Muvaffaqiyat uchun birinchi qadam
Download 20.93 Kb.
|
1 2
Bog'liqAbduvaliyeva sh. (2)
Abduvaliyeva Shoxista MUVAFFAQIYAT UCHUN BIRINCHI QADAM Kimdir bu dunyoga o’zgarish uchun keladi. Kimdir hayoti chog’ida dunyoni o’zgartiradi. Kimdir esa, har kuni o’zgaradi. Bizning kundalik sa’y –harakatlarimiz, maqsadimiz baxtiyor yashashni ko’zlaydi. Baxtiyorlik- mehnat tufayli ro’y beradigan hodisa. Odamlarning aytishicha, pul - baxtning kaliti emas. Lekin agar pulingiz bo’lsa, siz mana shu baxt kalitini yasab olishingiz mumkin. Aslida mol- dunyoga egalik qilish baxt degani emas. Baxtiyorlik – bu yaratuvchanlik hissidan lazzatlanishdir. Muvaffaqiyat esa, mana shuni his qilish. Hadeb baxt izlaganing bilan baxtiyor bo’lib qolmaysan. Hayotdan faqatgina ma’no izlasang, yashay olmaysan. Bir qarganda hayotda muvaffaqiyat qozonish, g’olib bo’lish oddiy hodisaga o’xshab ko’rinadi. Shunchaki shuuringdagi “g’olib bo’lish tugmasi”ni bosasan va dovyuraklik bilan olg’a boraverasan. Albatta, g’olib bo’lish doimo huzurbaxsh. Biroq, g’oliblik bu – maqsadning moxiyati emas. Maqsadning mohiyati – bu g’olib bo’lish uchun ichimizda uyg’ongan istak, orqaga chekinmaslik ruhidir. Har kim muvaffaqiyat omilini o’zicha tasavvur qiladi. Kim uchun muvaffaqiyotning yagona siri odamlarning ko’ngliga yo’l topish bo’lsa, boshqalar uchun erta uyg’onish, qattiq mehnat qilish – bu muvaffaqiyatning tarkibi. Muvaffaqiyotli insonlar muvaffaqiyatlarining muhim omili sifatida ularning hayotlarida muhim o’rin egallagan insonlarni aytishadi. Xususan, XX asrning atoqli siyosatdonlaridan biri bo’lgan Harold Makmillaning fikiricha, biror bir erkak ayolning e’tiborisiz muvaffaqiyot qozana olmaydi. Bu ona yoki turmush o’rtog’I bo’lishi mumkin. Agar erkak ularning ikkalasidan ham mehr – e’tibor olib tursa, demak xudo uni ikki marta omadli qilib yaratgan ekan. Aksariyat muvaffaqiyatli insonlar hayotini sinchiklab o’rgansangiz, hayot ularni qiyinchiliklar bilan qnchalar toblaganini ko’rasiz. Ularning avvalgi va keyingi hayotlarini solishtirar ekansiz, tunning eng qorong’u lahzalari tong otishidan bir necha daqiqa avvalroq sodir bo’ladi, degan hikmatni anglaysiz. Siz muvaffaqiyat yetti marta qulab, sakkizinchi maratoba oyoqqa turish ekanini tushuna boshlaysiz. Muvaffaqiyat qozonish kim uchundir ulkan boylikka ega bo’lishni anglatsa, ayrim insonlar nazdida muvaffaqiyat, bu – o’z sohasi tan olnish demak. Odamlarning aksariyati uchun salomatlik ham muvaffaqiyat . Kim uchundir oilaviy baxt, o’z ishidan qanoatlanish hamda xotirjam umurguzaronlik qilish muvaffaqiyotdir. Nega muvaffaqiyat omadsizlik bilan boshlanadi? Aksariyat muvaffaqiyatli insonlar baxtsizlik, omadsizlik tuyg’ularini boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladilar. Bu odamlar ularni mashaqqatga ro’baro’ qilayotgan hayotning zargar, o’zlarini qimmatbaho tosh ekanini anglaydilar va jilolanish uchun mashaqqatlarni quchoq ochib kutib oladilar. Ya’ni, hayot zarba bergani sayin o’zingni olmos bilsang, zargar shakl berayotgan tosh kabi, qadring oshib boreveradi. Har narsada bir hikmat ko’rish ham insonni tushkunlikdan asraydi, ishonchini oshiradi. Hayot bunday sinovlar bilan siylaganlarni ko’plab topish mumkin. Misol uchun, nomi oldidan “amerikalik”, “xitoylik”, “gongkonglik” degan nisbatlar beriladigan aktiyorlar Jeki Channing bolaligi ham havas qilarli darajada o’tgan emas. Xitoydagi fuqoralar urushi bois ota-onasi mamlakatni tark etib, Avstraliyaga yo’l oladi, Jeki esa 6 yoshida maxsus internat - maktabga topshiriladi. Aynan mana shu achchiq ayriliq uning taqdirini o’zgaririb yuboradi. Chunki u maskur maktabga jang sa’nati va akrobatikani o’rganadi. Faoliyatini Bryus Lining filimlarida kaskadiyorlikdan boshlagan Jeki Chang ustozining o’limidan so’ng bir nechta kinolarga tushadi. Biroq u taqlid qilishdan to’xtab, kurash san’ati va komediyani birlashtira olganidan so’ng jahonning eng oldi va qimmat aktiyorlaridan biriga aylandi. Tasadifni qarangki , buyuk matematik olim zamonaviy fizika nazariyasining asoschisi, XX asrning beqiyos dahosi, Nobel mukofati sohibi Eynshteyn ham muhojjirlikda umr kechirgan. Germaniya hukimati nastitlar partiyasi ixtiyoriga o’tgach, hatto Eynshteynning boshi uchun katta pul ham tikilgan. Fizikning ko’plab qo’lyozma- kitoblari Gitlerning gulxanida yoqib yuborildi. Nemis yahudiysi ekani uning taqdirini o’zgartirib yubordi., olim 1933-yilda AQSHga ko’chib ketadi. Ammo taqdirning bu beqarorliklari uning buyuk olim bo’lib yetishligiga to’sqinlik qila olmadi. “Raqmli texnologiya otasi” deb nom qozongan Stiv Jobsning haqiqiy ota-onasi undan vos kechishgan. U boshqa ota-ona qo’lida asrandi bo’lib ulg’aygan bo’lsada, garchi, asrab olgan ota-ona uni o’zi hohlagan kollejda o’qitish uchun pul topa olishmagan bo’lishsada, Stiv Jobs jahonning eng qimmat va qudratli kompaniyasiga asos soldi. Samoda parvoz qilayotgan varrak shamolga qarshi uchayotgani uchun ham balandga ko’tariladi. Hayotda ham shunday – rad qilinish, tan olinmaslik, adolatsizlik, mashaqqat va muammolar oqibatida jismingizda va ruhingizda yuzaga kelgan kuch sizni olg’a boshlaydigan quvvatga aylanadi. Shunda siz kun kelib o’zingiz orzu qilgan cho’qqini zabt etasiz. Hayot sizni qanchalar qattiq yerga ursa, sizda shu qadar balandga sakrash imkoni bo’ladi. Tug’ilishning o’zi g’oliblik! Modomiki, bu hayotga kelgan har kim Yerda o’zining vazifasiga ega bo’lar ekan, demak barchaga muvaffaqiyatli bo’lish, ya’ni g’alaba qozonish imkoni ham berilgan. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan insonning omadi shundaki, uning hatolari qarshisida ko’zgudagi kabi aks etadi, ro’y-rost unga tikilib turgan bo’ladi. Biroq, hamma bu xatolardan muvaffaqiyat yasashga qodir emas. Boisi, hammada ham xulosa chiqarish hissi bo’lmaydi. Xato va kamchilikalrimiz ko’z oldimizda turganida biz boshqa narsani – qo;ldan boy berilgan imkoniyatni, naf yoki kattaroq foydani o’ylaymiz, bundan ranjib, tushkunlikka tushamiz yoki qattiq ranjiymiz. Mana shu daqiqalarda inson tanlovi uning taqdirini o’zgartirib yuboradi. Siz shu vaqtda hafsala topib qayta kurashga kirishasiz yoki hammasini yig’ishtirib, odatdagiday yashashda davom etasiz. Yana bir muhim jihat bor. Mag’lubiyatga uchrab azoblansalar ham, yashash uchun kurashib, zulmat iskanjasidan yorug’likka yetib kelgan odamlar aslida eng ko’rkam va munosib jonkuyarlik bilan boshqalarning yarasiga malham bo’lishga intiladilar. Bunday odamlarning kamol topishi hayotning noyob hodisasi. Hayot ularni tarbiyalash uchun ham muvaffaqiyatsizliklar bilan mukofatalaydi. Muvaffaqiyatning yagona o’lchovi va hayotda qanday muvaffaqiyatli bo’lish mumkin degan savolga birgina aniq javob mavjud emas.Biroq,muvaffaqiyatli insonlarning ba’zi odatlariga nazar solib, o’z kundalik hayotingizga tadbiq etish mumkin bo’lagan yangi taktika va strategiyalar haqida bilib olishingiz mumkin. Ushbu aqliy salohiyatlarni rivojlantiring hamda parvarishlang va vaqti kelibhayotda siz istagan muvaffaqiyatga albatta erisha olasiz. Download 20.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling