Muxammad al-xorazimiy nomidagi toshkent axborot
To‘lqin uzatkich xossalari bilan bog‘liq dispersiya
Download 134.73 Kb.
|
mustaqil ish DH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xromatik dispersiyaning to‘lqin uzunligiga bogiiqligi
To‘lqin uzatkich xossalari bilan bog‘liq dispersiya
To‘Iqin uzatish bilan bog'liq (tola) dispersiya — bu impulslarning tarqalish tezligini to‘lqin uzunligiga bog‘liqligidir. Dispersiyaning bu turi tolaning geometrik shakliga va sindirish ko‘rsatkichlari profiliga bog‘liq. Har qanday real nurlanish manbalari ma’lum chastota polosasida to‘lqin uzunliklarini nurlantiradi desak, turli to‘lqin uzunligiga ega yorug‘lik impulslari toladan turli vaqt bo‘yicha kechikib keladi. Natijada boshlang‘ich impulslar buziladi. Signaliarning turli to‘lqin uzunligida har xil tezliklarda uzatilishi yuqorida keltirilgan edi. Shuningdek, yuqorida aytib o‘tilgandek, 1310 nm to‘lqin uzunli- gida dispersiya qiymati minimal bo‘lib, nolga teng, lekin so'nish qiymati katta bo‘ladi. Shuning uchun ham dispersiya, ham so‘nish qiymatlarini kamaytirish maqsadida dispersiyaning nol qiymati so'nish qiymati kichik bo‘lgan 3-tiniqlik oynasiga surilgan. Bu kvars shishasini legirlash yordamida amalga oshiriladi. Bunday tolalar siljigan dispersiyali tolalar deyiladi. Bu tolalardan yuqori tezlikli tizimlarda, shunigdek, oraliq punktlar soni kam bo‘lgan signallarni uzoq masofalarga uzatishda qo‘llaniladi. 2.21-rasmda turli tolalar uchun xromatik dispersiya qiymatining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi keltirilgan. Uzatish. hniyasining xromatik dispersiyasi qiymati quyidagilarga sezgir: — tandem bog'lanishlar sonining va uzatish liniyasi uzunligining oshishiga; — uzatish tezligining oshishiga. D, Ps/nm'km Xromatik dispersiyaning to‘lqin uzunligiga bogiiqligi: 1 — toza kvars shishasining xromatik dispersiya xarakteristikasi; 2 — siljigan dispersiyali tolaning xromatik dispersiya xarakteristikasi WDM to'lqin uzunligi bo'yicha zichlashtirilgan tizimlarda xro- matik dispersiyaga quyidagilar ta’sir qiladi: — kanallar orasida qadamning kamayishi; - kanallar sonining oshishi. Xromatik dispersiyani kamaytirish uchun dispersiyani kompen- satsiyalash usullaridan foydalaniladi. Download 134.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling