Mutolaa madaniyati fanidan savollarga javob


Download 12.8 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi12.8 Kb.
#240197
Bog'liq
1-amaliy mashg'ulot. Mutolaa madaniyati. Qayumova Zebuniso 202.


Mutolaa madaniyati fanidan savollarga javob

1. Xalq yaratgan asarlarning keng tarqalishida og'zaki ijrochilik san’ati muhim ahamiyat kasb etgan. Qo‘shiq, ertak, doston, qissa kabi og‘zaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq namoyandasi (ertakchi, qissaxon, baxshi) bir paytning o‘zida ham ijodkor, ham ijrochi edi. Binobarin, asrlar davomida yaratilgan afsona va rivoyatlar, maqol va matallar, qo'shiq va dostonlar, og'zaki ijrochilik, ifodali nutq san’ati tufayligina bizgacha yetib keldi.

2.Ifodali o‘qish, ayniqsa, asarning g‘oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Badiiy asarlami ifodali o‘qish inson ongi va hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik tuyg‘ularini shakllantirishga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.

3.Har bir kishining kim ekanligini, uning bilim darajasini so‘zlariga qarab bilib olish mumkin. Chunki soʻz kishining kim ekanligini,feʼli,sajiyasini va ruhiyat olamini koʻrsatuvchi asosiy vosita sanaladi.

4.Ifodali gapirish yoxud ifodali o‘qish shunchaki o‘z-o‘zidan shakllanib qoladigan oson jarayon emas. Buning uchun, dastawal, insonning o‘zida tug‘ma iqtidor, qobiliyat bolishi lozim. Afsuski, hamma ham ifodali nutq so‘zlash qobiliyatiga ega bolavermaydi. Lekin har bir kishi o‘z nutqi ustida muntazam ishlashi, to‘xtovsiz mashqlar qilishi natijasida ifodali nutq qobiliyatini shakllantirishi mumkin.

5.Yosh avlodning shaxs sifatida kamol topishida muhim rol o‘ynovchi muallim-ning ravon va ifodali nutqi, go‘zal axloqi beqiyos ibrat namunasi bo‘lib xizmat qiladi. Ajdodlarlarimiz so‘z san’atining, ayniqsa, og‘zaki ijrochilik san’atining inson ruhiga ko‘rsatadigan ta’siriga qadim zamonlardan boshlab katta e’tibor bilan qaraganlar.



6.Ifodali o‘qish mohiyatan kishining his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan muhim jarayon hisoblanadi. Badiiy adabiyot insonning ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga ta’sir qilib uni yigʼlatadi, kuldiradi, o‘ylashga majbur qiladi va oxir-oqibat kamolotga yetaklaydi. Shu boisdan ham badiiy adabiyot bilan og‘zaki ijro - ifodali o‘qish san’ati asrlar davomida yonma-yon yashab, insonning ma’naviy hamrohi bo‘lib kelgan.
Download 12.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling