Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti mustaqil ish


Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari


Download 453.02 Kb.
bet2/5
Sana09.01.2022
Hajmi453.02 Kb.
#268761
1   2   3   4   5
Bog'liq
P.P. 2

Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari.

Tevarak - atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va engillik bilan, bir xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo`ladilar, yana bir xillari keskin va g`ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo`ladilar. Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan individual xususiyatlardir. Temperament - lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan ma`noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo`zg`aluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig`indisi. Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo`lishi. Temperament his -tuyg`ularning paydo bo`lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo`ladigan individual - psixologik xususiyatlarining majmuidir. Temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlarning asosiy belgilari:

1. temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi;

2. temperamentning xususiyatlari odam hayotining butun davomida va ma`lum bir qismida barqaror va o`zgarmasdir;

3. mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari bir - biri bilan tasodifiy birlashgan bo`lmay, balki bir - biri bilan qonuniy bog`langan bo`lib, bu xususiyatlar temperament tiplarini ifodalovchi muhim tuzilmani hosil qiladi.

Temperamentning xususiyatlari deganda, bir inson psixik faoliyati tezligini belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda va maqsadlarda nisbatan o`zgarmaydi, hamda temperament tipini ifodalovchi tuzilmani tashqil qiladi.

Temperament xususiyatlarining o`ziga xos yig`indisi inson faoliyati munosabatlari va bilish jarayonlarida faoliyatning individual uslubi sifatida namoyon bo`ladi. U faoliyatning temperament bilan bog`liq dinamik tomonlarini ifodalaydi.

Faoliyatning individual uslubini inson organizmini tug`ma xususiyatlari va asab tizimi tiplarining faoliyat sharoitlariga moslanishi deb qarash mumkin. Bunday moslanish kam kuch sarflab ko`proq natijaga erishish imkonini berishi kerak. Faoliyatning individual uslubining asosini asab tizimi xususiyatlari yig`indisi tashqil etadi. Faoliyatning individual uslubiga kiruvchi 2 xil xususiyatlar mavjud:

1. Asab tizimi individual xususiyatlari nuqsonlarining o`rnini tuldiruvchi tajriba jarayonida shakllangan xususiyatlar.

2. Insonda mavjud layoqat va qobiliyatlardan maksimal darajada foydalanish imkonini beruvchi xususiyatlar.



  1. Download 453.02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling