Muvofaqlashtirish hududiy boshqarmasi


Rezba yo’nish tokorlik stanoklari


Download 339.02 Kb.
bet4/15
Sana22.06.2023
Hajmi339.02 Kb.
#1649522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BMI.docx Qodirov O

2.2 Rezba yo’nish tokorlik stanoklari
Tokarlik stanogi - 1) mashinasozlikda — asosan, doiraviy sirtli buyumlarga yoʻnib ishlov beradigan stanok; metall kesish stanoklarining asosiy guruhini tashkil qiladi. Tokarlik stanogi yordamida sirtlarni yoʻnish, sirtlarda ichki va tashqi rezbalar ochish, parmalash, zenkerlash (parmalangan teshiklarga tozalab ishlov berish), teshiklarni yoʻnib kengaytirish, plashka hamda metchiklar bilan rezba ochish, bir-biriga ishqalab moslash mumkin. Asosiy harakatni zagotovka (xomaki detal), qoʻshimcha harakatni kesuvchi asbob — keskich bajaradi. Zagotovka povolokli, kulachokli, gidravlik yoki pnevmatik patron orqali stanok shpindelidan aylanadi; shpindel esa tezliklar qutisidan harakatlanadi. Keskich supportning salazkasi bilan birgalikda surish validan yoki surish vintidan (rezba ochishda) suriladi. Surish vali va surish vinti Tokarlik stanogining surishlar mexanizmidan aylanadi. Tokarlik stanogining markazlovchi, rezba ochish, tokarlikrevolver (aylanma kallakli), bir shpindelli va koʻp shpindelli karusel (shpindeli tik joilashgan), koʻp keskichli va boshqa turlari bor.
Tokarlik stanogi oddiy, universal, raqamli dastur boʻyicha boshqariladigan avtomat va yarim avtomat turlarga xam boʻlinadi. Oddiy va universal Tokarlik stanogilar detallarni donalab va kichik seriyalab ishlab chiqarish.da, avtomat va yarim avtomat Tokarlik stanogilar koʻplab (koʻp seriyalab) ishlab chiqarish.da qoʻllanadi. Tokarlik stanogining asosiy qismlari: qirindi va sovituvchi suyuqlik toʻplanadigan togʻorasimon tub; stanina, support va ketingi babka (qoʻzgʻaluvchan) hamda ularni yoʻnaltirgich; shpindel va tezliklar kutisi joilashgan qoʻzalmas old babka; uzatmalar qutisi; fartuk; support; karetka; koʻndalang salazkalar; keskich oʻrnatiladigan burilma qism; elekr dvigatel. Karetka va koʻndalang salazkalar qoʻlda yoki avtomatik tarzda suriladi. Tokarlik stanogining elektr dvigateli bir yoki koʻp tezlikli asinxron dvigateldan iborat. Baʼzan, boshqa yuritmalar (mas., gidravlik yuritmalar) ham qoʻllanishi mumkin. Hozir yirik korxonalarda, asosan, dusturli avtomat va yarim avtomat Tokarlik stanogilari ishlatiladi (qarang Karusel stanok, Revolver stanok); 2) yogʻochga ishlov berish stanogi qam xuddi metallga ishlov berish stanogiga oʻxshaydi. Unda aylanma sirtli yogoch buyumlarga yoʻnib ishlov beriladi. Uning buyum
Stanoklar va boshqa mexanizmlar, yuqori aniqlikka ega bo'lgan yurgizish vintlari, shuningdek rezba kesish asboblarijuda katta aniq-likda ishlaydigan tokarlik stanoklarida tayyorlanadi. Bu stanoklar katta bikirlikka ega, kinematik zanjirlari aniq ishlaydi, uchragan xatolarni to'g'rilab turuvchi maxsus qurilmalar ishlatiladi. Masalan, 1622 modelli tokarlik stanogining tezliklar qutisi stanok staninasidan ajratilgan alohida fundamentga o'rnatilgan.
BoltIarga rezba ochish stanoklari. Bolt va unga o'xshash detallarga rezba ochish uchun mo'ljallangan (15.6-rasm). Tokarlikstanogiga o'xshash ko'rinishidagi bir shpindelli, boltlarga rezba ochish stanogida zagotovka tiskiga qisilib maxovik yordamida tezda mahkamlab o'rnatiladi. Tiski sup-portga o'rnatilgan, support shpindel bilan bog'langan sxv=6 mm Ii yurgizish vinti yordamida suriladi. Support bolt zagotovkasi bilan birga shpindelga o'rnatilgan o'z-o'zidan ochiluvchi rezba kesish kallagiga qarab siirilib boradi. Kallakda bir necha rezba kesish keskichlari rezba hosil qilinadigan yuzaga urinmalar (tangensial) holidajoylashtirilgan. Rezba kesish kallagi 3,5 kW Ii elektr dvigateldan tasmali uzatma va tezliklar qutisi orqali aylanma harakat oladi.


4-rasm.
Gaykalarga rezba ochish stanoklari. Yirik seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida gaykalarga rezba ochish maxsus yarim av-tomat va avtomatlarda to'g'ri va qiyshaytirilgan dastakli mashina metchik-Iari yordamida bajariladi.
Ikki shpindelli, gaykalarga rezba ochish avtomati egik dastali metchik bilan ishlaydi. Metchik maxsus kallak bilan birga shpindeldan aylanma harakat oladi. Gayka zagotovkalari bunkerdan aylanib turuvchi metchik-ka yaqinlashadi, metchik va uning qiyshaytirilgan dastasi bo'ylab hara-katlanib, rezbasi ochilgan tayyor gaykalar yashikka tushib yig'iladi (15.7-rasm).

5-rasm.



Download 339.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling