Mutaxassislik uchun zaruriy jamlanmalar: eksperemental va sohaga oid


Download 0.53 Mb.
bet1/4
Sana22.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1222184
  1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu

3-mavzu. Mutaxassislik uchun zaruriy jamlanmalar: eksperimental va sohaga oid

Reja.

  • Tarkibi quruq materiallar.
  • Tarkibi “nam” materiallar.
  • Qo‘llaniIadigan qog‘oz.

0‘z layoqatingizdan kelib chiqqan holda qat’iy ishonchga ega bolish uchun keng qamrovli mutaxassis sifatida o‘z usulingiz yo‘nalishini aniqlash tajribalar orqali erishiladi. Bunda tarkibi “Quruq” va “Nam” bo’lgan materiallar tasniflanadi. Bundan tashqari birqancha turdagi qog‘ozlar tarkibini va tayorlash usullarini o‘rganish muhim.
Tarkibi quruq materiallar:
• Grafitli qalamlarning qattiq turida juda ingichka, nimjon chiziqlarlami, hamda barmoq bilan yurgizish mumkin bo’lgan to‘q va yumshoq chiziqlargacha chizishda foydalaniladi. Grafit qalamlar o‘zagini tashkil etadigan qo‘rg‘oshin-kulrang modda nazarda tutiladi, u ixtiyoriy modelni chizishda ommabop asbobdir. Bu oson o‘chiriladigan, batartib aniq chiziq qoldiradigan, ishlatishda o‘zagini paydo qilish bilan kifoyalanadigan material.
• Chinagraph mumli qalamlar har qanday yuzada dadil chiziqlarni chizishda ishlatiladi.
• Conte qalamlari - pastel mellari bo‘lib, uning yordamida juda yumshoq, hamda to‘q va aniq bo‘lmagan chiziqlar yaratish mumkin. • Ko‘mirli qalamlarning asosi pista ko‘mirning qalam ko‘rinishidagi shakli bo‘lib, uning turlicha navlari mavjud. Ko‘mir yordamida turli xil o‘ta yumshoq va ingichka chiziqlardan to‘q va qalin chiziqlargacha chizish mumkin.
Chalk (tarkibi quruq) pasteli qattiq yoki yumshoq shaklda bo‘lishi mumkin. Moybo‘yoq (pigment), loy (glina) va arab yelimi (gummiarabik), shuningdek, bo‘yoqlar bilan birga ulaming qiymati tiniq moybo‘yoq tarkibiga ta’sir qiladi. Uch asosiy ranglar birikmasidan hosil bo‘lgan ranglar birikmasida tarkibi moy bo‘yoq miqdori ko‘p bo‘lib, oq rang qo‘shimchasi oshirilganda bo‘yoq qiymati pasayadi. Qiymati yuqori bo‘yoqlardan mashg‘ulotlarda tajriba o'tkazish maqsadga muvofiq bo‘lmadi. • Moyli pastellar asalari yoki mineral mumi va qurimaydigan vazelin bilan bog‘langan moybo‘yoqdan tarkib topgan. Ular dadil, tuzilishli chiziqlami hosil qilishga, tez bajariladigan qoralama eskizlami chizishga ishlatiladi. Bunday moyli pastellarning yana bir xususiyati ularning katta hajmdagi maydonlarda ishlatilishi va bir xil tiniq rang hosil bo‘lishi uchun yorug‘roq ranglardan foydalanib aralashtirilishidir.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling