Muvozanat xolat korrozion muxitdagi metalning va metalni oʼrab turgan muxitning ichki energiyasi miqdori bir xilda boʼladi
Download 29.06 Kb.
|
Glosariy
Toʼgʼridan toʼgʼri yoʼqotishlar - korroziyaga uchragan buyumlarning (mashinalar, mexanizmlar, quvur oʼtkazgichlar, tom materiallari va x.z.) narxi, himoya tadbirlari uchun harajatlar (galvanik va lak qoplamalar, ingibitorlardan foydalanish, buyum yoki texnikani saqlash uchun omborxonalar qurish va metalni yoʼqolishi. Toʼgʼridan toʼgʼri yoʼqotishlar - korroziyaga uchragan buyumlarning (mashinalar, mexanizmlar, quvur oʼtkazgichlar, tom materiallari va x.z.) narxi, himoya tadbirlari uchun harajatlar (galvanik va lak qoplamalar, ingibitorlardan foydalanish, buyum yoki texnikani saqlash uchun omborxonalar qurish va metalni yoʼqolishi. Tayyor maxsulotni yoʼqotish -taʼmirlashlar aro davrda texnik tizimlarning korrozion yemirilishlari natijasida neft, gaz, suv oqib chiqishi; avtomobil radiatoridagi korrozion yemirilish natijasida antifriz yoʼqolishi, shikastlangan trubadan gaz chiqib portlashga sabab boʼlishi Quvvatni yoʼqotish - korroziya maxsulotlarini choʼkishi natijasida issiqlik almashtirgichlarda yuzalarda issiqlik almashinuvi yomonlashuvi. Maxsulotning ifloslanishi - neft va kimyo sanoati maxsulotlari, oziq-ovqat ishlab chiqarishda tizimidagi metal jixozning korroziyalanishi chiqayotgan maxsulotning sifatini buzulishi. Korroziyaga qoʼyimlar - bu koʼrsatgich odatda jixozlarni loyixalashda xisobga olinib yillik korroziyadan yemirilishni xisobga olgan xolda jixoz xizmat muddatini uzaytirishga imkon yaratadi. Korrozion jarayonning termodinamikasi - oʼrganilayotgan tizimning muvozanat xolatidan qanchalik uzoqlashganligini aniqlovchi omil. Muvozanat xolat - korrozion muxitdagi metalning va metalni oʼrab turgan muxitning ichki energiyasi miqdori bir xilda boʼladi. Kimyoviy korroziya - bu metalning korrozion muhit bilan oʼzaro taʼsiri boʼlib, unda metalning oksidlanishi va muhitdagi oksidlovchi komponentning tiklanishi bir vaqtning oʼzida amalga oshadi. Elektrokimyoviy korroziya - bu metalning korrozion muhit (elektrolit eritmasi) bilan oʼzaro taʼsiri boʼlib, unda metal atomlarining ionlashuvi va korrozion muhitdagi oksidlovchi komponentning tiklanishi bir vaqtda amalga oshmaydi va ularning tezligi metalning elektrod potentsialiga bogʼliq boʼladi. Gaz korroziyasi-bu metallarning gaz muhitidagi kimyoviy korroziyasi boʼlib, minimal namlik (odatda 0,1 % dan yuqori emas) yoki yuqori xaroratda amalga oshadi. Аtmosfera korroziyasi-bu metalning atmosfera havosi yoki nam gazdagi korroziyasi. Yer osti korroziyasi - bu metalning tuproqdagi korroziyasi. Biokorroziya - bu mikroorganizmlarning hayot faoliyati taʼsirida amalga oshadigan korroziya. Kontakt korroziya - bu elektrolitdagi oʼzaro elektrod potentsiali turlicha boʼlgan metallarning kontakti natijasida yuzaga keladigan korroziya. Radiatsion korroziya - bu radiatsion nurlanish natijasida amalga oshadigan korroziya. Korrozion kavitatsiya - metalga bir vaqtning oʼzida korrozion taʼsir va tashqi muhitdan taʼsir qiladigan zarba natijasida yuzaga keladi. Fretting korroziya – metalga bir vaqtning oʼzida titrash va korrozion muhitning taʼsiri natijasida yuzaga keladi. Metallarning kimyoviy korroziyasi – bu kimyoviy reaktsiyaning borish natijasida metall yuza qismidagi atomlararo aloqalar uzilgandan keyin metall atomlari va oksidlovchi tarkibiga kiruvchi atomlar kimyoviy bogʼlanishi. Issiqqa barqarorlik - metallarning yuqori haroratda korrozion taʼsirga qarshilik koʼrsatish hususiyati. Issiqqa mustahkamligi – metallarning mexanik hususiyatlaroni yuqori darajada saqlab qolishi. Gaz korroziyasining ichki faktorlari -metall tabiati, quymaning kimyoviy va fazaviy tarkibi, mexanik kuchlanish,deformatsiya. Tashqi faktorlar - gaz muhitining tarkibi va bosimi, uning harakat tezligi, harorati, qizish rejimi. Elektrokimyoviy korroziyaning manbai - muhitdagi metallarning termodinamik jixatdan barqaror emasligi. Elektrokimyoviy korroziyaning sababi - elektrolit muhitda metalning barqaror emasligi. Vodorodli qutibsizlanish - katod reaktsiyalarida vodorod ajralib chiqishi bilan boʼladigani metallar korroziyasi. Kislorodli qutibsizlanish - elektrolitda erigan kislorod ishtirokida amalga oshadigan katod reaktsiyasidagi metall korroziyasi jarayoni. Elektrokimyoviy korroziyaning ichki omili - termodinamik barqarorlik, metallning Mendeleev davriy sistemasidagi tutgan oʼrni, qotishma strukturasi va tipi, qotishma tarkibida qoʼshimchalarning mavjudligi, ichki kuchlanish. Kation-faollashtiruvchilar –bu oʼzgaruvchan valentlikka ega boʼlgan metall ionlari. Аnod - manfiyroq potentsialga ega boʼlgan elektrod. Katod - musbatroq potentsialga ega boʼlgan elektrod. Mahalliy (lokalь) korroziya - metall va qotishmalarning alohida uchastkalarining yemirilishi. Kristallar aro korroziya - qotishma chegaralaridagi donlar yemirilishi. Kontakt korroziya - ikkita yoki undan ortiq turli jinsli metallarni kontaktida xosil boʼladigan korroziya. Pitting (nuqtali) korroziya - metalning baʼzi chegaralangan uchastkalarida yuzaga keladigan korroziya. Аtmosfera korroziyasi - metall konstruktsiyalarni atrof muhit taʼsirida korrozion yemirilishi. Kritik namlik - namlikning adsorbtsiya boshlanadigan kondensatsiyasidagi nisbiy namlik. Yer osti korroziyasi – tuproqdagi korroziya metalni tuprooqdagi korrozion muhit bilan aloqada boʼladigan qismlarida yuzaga keladi. Temir - oksidlanish jarayoni Fe – 2e ̅ —Gʼe2+ standard elektrod potentsiali 0,14 V ga, Fe — 3e ̅ —> Fe3+ jarayonniki esa -0,037 V ga teng. Temir korroziyasi havoni SO2, NS1, H2S, CI2, NaCl, NaSO4, shuningdek koʼmir zarrachalari bilan ifloslantiradi. Misning standart elektrod potentsiali ϕ0Su2 \Cu= + 0,34V shuning uchun mis faqat kislorodli qutibsizlanish bilan korroziyalashi va eritmaga Su koʼrinishda oʼtadi. Аlyuminiyning standart elektrod potentsiali ϕ0Al3+ \Al= - 0,166V ga teng va bu alyuminiyning standart elektrod po yentsiali juda pastligini bildiradi. Nikelьning standart elektrod potentsiali ϕ0 Ni2+ \ Ni = - 0,25V ga teng, temirga nisbatan nikelning faolsizlikka moyilligi yuqori. Titan termodinamik jihatdan turgʼun boʼlmagan metall, uning elektrod potentsiali ϕ0 Ti2+ \ Ti = -1,63 V ga teng. Magniy standart potentsiali Mg2++2e ⇆ Mg = —2,37 V, unining faolsizlanishga moyilligi yuqori, lekin alyuminiydan past Bronza -misning qoʼrgʼoshin, alyuminiy, kremniy, marganets bilan qotishmasi. Ichki kuchlanishlar - metalga termik ishlov berishda va payvandlash ishlari vaktida yuzaga keladi. Tashqaridan qoʼyiladigan kuchlanishlar - statik va oʼzgaruvchan boʼladi Korrozion yorilish - metallarni bir vaqtni oʼzida korrozion muxit va choʼzuvchi kuchlanish ostidagi yorilishi. Metalning charchashi- metalni mustaxkamlik chegarasidan ancha past boʼlgan kuchlanishlardagi dinamik yuklanishlarning davriy taʼsiridagi yemirilishi. Charchashdagi mustaxkamligi bu shunday kuchlanishki, undan past kuchlanishdagi shunday sikllar sonida metal yemirilmaydi. Fretting korroziya –bu metalni charchashdagi yoki korrozion charchashdagi yemirilishi boʼlib, ikkita metal (yoki ulardan biri metalmas) kontaktidagi jismni bir-biriga nisbatan yengil sirpanishi natijasida kontakt yuzasida amalga oshadi. Kavitatsiya lotincha soʼz boʼlib cavitas boʼshliq maʼnosini beradi. Faolsizlik (metallning faolsiz xolati) – anod reaktsiyasini tormozlanishida potentsialning maʼlum bir oraligʼida metallni ionlashuvi bilan nisbatan korroziyaga yuqori chidamlilik xolati. Faolsizlik - metallarni elektrokimyoviy korroziya jarayonida korrozion yemirilishlarga chidamliligini oshgan xolati. Faolsizlantirish – metallarni faolsizlantiruvchi eritmalarda ishlov berishdir. Faolsizlantiruvchilar – bular shunday kimyoviy birikmaki, ular yordamida metall yuzasi faolsiz xolatga oʼtadi. Faollantiruvchilar yoki defaollantiruvchilar - metalni faolsiz xolatiga putur yetkazuvchi moddalar yoki jarayonlar. Elektrokimyoviy faolsizlantirish - metall yuzasiga tuzlar va nordon eritmalarni elektrolit bilan birga berish. Testlar
Faolsizlik – metallning qanday xolati? А. Faolsizlik - metallarni elektrokimyoviy korroziya jarayonida korrozion yemirilishlarga chidamliligini oshgan xolati B. Faolsizlik - metallarni atmosfera korroziya jarayonida korrozion yemirilishlarga chidamliligini oshgan xolati. S. Faolsizlik - metallarni yer osti korroziya jarayonida korrozion yemirilishlarga chidamliligini oshgan xolati. D. Faolsizlik - metallarni mahalliy korroziya jarayonida korrozion yemirilishlarga chidamliligini oshgan xolati. Аnod qoplama - elektrolitda ximoya qilinadigan metallga nisbatan manfiy elektrokimyoviy potentsialga ega. Katod qoplamalar ximoya qilinadigan metallga nisbatan musbat elektrokimyoviy potentsialga ega. Ingibitor- korrozion jarayonni sekinlashtiruvchi qoʼshimcha. Korroziyadan ximoyalashni elektrokimyoviy usuli - katodli, anodli va protektorli ximoya usullari. Konversion qoplamalar - kimyoviy reaktsiyalar natijasida olinadigan ximoya qoplamalari (fosfatli, oksidli, xromatli qoplamalar). Gummirlash - ximoyalanadigan yuzaga natural yoki sintetik kauchikdan qoplash. Korroziya ingibitorlari - korrozion tizimda yetarli kontsentratsiyada boʼlib, xar qanday korrozion reagentni kontsentratsiyasini uncha muxim boʼlmagan oʼzgartirish bilan korroziya tezligini pasaytiruvchi kimyoviy birikma. Аtmosfera korroziyasi –bu elektrokimyoviy jarayon boʼlib, metal yuzasida kondensatsiyalanadigan yupqa nam plyonkada amalga oshadi. Quyuq surkamalar – mineral moylar, ular sovun, yogʼ kislotalari, polimerlar, neftni qayta ishlash maxsulotlari qoʼshilib quyuq xolga keltirilgan. Changlatish bilan metallash – xavo oqimi yordamida erigan metallni ishlov beriladigan yuzaga changitib qoplash. Galьvanik (elektrolitik) – elektrolitdan doimiy ravishda tok oʼtkazish orqali suvli eritmadagi metall va qotishma tuzlarini buyum yuzasiga oʼtqazish. Plakirlash (termomexanik) – asosiy metall yuzasiga agressiv muhitga chidamliroq boʼlgan boshqa metalni ustiga quyub, birgalikda deformatsiyalab (presslab, bolgʼalab) qoplash; Gazotermik changlatish - materialning erigan zarrachalarini ishlov beriladigan yuzaga gaz yoki plazma oqimi sifatida oʼtkaziladi Lak boʼyoq materiallari – suyuq yoki pastasimon tarkib, yupqa qatlamda qattiq taglikda yuzada adgeziya kuchi bilan ushlab turuvchi quruq plyonka (qoplama) hosil qiladi. Laklar-tabiiy yoki sintetik smolani turli erituvchilardagi eritmasi. Emallar-laklarni pigmentlar qoʼshilgan organik erituvchilardagi eritmasi. Аdgeziya (lotincha adhaesio-yopishish) ikki turli jinsli qattiq yoki suyuq jismni yuzalarini yopishishuvi. Misol: suv tomchisini oynaga yopishuvi. Kogeziya (lotincha cohaesus — aloqador, ilashgan.) fizik jism molekulalarni (atomlar, ionlar) tortishish kuchlar taʼsirida ilashuvi. Korroziyabardosh metall va qotishmalar - agressiv korrozion muhitda yetarli darajada barqarorlikka ega boʼlgan, korroziyabardosh va issiqbardosh, xamda korroziyaga qarshi qoʼshimcha ishlov berishsiz ishlatilishi mumkin boʼlgan metall va qotishmalar. Issiqqa bardosh poʼlatlar va qotishmalar- berilgan vaqt mobaynida yuqori xaroratlarda murakkab kuchlanganlik xolatida ishlovchi va gaz muhitlarda yetarli darajada korroziyaga qarshilik koʼrsataoladigan materiallar. Olovbardosh poʼlatlar va qotishmalar – yuklanmagan yoki kuchsiz yuklangan xolatda yuqori xaroratda (550 °C dan ortiq) ishlovchi va gaz muhitda korroziya bardosh materiallar. Issiqqa chidamli – yuklangan xolatda 600°S gacha xaroratda ishlaydi uzoq vaqt mobaynida ishlaydi. Аtmosfera korroziyasi – bu elektrokimyoviy jarayon boʼlib, metal yuzasida kondensatsiyalanadigan yupqa nam plyonkada amalga oshadi. Uchuvchi ingibitorlar –gaz yoki bugʼ fazasida metalni ximoya qilish xususiyatiga ega. Quyuq surkamalar – mineral moylar boʼlib, ular sovun, yogʼ kislotalari, polimerlar, neftni qayta ishlash maxsulotlari qoʼshilib quyuq xolga keltirilgan. Faolsiz ximoya - inshootlarni atrofdagi gruntdan va daydi toklardan ximoya qilish. Faol ximoya - atrof muxitga nisbatan potentsial ximoyani tashkil qilishdir. Kompleks ximoya - bir vaqtning oʼzida faolsiz va faol ximoya qoʼllanishi. Drenajli ximoya –bu daydi toklar bilan korroziyadan ximoya qilish usuli. Protektorli ximoya-ximoyalanadigan konstruktsiyaga potentsiali konstruktsiya potentsialidan manfiyroq boʼlgan metal -protektor biriktiriladi va u konstruktsiyani yemirilishdan ximoya qiladi. Elektrokimyoviy ximoya - metalni elektrod qutiblanishi natijasida noreaktsion xolatga oʼtishi. Katodli ximoya -korroziyani katodli qutiblanish bilan metal potentsialini manfiy tomonga siljitib oldini oladi. Аnod ximoya – korroziyani anodli qutiblanish bilan metal potentsialini musbat tomonga siljitib sekinlashtirishdan. Korroziyaga qoʼyimlar- bu koʼrsatgich odatda jixozlarni loyixalashda xisobga olinadi va m yetal qalinligiga qoʼshimcha qalinlik qoʼshiladi. Korroziyaga qarshi himoya - korroziyani kamaytirishga yoki toʼxtatishga qaratilgan jarayonlar yoki vositalar. Elektrod potentsiali - metalni elektrokimyoviy xarakteristikasini aniqlovchi koʼrsatgich. Suspenziya - suspenziya (biror moddaning boshќa suyuќ modda ichida mayda zarra yoki tomchi xolida suzib yuradigan eritmasi); Download 29.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling