Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik
-mavzu. “LAYLI VA MAJNUN” – POK VA YUKSAK MUHABBAT IFODASI
Download 335.49 Kb.
|
portal.guldu.uz-NAVOIYSHUNOSLIK
7-mavzu. “LAYLI VA MAJNUN” – POK VA YUKSAK MUHABBAT IFODASI
REJA: Dostonning yaratilish tarixi. Dostonning tarkibiy tuzilishi. Majnun – majzubi solik timsoli, Layli – ilohiy mazhar. Doston badiiyati. Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari adabiyotida “Layli va Majnun” mavzusiday keng tarqalgan boshqa bir ishq qissasini topish qiyin. Mana o‘n uch asrdirki, ushbu mavzuda adabiyot olamida she’r va dostonlar bitilib keladi. Ushbu qissaning kelib chiqish manbai qadim arablar hayoti bilan bog‘liq voqealarga borib taqaladi. Ayrim arab manbalarining ma’lumot berishicha, Majnun tarixiy shaxs bo‘lib, SHimoliy Arabistondagi Bani Omir qabilasiga mansub bo‘lgan. Uning ismi manbalarda Qays ibn Mulavvah, Mahdiy ibn Muod, al-Aqra va ba’zan al-Buhturiy ibn al-Ja’d tarzida keltiriladi. Majnun o‘z qabilasidan Layli ismli qizni sevib, unga bag‘ishlab ajoyib she’rlar to‘qigan. Uning she’rlari qabiladoshlari va boshqa qabila kishilari orasida keng tarqalganligi haqida Ibn Qutaybaning “Kitobu-sh-she’r va-sh-shuaro” asarida ma’lumotlar keltiriladi. Lekin shu bilan birga ayrim tarixchilar Majnun tarixiy shaxs emas, uning nomi majoziy, mavjud she’rlar o‘z amakisining qizini sevib qolgan umaviy bir yigitning she’rlari, u she’rlarida Majnun taxallusini qo‘llagan deb aytadilar. Har holda nima bo‘lganda ham VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab arab she’riyatida Majnun taxallusi bilan ishq mavzusida yozilgan g‘amgin she’rlar paydo bo‘lgan. Badiiy adabiyotda bu qissa doston shaklida ilk bor Nizomiy Ganjaviy tomonidan vujudga keldi. Nizomiy xalq orasida tarqalgan rivoyatlardan ijodiy foydalangan holda “Layli va Majnun” qissasini g‘oyaviy jihatdan mukammal va badiiy jihatdan yuksak asar darajasiga ko‘tardi. Bani Omir qabilasi boshlig‘ining o‘g‘li Qaysning maktabdoshi Layliga muhabbatini tasvirlash orqali har ikkala qahramonning ruhiy va ma’naviy dunyosini ochib berishga alohida e’tibor qaratdi, xalq rivoyatlarida faqat tashqi go‘zalligi b-ngina mashhur bo‘lgan Layli timsolini ijtimoiy omillar va badiiy-estetik yuk orqali mukammallashtirdi (qar.: “Layli va Majnun” I). Nizomiy dostoni SHarq xalqlari adabiyotida keng shuhrat qozondi va oradan bir asrdan ziyodroq vaqt o‘tgach, Amir Xusrav Dehlaviy unga javob yozdi. Dehlaviy dostoni 1299 y.da yaratilgan bo‘lib, “Majnun va Layli” deb ataladi. Muallif doston qahramonlari nomini almashtirish b-n yangilikka, o‘z salafidan o‘zgachalikka intilganligini ta’kidlaydi hamda ushbu qissaning arab xalqlari orasida dastavval “Majnun va Layli” shaklida ommalashganligiga e’tibor qaratadi. U Nizomiy dostonining kompozitsion qurilishini asosan saqlab qolgan holda uning syujetiga ba’zi o‘zgartirishlar kiritadi (munajjimning Majnun taqdiri haqidagi bashorati, Navfalning o‘z qizini Majnunga nikohlab berishi va b.) Xusrav Dehlaviy ushbu dostoni b-n SHarq xalqlari adabiyotida “Layli va Majnun” mavzusidagi dostonga javob yozish an’anasini boshlab berdi. (yana qar.: “Majnun va Layli”). Dehlaviydan keyin forsiy adabiyotda, xususan, Hirot adabiy muhitida Ashraf Marog‘iy, Abdurahmon Jomiy, Kotibi Turshiziy, SHayxim Suhayliy, AbdullohHotifiy, Badriddin Hiloliy, Xoja Imod Loriy va boshqalar ham ushbu mavzuda asar yozgan. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni turkiy tilda ushbu mavzuda yaratilgan ilk doston bo‘lib, Navoiy uni yaratishdan avval arab rivoyatlari bilan bir qatorda Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog‘iy va SHayxim Suhayliy dostonlarini chuqur o‘rganadi. U xamsanavislikda o‘zigacha mavjud an’analardan ijodiy foydalangan holda o‘z dostoniga yangicha ruh bag‘ishlaydi, o‘z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, “afsonaga yangi libos kiygizadi”. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni 38 bob, 3623 baytdan iborat. SHundan muqaddima 9 bobni o‘z ichiga oladi. Doston an’anaviy hamd – Allohning madhi bilan boshlanadi. Unda shoir olamning yaratilishi, tun, kun, oy, quyosh, yulduzlarning, yil fasllari va ulardagi tabiatning o‘ziga xos jilolari, insonning tabiat ichida yaratilishi, yo‘qdan bor, bordan yo‘q bo‘lishi – bularning hammasi Allohning beqiyos qudrati va ulug‘ligining ifodasi ekanini ta’kidlab, unga hamdu sanolar o‘qiydi. Navoiy bobda g‘oyat ustalik bilan Allohning erdagi tajallisi tasvirini ushbu yozilayotgan dostoni g‘oyasi bilan bog‘liq holda bayon qiladi. YAratuvchining har erdagi tajallisi jahonda Layli bo‘lib ko‘rinadi, jilva qiladi, uning bu xususiyati esa yaratilganlarni Majnun qilishdan iboratdir: Ey har sorikim, qilib tajalli, Download 335.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling