Muvofiqlikni baholash to‘G‘risida 013 yil oktyabr O‘rq-354 Ushbu Qonunning maqsadi


Download 15.34 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi15.34 Kb.
#1499331
1   2   3
Bog'liq
am4

texnik ekspert — muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni tashkil etishga, jarayonga yoki faoliyatga doir maxsus bilimlarga va tajribaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
xodimlar — muvofiqlikni baholash ishlarini o‘tkazish uchun tayyorgarlikka va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar;
birinchi tomon — ishlab chiqaruvchining yoki xizmatlar ko‘rsatuvchining manfaatlarini ifodalovchi yuridik shaxslar;
ikkinchi tomon — muvofiqligi baholanayotgan ob’ektdan iste’molchi sifatida manfaatdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
uchinchi tomon — birinchi va ikkinchi tomondan mustaqil bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
3. Mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar, shuningdek metrologik ishlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda va normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash borasida o‘zining malakali ekanligini e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan Milliy akkreditatsiya organiga murojaat qilgan talabgor akkreditatsiya qilinadi.
4. Akkreditatsiya qilish akkreditatsiya qilinayotgan ob’ektning malakali ekanligini va uning mustaqilligini rasman tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladi.
5. Quyidagilar akkreditatsiya qilishning umumiy shartlari hisoblanadi:
a) shtatida akkreditatsiyaning ariza berilayotgan sohasida malakali xodimlarning mavjudligi;
b) sifat menejmentining amaldagi tizimi mavjudligi;
v) muvofiqligi baholanayotgan ob’ektlar uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning mavjudligi.
6. Quyidagilar ariza beruvchini mahsulotni sertifikatlashtirish organi va/yoki sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organi sifatida akkreditatsiya qilish uchun qo‘shimcha shartlar hisoblanadi:
a) akkreditatsiya qilinayotgan ob’ektning ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar, ijro etuvchilar va iste’molchilardan mustaqilligi;
v) shtatida sifat bo‘yicha kamida ikki nafar ekspert-auditorning mavjudligi;
g) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda belgilangan baholanayotgan ob’ektning asosiy ko‘rsatkichlari aksariyat qismini belgilovchi, o‘zining belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasining (markazining) mavjudligi;
d) baholanayotgan ob’ekt asosiy ko‘rsatkichlarining etishmayotgan qismini aniqlashni ta’minlovchi akkreditatsiya qilingan o‘zga sinov laboratoriya (markaz)lari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimlarning mavjudligi.
Download 15.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling