Muxammadjonov Shoxruxbek 73-D/i


Download 16.72 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi16.72 Kb.
#1799719
Bog'liq
Muxammadjonov Shoxruxbek 73-D.i. 1-mavzu


Muxammadjonov Shoxruxbek 73-D/i
1. Xomiladorlik muddatini aniqlash usullari?
2. Homiladorlikni qaysi muddatlarida simptomsiz bakteriyauriyani tekshirish tavsiya qilinadi?
3. Xomiladorlikning qaysi muddatlarida rezus manfiy ayollarda rezus antitanachalar bo’lmasa rezus antitanachalarni tekshirishga yo’llanma beriladi?
4. Qaysi havf guruhidagu ayollarga homiladorlikning 18-20 va 30-34 muddatlarida utt tekshiruvi doplerometriya tekshiruvi tavsiya qilinadi?
Javoblar:

  1. Homiladorlik va tug’ruq vaqtini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Homiladorlik so’ngi hayz ko’rishning birinchi kunidan hisoblaganda o’rta hisob bilan 280 kun , ya’ni 40 hafta yoki akusherlar hisobida 10 oy davom etadi. Homiladorlik muddati va tug’ruq vaqtini aniqlashda homilaning birinchi qimirlagan vaqti hisobga olinadi. Bu birinchi marta tug’uvchi ayollarda 20 haftani, ikkinchi yoki undan keyingi tug’uvchi ayollarda 17-18 haftani tashkil qiladi. Undan tashqari homiladorlik muddati ohirgi hayz kunining ertasidan boshlab calendar orqali ham aniqlanishi mumkin. Undan tashqari homiladorlik muddati zamonaviy Ultratovush tekshiruvlari orqali ham aniqlanishi mumkin.

  2. Homilador ayollarda simptomsiz bakteriuriya - homiladorlik davrida klinik belgilarning yo'qligi va laboratoriyada aniqlangan patologik holat bo'lib, unda siydikni 24 soat yoki undan ortiq tanaffus bilan takroriy tekshirilganda bir xil mikroorganizmni testlarda 100 000 КОЕ / ml titrda aniqlash imkonini beradi. Homilador ayollarning 52,3 foizida asemptomatik bakteriuriya birinchi trimestrda, 35,4 foizida ikkinchi trimestrda, 12,3 foizida uchinchi trimestrda aniqlanadi. JSST tavsiyalariga ko'ra, bakterial agentlar tarkibining 100 ming yoki undan ko'p КОЕ / ml gacha ko'tarilishi klinik ahamiyatga ega. Yevropalik tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, murakkab homiladorlik xavfi 100 dan 10 000 КОЕ / ml gacha bo'lgan titrlarda ham sodir bo'ladi. Homiladorlik davrida yashirin surunkali bakteriuriya rivojlanishiga hissa qo'shadigan o'ziga xos omillar metabolik, urodinamik o'zgarishlar va mexanik ta'sirlardir: silliq mushak tolalarining progesteron kontsentratsiyasining oshishiga va siydik organlarining siqilishiga reaktsiyasi natijasida siydikning turg'unligi va teskari reflyuksi, homilador bachadon tomonidan, fiziologik insulin qarshiligi natijasida siydikning kimyoviy tarkibidagi o'zgarishlar, immunitetning pasayishi, kommensallarning faollashishiga olib keladi, shuningdek, genetik va epigenetik omillar mavjudligida gemostazning buzilishi fonida yuzaga keladigan endotelial disfunktsiya.

  3. Rezus manfiy qonli homilador ayolning 1-tashrifida rezus antitanachalarni aniqlashga yo‘llanma berish, agar antitanachalar mavjud bo‘lmasa, homiladorlikning 18-20 haftalarida va 28-haftasida rezus antianachalarni aniqlashga yo‘llanma berish tavsiya qilinadi. Agar homilador ayolda antirezus-antitanachalar aniqlansa, ayolga keyingi kuzatuvlar uchun 3-darajali tibbiyot muassasiga yo‘llanma berish zarur. Rezus-manfiy qonli ayollarni turmush o‘rtog‘ini/hamrohini rezus-omilini aniqlash lozim. Ayolni turmush o‘rtog‘i/jinsiy hamrohida rezus-faktori manfiy qon aniqlansa antirezus antitanachalarni aniqlash shart emas. Agar turmush o‘rtog‘i/jinsiy hamrohining rezus-faktori musbat yoki rezus-faktori noaniq bo‘lsa onaning qonidagi homilaning hujayradan tashqari DNK fragmentlarini rezus-omilini aniqlashni tavsiya qilish lozim. Agar homilaning qon guruxi rezus-manfiyligi aniqlansa, ona qonida rezus antitanachalarni aniqlash shart emas.

  4. Akusherlik va perinatal asoratlari (muddatdan oldingi tug‘ruq, preeklampsiya, homila rivojlanishining chegaralanish sindromi) yuqori xavf guruhga kiruvchi homiladorlarni homiladorlikning 2-UTT qilingan vaqtida (18 xaftadan 20 xafta 6 kungacha bo‘lgan davrda) va homiladorlikni III trimestrida (homiladorlikning 30-34 xaftasida) bachadon-platsenta qon oqimini tekshirish uchun ultratovush dopplerografiya tavsiya qilinadi.

Akusherlik va perinatal asoratlari (muddatdan oldingi tug‘ruq, preeklampsiya, homila rivojlanishining chegaralanish sindromi) past xavf guruhiga qiruvchi homilador ayollarni UTT va dopplerografiyaga yuborish tavsiya qilinmaydi.
Download 16.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling