Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi olot tuman kasb hunar maktabi


Kasb kasalligining oldini olish va shaxsiy gigiyena


Download 355.57 Kb.
bet58/103
Sana02.01.2022
Hajmi355.57 Kb.
#190337
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103
Bog'liq
melioratsiya mehnat muhofazasi to'plam

2. Kasb kasalligining oldini olish va shaxsiy gigiyena Mehnat qilish jarayonida kishi organizmiga salbiy ta’sir etadigan ishlab chiqarishning nomaqbul omillari natijasida yuzaga keladigan inson sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar kasb kasalligi deb ataladi. Ishlab chiqarishda kasb kasalliklari ish joylaridagi havoning changlanishi, gaz, shovqin va tebranishlar ta’siridan hamda havo harorati, bosimi, namligini o‘zgarib turishi natijasida paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi nomaqbul omillarning kishi organizmiga uzoq muddat ta’sir etishi oqibatida ishchi kasb kasalligiga chalinishi, natijada ish qobiliyatini vaqtincha

yoki butunlay yo‘qotishi mumkin. Ishchilarning doimo sog‘lom yurishlari va mehnat

qobiliyatlarini уo‘qotmasliklarida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish katta rol o‘ynaydi. Tana va qo‘lni toza bo‘lishi, ovqatlanishdan oldin qo‘1ni doimo sovunlab

yuvish, o‘zini va kiyimlarini ozoda tutish, vaqtida ovqatlanish va ish bilan dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish – shaxsiy gigiyenaning asosiy talablari hisoblanadi.


(4-ilova)

Savol va topshiriqlar:



  1. Mehnat sharoitlarini asosan qanday omillarga ajratiladi?

  2. Shaxsiy gigiyenaning asosiy talablari qaysilar hisoblanadi?

  3. Mehnat gigiyenasi nima?


(5-ilova) Uyga vazifa:O’tilganlarni takrorlash va ishlab chiqarishda,binolarda,sanitarik gigeyena haqida yozma ravishda yoritib berish.

Download 355.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling