Muxtorova Marjona
Download 0.57 Mb.
|
Ammiakning fizik va kimyoviy xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Azotli oʻgʻitlar
Novshadil spirt, nashatir spirt — ammiakning suvdagi 3—10% Tibbiyotda, asosan, 10% li ammiak eritmasi ishlatiladi. Hushdan ketganlarga hidlatiladi (burun-halqum shil-liq pardasi nervlariga taʼsir etib, markaziy nerv sistemasini qoʻzgʻatadi), alkogoldan zaharlanganlarni qustirish uchun yarim stakan suvga 5 tomchi tomizib ichiriladi.
Terisi yogʻli yuzni artish, yuz va qoʻl terisini yumshatish uchun 0,5% li eritmasi qoʻllanadi. Mikroblarga qarshi taʼsirga ega boʻlgani sababli Novshadil spirtdan baʼzan xirurgiya amaliyotida ham foydalaniladi.
Azotli oʻgʻitlar – tarki-bida azot boʻlgan va oʻsimliklarning azot bilan oziqlanish manbai sifatida qoʻllaniladigan organik hamda anorga-nik moddalar, oʻsimliklarni azot bilan oziqlantirish manbai. A.oʻ. 1914–18 yillarda ammiakni havodagi azot va vo-226doroddan sintezlash sanoat miqyosida oʻzlashtirilganidan keyin kimyo sano-atida ishlab chiqarildi. Oʻzbekistonda birinchi marta Chirchiq elektr kimyo kombinatida 1940-yilda ishlab chiqarilgan. Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodi, Navoiy kimyo kombinatida asosiy turdagi A.oʻ. ishlab chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi kimyo sanoatining A.oʻ. ishlab chiqarish boʻyicha yillik quvvati 2,8 mln. t (1995-yilda 1012,1 ming t Azotli oʻgʻitlar ishlab chikarildi; 100% oziq-modda hisobida). A.oʻ. organik (goʻng, torf, kom-post), mineral (ammiakli selitra, am-moniy sulfat, mochevina va suvli ammi-ak) hamda koʻkat oʻgʻitlar (lyupinning koʻk massasi, seradella va boshqalar)ga boʻlinadi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling