Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu: kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida reja


Download 424.31 Kb.
bet73/95
Sana28.03.2023
Hajmi424.31 Kb.
#1302312
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95
Bog'liq
17.MUTAXASSISLIK TERMINLARINING UCH TILLI LUG’ATINI TUZISH

Yo’riqnoma- bu qonun yoki boshqa normativ, xuquqiy hujjatlarni tushuntirnsh maqsadida chiqariladigan xuquqiy hujjatdir. Korxona mansabdor shaxs va fuqarolarninig tashkiliy, ilmiy, texnikaviy, moliyaviy va boshqa maxsus faoliyat tomonlari xususida tartib-qoida o’rnatish maqsadida davlat boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi, yoki rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Yo’riqnoma matni bo’limlardan tarkib topadi. Bo’limlar modda va bandlarga bo‘linishi mumkin, yo’riqnoma odatda “Umumiy qoida” deb ham yuritiladi, unda yo’riqnomaning maksadi ochib beriladi, rioya qilish qoidasi, farmoyish tarkibi va umumiy boshqa masalalar ko’riladi. Matnning asosiy qismi aniq ko’rsatma beruvchi xususiyatga ega bo’ladi, bunda "lozim", "kerak", "zarur", "yo’l qo’yilmaydi", "mumkin emas" kabi so’zlar qo’llaniladi. Yo’riqnomalar ichida xodimning lavozim yo’riqnomasi aloxida o’rin egallaydi. Unda umumiy qism xodimning vazifalari, burchlari, xuquqlari, boshqa xodimlar bilan munosabatlari ishni baxolash mezoni va xodim mas’uliyati ko’rsatiladi. Lavozim yo’riqnomasini xodimning bevosita raxbari ishlab chiqadi, so’ngra bo’lim mudiri yoki korxona raxbari tasdiqlaydi.
Shartnoma — fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, burchlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi, bitimniig turi, sharhidan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy munosabat ham, shuningdek, yozma ravishda tuzilgan Sh. mazmuni bayon qilingan hujjat ham "SH." termini bilan ataladi. "SH." soʻzining sinonimi — kontrakt. Fuqarolar va yuridik shaxslar Sh. tuzishda erkindirlar. Sh. tuzishga majbur qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi, Sh. tuzish burchi qonumajburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shahrini ham tuzishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining FKda Sh. toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar, shahrining koʻrinishlari, Sh. tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi bayon qilib berilgan (FK, 353 —385moddalar). Xalqaro huquqdagi Sh. tushunchasi toʻgʻrisida xalqaro shartnoma, mehnat huquqidagi Sh. tushunchasi toʻgʻrisida mehnat shartnomasi, tadbirkorlik faoliyati subʼyektlari oʻrtasida tuziladigan fuqarolik huquqiy Sh. haqida xoʻjalik shartnomasi namunalarini aytish mumkin.
Iste’molchi shartnoma tuzish yo’li bilan tovarni (ish xizmat)ni erkin sotib olish huquqiga ega bo’lib, bu shartnomaga ko’ra sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste’molchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) majburiyatini, iste’molchi esa, shartlashilgan pulni to’lash majburiyatini o’z zimmalariga oladilar.
Narx yorlig’i bilan bezatilgan namoyish etilayotgan tovarlar va tashrif buyuruvchi tomonidan taqdim etilgan tovarlar to’g’risidagi ma’lumotlar shartnoma tuzish uchun taklif sifatida qabul qilinadi.
Shartnoma- og’zaki yoki yozma tuziladi. Shartnoma bo’yicha sotuvchi iste’molchiga sifatli tovarni mulk qilib topshiradi, iste’molchi esa pulni to’laydi. Tovarlar uchun to’lov naqd pul yoki pul o’tkazish (plastik karta, elektron to’lovlar) orqali amalga oshirilishi mumkin. Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o’rtasidagi shartnoma tomonlar o’rtasida shartnoma mavzusi, miqdori, narxi va h.k. bo’yicha kelishuvga erishilganda tuzilgan hisoblanadi.
Shuni taʼkidlash lozimki, insonlar shartnoma tuzishda erkin boʻlib, ularni shartnoma tuzishga hech kim majbur qilmaydi. Insonlar qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan, jumladan, oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish kabi shartnomalar bilan birgalikda qonunchilikda nazarda tutilmagan shartnomalarni ham tuzishlari mumkin. Asosiysi ular qonunchilik hujjatlari talablariga zid boʻlmasligi kerak.

Download 424.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling