Muvozanat doimiysini statistik termodinamika ma'lumotlari boyicha hisoblash


Download 138.49 Kb.
bet2/11
Sana05.01.2022
Hajmi138.49 Kb.
#203439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Muvozanat doimiysini statistik termodinamika ma'lumotlari boyicha hisoblash

Muvozanat konstantasining temperaturaga bog’liqligi ko’p hollarda juda kuchli ifodalanadi. Bunday dalillar kimyoviy ta’sirlashuvlar ta’sirlashayotgan moddalarning tabiatigagina bog’liq, degan avvalgi tushunchalarni tubdan o’zgartirib yubordi, bu esa kimyoviy termodinamika yutuqlarining yaqqol ifodasi bo’ldi

Termodinamikaning tenglamalari moddalarning ma’lum reaktsiyalarga kirishish qobiliyati ularning tabiatidan tashqari jarayonlarni olib borish sharoitlariga (temperatura va bosim) bog’liqligini miqdoriy jixatdan ifodalaydi. Agar reaktsiyani olib borish sharoitlari ko’rsatilmagan bo’lsa, moddaning kimyoviy hossalari bilan bog’liq bo’lgan kimyoviy reaktsiyaga kirish qobiliyati haqidagi tushunchalar hech qanday ma’noga ega bo’lmasdan qoldi. Kimyo uchun juda ham muxim bo’lgan bunday hulosa termodinamikani nazariy kimyoning zaruriy tarkibiy qismiga aylantirdi. Termodinamik ma’lumotlar asosida muvozanat konstantasini bir necha usullarda hisoblash mumkin.




Download 138.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling