Mutaxassislik fanlari bo‘yicha magistraturaga kirish sinovi dasturlari va baholash mezonlari
Download 0.65 Mb.
|
Биология Дастур магистр ўзбек 1
III.Genetika
Genetika fanining predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari. Biologiya fanlari tizimida genetikaning o’rni. O‘zbekistonda genetik tadkikotlarning yo’lga qo’yilishi va zamonaviy genetikaning rivojlanishi. Genetika fanining asosiy usullari. Genetika fani tarmoqlarining klassifikatsiyasi. Gen va genom haqida tushincha. DNK strukturasi va funktsiyasi. DNK replikatsiyasi va rekombinatsiyasining molekulyar biologiyasi. Genetik tahlil qilishning xillari va tahlilning ahamiyati. G.Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari. Belgilarining monoduragay, diduragay va poliduragay chatishtirish natijasida olingan F1, F2 avlodlarda irsiylanish qonunlari. F1 duragaylarining bir xilligi yoki dominantlik qonuni. F2 duragaylarida belgilarning ajralish qonuni. Tahliliy chatishtirish va gametalar sofligi gipotezasi. Diduragay va poliduragay chatishtirishdan olingan F2 avlodlarda belgilarning mustaqil holda irsiylanishi. Ikkinchi avlodda ajralishning statistik tahlili. Bir belgi bo’yicha to’liq, ikkinchi belgi bo’yicha to’liqsiz dominantlik holatida belgilarning irsiylanishi. Triduragay chatishtirishda ikkita belgining to’liq va bitta belgining to’liqsiz dominantlik holatida belgilarning irsiylanishi. Mendel konunlarining tsitologik asoslari. Bir gen allellarining o’zaro ta’sirida belgilarning irsiylanishi. Noallel genlarning o’zaro ta’sirining kopmplementar, epistaz, polimeriya tipida belgilarning irsiylanishi. Noallel genlarning o’zaro ta’sirining epistaz tipida belgilarning irsiylanishi. Noallel genlarning o’zaro ta’sirining polimeriya tipida belgilarning irsiylanishi. Strukturaviy va modifikatsion genlar. Pleyotropiya. Mikdoriy belgilar genetikasi. Mikdoriy belgilarning irsiylanishiga ko‘ra genetik tahlillar. Noallel genlar o’zaro ta’sirining kombinirlangan (jamlangan) tipdagi ta’sirida mikdor belgilarining irsiylanishi. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi. Organizmlar xromosomalarining kariotipi va morfologiyasi. T. Morganning irsiyatni xromosoma nazariyasi. Belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi. Belgilarning to’liq birikkan holda irsiylanishi. Belgilarning to’liqsiz birikkan holda irsiylanishi (krossingover jarayoni). Krossingoverning genetik tahlili. Krossingoverning sitologik isboti va mexanizmi. Genetik xarita tuzish printsplari va sitologik xaritalar. Xromosomalarning genetik va sitologik xaritalarini o’zaro taqqoslash. Odam kariotipi va xromosomalar birikish guruhlari. Jins belgilanishi va irsiylanishining XY, ZW, XO tiplari. O’zgaruvchanlik va uning xillari. Mutatsion o’zgaruvchanlik va uning klassifikatsiyasi. Gen, xromosoma va genom mutatsiyalari. Poliploidiya va geteroploidiya. Avtopoliploidiya va allopoliploidiya. Spontan va indutsirlangan mutatsiyalar. Populyatsiyalar genetikasi va genetik struktura. Populyatsiyalarda genlar va genotiplar chastotasi. Xardi-Vaynberg qonuni. Populyatsiyalarning genetik geterogenligi. Populyatsiyalar genetik tarkibi dinamikasining omillari. Odam va tibbiyot genetikasining tadqiqot usullari. Tibbiyot genetikasining maqsad va vazifalari. Odam uchun xos belgi va xususiyatlarning irsiylanishi. Shajara tuzish printsplari. Irsiy kasalliklarning klassifikatsiyasi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling