Mutaxassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari reja Mutaxassislik faniga kirish Fanning maqsadi va vazifalari
Download 84.48 Kb. Pdf ko'rish
|
1мавзу
MUTAXASSISLIKKA KIRISh FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI Reja 1.Mutaxassislik faniga kirish 2.Fanning maqsadi va vazifalari Tayanch iboralar: mutuxssislik, bog`dorchiltik, intensiv bog`, oziq- ovqat mahsulotlari, tabiiy toza mahsulat, meva-sabzavot. Mamlakatimizda kadrlar tayѐrlash milliy dasturining asosiy tamoyillari qilib- ta’limning ustuvorligi, ta’limning demokratlashuvi, ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’limning insonparvarlashuvi, ta’limning milliy yo`nalganligi, ta’lim va tarbiyaning uzviy bog`likliligi, iqtidorli ѐshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. O`qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi, sifatida insonning tevarak atrofidagi dunѐni bilishning umumiy konunlari asosida sodir bo`ladi. Shu sababli shaxsni o`qitish, tarbiyalash, barkamol avlod qilib voyaga yetkazish jaraѐnida bir butunlikda oshirish zarur. O`qituvchi kachonki ta’lim tamoyillarini yaxshi o`zlashtirgan bo`lgandagina uni samarali boshqarish, o`qitishning samarali usullarini to`g`ri tanlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Bugungi fan va texnika rivojlanaѐtgan, bosqichma bosqich bozor iqtisodiѐtiga o`tilaѐtgan vaqtda xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlari singari qishloq xo`jaligi soxasida ham tub o`zgarishlar kiritishni taqazo etadi. Buning uchun esa bu sohada ilm fan yutuqlarini keng joriy etish, ilg`or texnologiyalarni tadbiq etish lozim. Qishloq xo`jaligi oldida turgan asosiy vazifa har qanday yo`l bilan ekinlar xosildorligini oshirish emas, balki ekinlar hosildorligini oshirish bilan bir vaqtda mahsulot tannarxini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash hisoblanadi. Mustaqilligimizning dastabki yillarida, birinchi navbatda, oziq-ovqat tanqisligining oldini olish bo`yicha dasturlar qabul qilinib, ijrosi ta’minlangan bo`lsa, bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish imkoniyati kengayib bormoqda. Muxtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Respublikamiz hududlarida intensiv bog`larni tashkil etish, maydonlarni kengaytirish va ularni rivojlantirish bo`yicha berayotgan takliflari asosida, hozirgi kunda keng ko`lamda ishlar olib borilmoqda. O`zbekiston iqlim sharoiti mevali bog`lar va boshqa qishloq xo`jalik ekinlariga zarar keltiruvchi hashoratlarning ko`payishi uchun qulay bo`lganligi sababli meva bog`larimizda turli xil zararkunandalar yopirilishi har yili kuzatiladi. Ularning yetkazayotgan zarari natijasida yetishtirilayotgan mevalarning salmog`i va sifati ma’lum darajada kamayishi Respublikamizning hamma xududlarida kuzatilmoqd. Hozirgi kunda meva va sabzavotlarni yetishtirish, aholini meva va boshqa noz-nematlarga bo`lgan ehtiyojini to`larok qondirish maqsadida, kishi boshiga yetishtirilayotgan meva va sabzavotlar miqdorini oshirish maqsadida, Respublikamizda mevachilikni rivojlantirish va intensiv bog`larni tashkil etish ko`zda tutilgan. Qishloq xo`jaligida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda, undan sifatli, yuqori hosil olishda, ayniqsa zararkunanda, kasallik va begona o`tlarga qarshi kurashning ahamiyati katta. O`zbekiston respublikasini rivojlantirishning 2017- 2021 yillarga mo`ljallangan “Harakatlar strategiyasi” meva-sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirishda o`simliklarni turli kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish bo`yicha asosiy vazifalarni belgilab berdi. Bunday tadbirlar o`tkazilishi taxminan 30% qo`shimcha hosilni saqlab qolish imkonini beradi. Yiliga dunyo bo`yicha zararli organizmlar ta’sirida dehqonchilikda olinayotgan hosilning 40% yoki 300 mlrd AQSh dollariga teng mahsulot yo`qotilishi aniqlangan. Olimlarning hisoblariga ko`ra zararli organizmlarga qarshi kurashni o`z vaqtida samarali o`tkazish orqali MDH mamlakatlarida har yili 3 mln tonna meva-sabzavot mahsulotlari saqlab qolinadi. Bog` ne’matlaridan bo`lmish anor hamda anjirdan yuqori va sifatli hosil olish hamda ularga bo`lgan aholi extiyojini qondirish uchun bu daraxtlar va ularning mevasini turli zararli organizmlardan himoya qilish zarur. Mutaxassislarga yaxshi ma’lumki, anorning daraxtsimon butasiga asosan quyidagi hasharotlar zarar keltiradi: shira (Aphidinea), komstok qurti (Pseudococcus comstoci Kuw) va anor mevaxo`ri (Euzophera punicaella Mooze). Bularning ichida keyingi yillarda anor mevaxo`ri hasharotining ta’siri ayniqsa kuchayib, masalaning dolzarbligi hatto anorchilikning bo`lish bo`lmasligiga qadar ko`tarildi. Zararkunandaning Farg`ona vodiysi viloyatlari xo`jaliklarida tezda tarqalib, zararlangan daraxtlar hosilining 95 foizigacha shikastlanishi bunga dalil bo`la oladi. Yiliga bir necha avlod berib rivojlanadigan bu hasharot, savdo yo`llari orqali boshqa mintaqalarga ham tezda tarqala boshladi. Anor mevaxo`rining biologik xususiyatlarini chuqur o`rganish asosida, unga qarshi ilmiy asoslangan kurash usullari tizimi hamda vositalarni yaratish va amaliy tavsiyalar berish talab etiladi. Bunda anor qurti bilan birga bir yo`la boshqa zararkunandalarga ham qarshi kurashish nazarda tutiladi. Download 84.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling