning  ishlab  chiqarish 
faoliyatiga tegishli, asosiy qoidalar bilan tanishtirilgan bo‗lishi kerak.   
Har  bir  ishchi  boshida  va  keyingi  ishlar  davomida  gigiena  bo‗yicha 
ma‘lumotlarni o‗z ichiga olgan qoida asoslarini o‗rganish kursini o‗Tashi zarur. 
Korxona sxema va unga tegishli Shtat jadvali holatida berilgan tasdiqlangan 
tashkiliy strukturaga ega bo‗lishi darkor. 
Rahbar xodim 
Korxona  rahbari  dori  vositalari  ishlab  chiqarish  bilan  bog‗liq  bo‗lgan 
ma‘lumotga  va  ish  tajribasiga  ega  bo‗lishi  lozim.  Ishlab  chiqarish  masalalariga, 
sifat  nazorati,  mahsulotni  sotishga  javobgar  bo‗lgan  bir-biriga  bog‗liq  bo‗lmagan 
mutaxassislar u bilan yaqin aloqada ishlashlari kerak. 
Qoida  bo‗yicha  rahbarlik  vazifasini  egallagan  Shaxslar,  to‗la  ish  kunini 
o‗tashlari kerak. 
Har xil darajadagi rahbarlar o‗z vazifalarini bajarish uchun zarur vakolatlarga 
egadirlar.  Ish  faoliyatida  noaniklik  yoki  bir-birining  ishini  kaytarmaslik  uchun 
rahbarlar  vazifalari  tegishli  lavozim  yo‗riqnomalarida  belgilab  qo‗yiladi.  Yirik 
korxonalarda rahbar xodimning ayrim vazifalari bOshqa mutaxassisga faqat ishlab 
chiqarish  yoki  tayyor  mahsulotni  sifat  nazorati  uchun  javobgarlik  birinchi 
zimmasida saqlangan holda topShirilishiga ruhsat etiladi. 
Ishlab chiqarish rahbarining vazifasiga quyidagilar kiradi: 

Yaxshi  sifatli  tayyor  mahsulot  olish  uchun  ishlab  chiqarishni 
texnologik hujjatlar va «Qoidalar...» talablariga muvofiq tashkil qilish; 

 
62 

ishlab  chiqarish  jarayonini  boskichma-boskich  nazoratini  o‗tkazish 
bo‗yicha qo‗llanmasini o‗z ichiga olgan ishlab chiqarish qo‗llanmasini tasdiqlash va 
unga kat‘iyan rioya qilishni ta‘minlash; 

Joriy  ishlab  chiqarish  hujjatlarini  (ishlab  chiqarish  seriyalari  haqida 
hisobotlar, marShrut haritasi, to‗ldirSh jupHallari va bOshqalar) to‗g‗ri yuritilishini 
ta‘minlash; 

ishlab  chiqarish  xonalari  holatini,  jihozlar  va  ularni  texnik  hizmati 
nazoratini amalga oshirish; 

texnologik  jihozlar,  ishlab  chiqarish  jarayoni  va  nazorat  o‗lchov-
asboblarini  kalibrlashni,  validatsiyasini  o‗tkazish,  hujjatlarning  asl  nuShasini  va 
hisobotlarni tushunarli  shaklda maxsus joyda saqlashni ta‘minlash; 

xodimlarni  tasdiqlangan  dastur  asosida  korxonada  ish  boshlashda  va 
ishlash davomida ham o‗qitilishini nazorat qilish; 

xodimlar  tomonidan  texnika  havfsizligi  qoidalariga  amal  qilishni 
ta‘minlash. 
Texnik nazorat bo‗limi boshlig‗ining vazifasiga quyidagilar kiradi: 

ishlab    chiqarishda  dastlabki  xom  ashyoni,  yordamchi    o‗rov  va 
markalash 
materiallarni, 
yarim 
tayyor 
mahsulotni 
ishlab 
chiqarishda 
ishlatishga, shuningdek tayyor mahsulotni taqqatishga ruhsat berish yoki man etish; 

Namuna olish, xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va 
tayyor  mahsulot  tahlilini  o‗tkazish  bo‗yicha  uslub  yoki  yuriqnomalar,  ishlab 
chiqarish  jarayonini  baholash  va  nazorati  bo‗yicha  yo‗riqnomalar  va  bevosita 
tayyor  mahsulot  sifat  nazorati  bilan  bog‗liq  bOshqa  hujjatlarni  tuzish  va 
tasdiqlashni ta‘minlash; 

barcha nazorat tekshiruvlari (tahlillarni) olib borishni ta‘minlash; 

bo‗lim  xonalari,  jihozlar, nazorat-o‗lchov  asboblarini holati va.  ularni 
texnik hizmati nazoratini amalga oshirish; 

zarur validatsiya jarayoni, jumladan analitik uslublar validatsiyasini va 
nazorat-o‗lchov asboblarining kalibrlanishi o‗tkazilishini ta‘minlash; 

korxona  xodimlari,  jumladan  texnik  nazorat  bo‗limini  xodimlarini 
o‗qitish dasturini tasdiqlash va ish davomida o‗qitish nazoratini olib borish. Bundan 
tashqari,  SNB  rahbari  dori  vositalarini  eksport  qilishda  vakolatlangan  Shaxs 
vazifasini bajarishi mumkin. 
Ishlab  chiqarish  rahbari  va  texnik  nazorat  bo‗lim  boshlig‗i  quyidagilarga 
javobgardirlar: 
-
 
Ushbu  qoidalar talablariga amal qilish; 
-
 
texnologik reglament va bOshqa ishlab chiqarish reglamentlari, ularga 
qo‗shimcha  va  o‗zgartishlarni  tuzish  va  tasdiqlash  va  bOshqa  odatdagi  ishlab 
chiqarish hujjatlarini tuzish va tasdiqlashga; 
-
 
ishlab chiqarishda tegishli  sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishni 
nazorat qilish; 
-
 
o‗z-o‗zini nazorat qilish. 
Xodimlarni o„qitish. 
Har bir korxonada Ushbu  korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan dasturga 
asosan  bevosita  ishlab  chiqarishda  yoki  nazorat  laboratoriyalarida  ishlayotgan 

 
63 
barcha  xodimlar,  jumladan  texnik  masalalar,  jihozlarga  hizmat  ko‗rsatish  va 
xonalarni  tozalash  bilan  shug‗ullanuvchi  Shaxslar  o‗qitiladi  va  attestatsiyadan 
o‗tkaziladi . 
Shuningdek,  faolnyati  tayyor  mahsulot  sifatiga  ta‘sir  ko‗rsatuvchi  xodimlar 
ham,  masalan  tayyor  mahsulot  va  dastlabki  xom  ashyo  saqlanadigan  xonalarda 
(omborlarda) ishlovchn xodimlar ham o‗qitiladi. 
Yangi ishga  kelganlar Ushbu  qoidalarni o‗rgangan xolda, mutaxassisliklari 
bo‗yicha  tayyorgarlikdan  o‗tishlari  kerak.  Xodim  vaqt-vaqti  bilan  qaytadan 
tayyorgarlikdan o‗tadi. 
Har  bir  xodimning  o‗qitilganligi  haqidagi  ma‘lumotlar  saqlovchi  hujjatlar 
uning korxonada ishlashi davomida saqlanadi. 
Xodimlarni  o‗qitish  dasturiga  aniqlik  yoki  o‗zgartirish  kiritish  uchun  vaqti-
vaqti bilan uning samaradorlngiga baho berib turilishi kerak. 
Yuqori  faol,  zaharli,  uchuvchan,  sensibilizatsiyalanuvchi  moddalar, 
shuningdek  in‘eksion  preparatlari  bo‗lgan  salomatligi  uchun  xavfli    xonalarda 
ishlovchi xodimlar maxsus dastur asosida qo‗shimcha tayyorgarlikdan o‗tadi. 
Maxsus  tayyorgarlikdai  o‗tmagan  xodimlarni  ishlab  chiqarish  xonalariga 
kiritish  man  etiladi.  Agar  bunga  zarurat  tug‗ilsa,  ular  oldindan  ishlab  chiqarishda 
o‗zlarini qanday to‗tish qoidalari bilan tanishtirilib chiqishlapH kerak. 
«Toza»  xonalarda  ishlaydigan  xodimlar,  shu  jumladan  jihozlarga  hizmat 
ko‗rsatuvchi  va  ta‘mirlovchi,  xonalapHn  ishga  tayyorlovchi  xodimlar 
tayyorgarligiga alohida ahamiyat berish kerak. Xodimlar steril dori vositalari ishlab 
chiqarish  uchun  zarur  bilim  va  tajribaga,  shu  jumladan  gigiena  va  mikrobiologiya 
bo‗yicha bilimlarga eti bo‗lishlari lozim 
Xodimlarning  Shaxsiy gigienasi. 
Har  bir  farmatsevtik  korxonada  xodimni  Shaxsiy  gigienaga  amal  qilish 
mehnat  gigienasn,  texnologik  kiyimlarni  kiyish  va  foydalanish  qoidalarini  o‗z 
ichiga olgan gigiena bo‗yicha to‗la dastur mavjud. Bu qoidalar har bir xodim uchun 
tushunarli va qat‘iy rioya qilishi kerak. 
O‗'zbekiston Respublikasi sog‗liqni saqlash vazirligining 2002 yil 06.06 oni 
300  raqamli  Buyrug‗iga  asosan  xodim  ishga  kirayotgan  vaqtda  dastlabki  va 
keyinchalik davriy ravishda tibbiy ko‗rikdan o‗tib turadi. 
Dori  vositalari  tayyorlash,  nazorat  qilish  va  saqlash  bilan  bog‗liq,  ishlarga 
patogen  mikroflora  tashuvchi,  allergik  va  teri  kasalliklariga  chalingan  kishilar 
qo‗yilmaydi.  Vaqtnnchalik  sog‗ligi  yaxshilangunga  qadar  infeksion  kacalliklap 
bilan  og‗pigan  bemorlar  yoki  terilari  turli  darajada  Shikastlangan  xodimlar  ishga 
qo‗yilmaydi. 
Dori  vositalari  ishlab  chiqarish,  qayta  ishlash,  o‗rash  va  caqlash  jarayonida 
band bo‗lgan xodimlar salomatliklarini tartibga solish reglamentiga hamda gigiena 
talablariga kat‘iy rioya qilishlari lozim. 
Xodimlar  dori  vositalariga  salbiy  ta‘sir  etish  mumkin  bo‗lgan  har  qanday 
kasallikka chalinsalar (teri kasalliklari, nafas olish yo‗llari kasalliklari) bu haqda u 
rahbarlarini xabardor etishlari kerak. 
Xodim  ximoyalanmagan  qo‗l  bnlan  dastlabki  xom  ashyo,  yordamchi  va 
dastlabki  o‗rash  materiallari,  yarim  tayyor  mahsulotga  va  bundan  tashqari, 

 
64 
amaldagn  texnologik  hujjatlarda  nazarda  tutilmagan  jihozlarning  ayrim  kismlariga 
tegishi mumkin emas. 
Ishlab  chiqarish  xonalarida  va  tayyor  mahsulotlar  omborxonasida 
ovqatlanish,  chekish,  shuningdek  oziq-ovqat,  chekish  materiallari  va  Shaxsiy 
dorilarni saqlash man etiladi. 
Ishlab  chiqarish  xonalariga  kiradigan  barcha  kishilar  yoki  doimiy 
ishlashlaridan  qat‘iy  nazar  shuningdek  keluvchilar  va  tekshiruvchilar  ishlab 
chiqarish xonalariga kiritilish qoidalariga jumladan himoya kiyim boshini kiyishga 
qat‘iy rioya qilishlari kerak. 
Kiyim bosh 
Ishlab  chiqarish  xonasiga  kiradigan  har  bnr  odam  bajarayotgan  ishlab 
chiqarish operatsiyalariga mos maxsus kiyim-bosh kiyishi kerak. 
Tozalikning  turli  darajasiga  mansub  xonalarda  ishlaganda  shu  maqsadlarga 
mos keladigan texnologik kiyim-boshdan foydalanish kerak. 
Tozalikning  D-darajasiga  mansub  xonalarda  kombinzon,  kurtka  va  Shim 
yoki  xalat,  paxta  yoki  zig‗irpoya  tolali  matodan  qalpoqcha  yoki  ro‗moldan; 
poyafzal  ustidan  kiyiladigan  tegishli  oyok  kiyimi  yoki  baxillalardan  foydalanish 
tavsiya etiladi. 
Tozalikning  S-darajasiga  mansub  xonalarda  (englari  tugmalanadigan,  tikka 
yokali),  qalpoqcha  yoki  durrachadan,  zarur  xollarda  esa  maskadan  foydalanish 
tavsiya etiladi. 
Tozalikning  A  va  V  -  darajasiga  mansub  xonalarda  A  zonada  tikka  yokali, 
belbog‗li, manjetlari qo‗l panjalariga yopishib turadigan, to‗pig‗i mahkam yopishib 
turadigan  kombinizonlardan  foydalaniladi.  Kiyim-boshning  milklari  hamda 
choklari berkitilgan bo‗lishi kerak, kombinizonda ortiqcha burmalar. ichki va tashqi 
cho‗ntaklar  bo‗lmasligi  darkor.  Bosh  kiyim,  soch,  burun,  og‗iz  va  engakni  to‗la 
yopib turadigan Shlem-kapyuShon shaklida bo‗lishi kerak Ishlar rezina yoki elastik 
polimerdan ishlangan steril qo‗lqop va sterilieatsiyalangan yoki dezinfeksiyalangan 
poyafzalda olib borilishi zarur. Poyafzal ustidan tovongacha yopib turadigan baxila 
kiyiladi. 
SHimning  pochasi  baxila  ichiga,  kombinizon  englari  esa  qo‗lqop  ichiga 
tiqiladi. 
Tananing  yoki  ich  kiyimning  biror  kismi  ochik.  kolmasligm  kerak.  Kiyim 
bosh etarli darajada keng va ishlash uchun qulay bo‗lishi darkor. 
Tozalikning  A,  V,  S  va  D  -  darajasiga  mansub  xonalarda  ishlash 
mo‗ljallangan  texnologik  kiyim-bosh  gigienik  talablarga  javob  beradigan  va 
o‗zidan juda kam tuk chikaradigan materialdan tayyorlanishi lozim. 
Texnologik  kiyim  bosh  bir  marta  va  ko‗p  marta  foydalanadigan  bo‗lishi 
mumkin. 
Nosteril  dori  vositalari  ishlab  chiqarishda  tozalikning  S  darajasiga  mansub 
xonalarga  kirayotgan  va  shu  xonalarga  qaytayotgan  har  bir  Shaxsga  yangi  steril 
kiyim-bosh  yoki  yangi  yuvilgan  ko‗p  marta  foydalanish  mo‗ljallangan  steril 
texnologik  kiyim-bosh  berilishi  zarur.  Tozaligi  D  -darajadagi  xonalarga  kirish  va 
kaytishda oldingi yangi yuvilgan texnologik kiyim-boshning o‗zidan foydalanishga 
ruhsat beriladi. 

 
65 
Steril dori ishlab chiqarishda tozalikning V, S yoki D darajasidagi xonalarga 
yangi  kirayotgan  va  tozalikning  V  darajasidagi  xonalarga  kaytayotganlarga  birbir 
marta  foydalaniladigan  steril  kiyim  -bosh  yoki  yangi  komplekt  ko‗p  marta 
foydalaniladigan  texnologik  kiyib-bosh  berilishi  kerak.  Tozalikning  D  - 
darajasidagi  xonalarga  qaytganda  avvalgi  texnologik  kiyim-boshning  o‗zidan 
foydalanishga ruhsat beriladi. 
Texnologik  kiyim-boshni  shunday  yuvish  yoki  tozalash  kerakki,  u 
qo‗shimcha  tarzda  ifloslanmasin.  Vaqt-vaqti  bilan  matoning  tuk  chiqarishini 
nazorat  qilib  turishni  nazarda  to‗tish  kerak,  yuvish  Shaxobchasi  yoki  alohida  kir 
yuvish mashinasi bo‗lishi maqsadga muvofiq. 
Toza yoki steril kiyim-bosh ifloslanishdan muhofazalangan joyda saqlanishi 
kerak. 
Texnologik  kiyim-bosh  xodimlarni  tayyorlash  xonasiga  havo  Shlyuzi  orqali 
uzatilishi lozim. 
Ish  paytida  qo‗lqop  va  qo‗llarga  muntazam  dezinfeksiyalovchi  vosita  bilan 
ishlov berib borilishi kerak. 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling