Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 173.53 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi173.53 Kb.
#1251038
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu


Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” fanidan ta’lim berishning didaktik tamoyillari to‘g‘risidagi tushunchalar. Ta’lim va tarbiyaning birligi; onglilik va faollik; ilmiylik va tizimlilik.


2.1. Maxsus fanlarni o‘qitishda didaktik tamoyillar va qoidalar.
Ma’lumki, pedagogika jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Pedagogikada qonuniyatlar deganda –qonuniyatlarning aniq sharoitlardagi harakat ifodasi tushuniladi. Qonuniyatlarning asosiy xususiyati ular pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishda aks etadi, qoidalarni esa ta’lim jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko‘rib bo‘lmaydi.
O‘qitish qonuniyatlari (qoidalari)- bu o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari, komponentlari o‘rtasidagi ob’ektiv, muhim, barqaror, takrorlanuvchi aloqalardir.
Tashqi qonuniyatlar ijtimoiy jarayonlar va sharoitlar: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatlar, madaniyat darajasi, jamiyatning ma’lum bir tipdagi shaxslarga bo‘lgan ehtiyoji va ta’lim darajasini tavsiflaydi.
O‘qitish jarayonining ichki qonuniyatlariga uning komponentlararo aloqalari hisoblanib, bularga: maqsadlar, mazmun, metodlar, vositalar va shakllar o‘rtasidagi aloqalar kiradi.
Har qanday ta’lim jarayonlariga umumiy qonuniyatlar xos bo‘lib, ular ta’limning barcha tizimlarini qamrab oladi. Umumiy qonuniyatlarga quyidagilar kiradi:

2.1-rasm. Ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlari.
 ta’lim maqsadi jamiyatning rivojlanish darajasi va intensivligi, uning ehtiyoj va imkoniyatlari, pedagogika fani va amaliyotining rivojlanish darajasi va imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
 ta’lim mazmuni ijtimoiy ehtiyojlar va ta’lim maqsadlari, ijtimoiy va ilmiytexnik progress sur’atlari, ta’lim oluvchilarning yoshga xos imkoniyatlari, ta’limning nazariy va amaliy rivojlanish darajasi, ta’lim muassasasining moddiytexnik va iqtisodiy imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
 ta’lim sifati ta’limning dastlabki bosqichining samaradorligi va unda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan materialning xarakteri va hajmi hamda o‘qitish vaqtlariga bog‘liq bo‘ladi.
 didaktik metodlar samaradorligi metodni qo‘llashga ko‘nikma va malakalar, ta’lim maqsadi, uning mazmuni, moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv jarayonini tashkil etilishidan bog‘liq bo‘ladi.
 ta’lim samaradorligi ta’lim tizimidagi teskari aloqadorlikning intensivligi, tuzatuvchi ta’sirlarning asoslanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
 ta’lim samaradorligi ta’limning ichki (motivlari); tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlarga bog‘liq bo‘ladi.

Download 173.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling