Elektr qurilmalarini yerga ulash va nollashtirish Elektr tokidan himoya qilishning ishonchli va keng tarqalgan vosita-laridan biri elektr qurilmalarini yerga ulash va nollashtirish hisoblanadi. Elektr qurilmalarini yerga ulashda qurilmaning еlеktr toki ta’sirida bo‘lmagan metall qismi, masalan, korpusi , yerga ko‘milgan elektrodlarga ulanadi. Shu sababli yerga ulash tizimi elektrodlar va elektr qurilma bilan elektrodni birlashtiruvchi o‘tkazgichlardan iborat bo‘ladi
Yerga ulash elektrodlari sun’iy (aynan shu maqsadda maxsus yerga ko‘milgan рo‘lat truba yoki boshqa turdagi metall buyumlar) va tabiiy (boshqa maqsadlarda yerga
o‘rnatilgan metall buyumlar) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Tabiiy elektrodlarga suv quvurlari, bino va inshootlarning temir beton konstruksiyalarini yerga ko‘milgan detallari misol bo‘la oladi. Gaz va neft quvurlaridan yerga ulash elektrodi sifatida foydalanish taqiqlanadi.
(4-ilova)
Savol va topshiriqlar:
1.Elektr tokidan jarohatlanish asosan qanday holatlarda yuz berishi mumkin?
2. Elektr xavfsizligi nima?
3.Elektr tokining inson tanasiga ta’siri qanday omillarga bog’liq?
4. Inson tanasining еlеktr tоkiga qarshiligi qanchagacha bo‘lishi mumkin?
5. Elektr tokidan himoya qilish vositalari qanday vositalarga bo‘linadi?
(5-ilova) Uyga vazifa:O’tilganlarni takrorlash va elektr toki ishlash prinsiplarini yozma ravishda yoritib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |