Mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-nazariy asoslari
Download 154.61 Kb.
|
Mirzayeva Baxtiniso
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajariladigan ish mazmuni Vazifa soni Bajarish muddati
- Mutaxassislik fanidan– 50%
- *Amaliyot davrida talaba faoliyatini reyting usulida baholashning taxminiy kartasi
- Amaliyotchining ismi va familiyasi Sin fi Ish reja si
- Talabalarning malakaviy amaliyotiga universitet professor o‘qituvchilari tomonidan rahbarlik qilish o‘quv yuklamasi hajmini hisoblash
- III-BOB. PEDAGOGIK AMALIYOT DAVRIDA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH 3.1-§.
Psixologiya fani– 15%
Hisobot uchun– 15 %
Mutaxassislik fanidan– 50%
1-3 kurs talabalarining malakaviy amaliyoti ballar kesimida quyidagicha hisobga olinadi: Mutaxassislikdan- 85 % Hisobot – 15% *Amaliyot davrida talaba faoliyatini reyting usulida baholashning taxminiy kartasi
Talabalarning malakaviy amaliyotiga universitet professor o‘qituvchilari tomonidan rahbarlik qilish o‘quv yuklamasi hajmini hisoblash
Agar talabalar ikki mutaxassislik bo‘yicha amaliyotda qatnashsalar ikki guruh rahbari tayinlanadi va guruh rahbariga belgilangan umumiy vaqt (soat) tegishlicha ikkita taqsimlanadi. ESLATMA: O‘quv xajmi- yuklamaning me’yori amaliyotning muddatiga qarab, ya’ni 4 kursda 6-8 hafta, agar muddat uzaytirilsa yoki kamaytirilsa, o‘quv soati xajmi ham unga mutanosib o‘zgaradi. Pedagogik amaliyotga rahbarlik uchun o‘quv hajmi (yuklama) soatlari o‘quv rejasida ko‘rsatilib, universitet rektori tomonidan me’yorlanadi.
Dars o‘quv muassasi o‘quv ishining asosiy-tashkiliy shakli bo‘lib, unda o‘qituvchi aniq belgilangan vaqt doirasida o‘quvchilarning doimiy tarkibi (sinf) bilan qatiy jadval bo‘yicha shug‘ullanadi, jamoa bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o‘quv dasturiga muvofiq o‘zi belgilaydigan tarbiyaviy va didaktik vazifalarga erishish uchun xilma-xil uslublardan foydalanadi. O‘qituvchi darsda ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadga erishish uchun uni to‘g‘ri rejalashtirishi va tashkil etishi lozim. Darsni tayyorlash va tashkil etishda didaktik, psixologik, axloqiy-etik, gigienik va texnik talablar qo‘yiladi. darsga qo‘yiladigan didaktik talablar: dars ta’limiy va tarbiya-viy vazifalarning birligini ta’minlashi; dars ilmiy va uslubiy jihatdan yaxshi rejalashtirilgan, tayyorlangan, jihozlangan va tashkil etilgan bo‘lishi kerak to‘g‘ri tashkil etilgan dars tarbiyaviy ta’sir o‘tkazadi, ilmiy yo‘nalish uchun qulay hisoblanadi, o‘quv materiallarini puxta va ongli tarzda o‘zlashtirishga, malaka va ko‘nikmalar shakllanishiga imkon beradi; darsga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tish chog‘ida o‘qitish va tarbiyalashga nisbatan zamonaviy psixologik-pedagogik va uslubiy yondashishni nazarda tutish; dars o‘tilishi shakliga ko‘ra qat’iy bir tizim bo‘yicha olib boriladi: muayyan bog‘lanishdan, darsning maqsadlari va vazifalarini belgilashdan, materialni tushuntirish, mustahkamlash va takrorlashdan, uy vazifasini berishdan iborat bo‘ladi, darsning qismlari o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va har biri keyingisini tayyorlash uchun asos bo‘lishi kerak; darsda didaktik tamoyillarni to‘g‘ri belgilash va o‘qitish usullaridan unumli foydalanish zarur; ko‘rgazmali qurol va texnik vositalardan unumli foydalanishni tashkil etish; o‘qituvchilar o‘qish-bilish faoliyatining samaradorligini o‘qituvchining rahbarlik (yetakchilik) roli bilan qo‘shib olib borish; Download 154.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling