xususiyatlariga ular o’sadigan muhiti muhim ahamiyatga ega. O’simliklar
qoplamining normal rivojlanishiga iqlim omillari bilan bir qatorda tuproq asosiy
hududlarining tuproqlari genetik jihatdan farq qilishi ularning turli balandlik
pog’onalarida joylashganligi bilan belgilanadi. Joyning absolyut balandligi oshib
15
borgan sari hududlardagi havoning iqlim rejimi iliqlashadi, atmosfera yog’inlari
miqdori ortib boradi va o’simlik jamoalarining almashinuvi kuzatiladi.
O’rganilayotgan hududda asosan avtomorfik bo’z- tuproq, qoramtir bo’z
tuproq, malla bo’z tuproqlar tarqalgan. Bu tuproqlar o’rta tog’ mintaqalari uchun
xosdir.
Adir mintaqasi - Zarafshon tog’larning shimoliy va janubiy g’arbiy
qismlarini egallab, dengiz sathidan 800-1200 metrgacha bo’lgan joyni tashkil
etgan. Tuproq hosil qiluvchi gips-lyoss bo’lib, uning mexanik tarkibi
maydalashgan o’rtacha va og’ir shag’allardan iborat.
Tuproqning bu kabi tipi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, subtropik
tabiatni va u o’zining kelib chiqishi va tarkibi bilan boshqalarga o’xshamaydi.
Bo’z tuproqlarni hosil bo’lishi uchun tuproq shakllanishidagi yirik sikllarning
kontrastligida namoyon bo’ladi.
Efemeroid o’simliklarning kuchli vegetatsiyasi va zich qoplanganligi
mintaqada chimli joylarni shakllanishida muhim ahamiyatga ega. O’z navbatida
tuproqda chimni hosil bo’lishi organik moddalarni katta massasini to’planishiga
olib keladi. Bu esa tuproqlarda mikroorganizmlarning ham faoliyatiga ijobiy ta’sir
etib, tuproqdagi minerallar almasinuvini yaxshilaydi.
Zarafshon tog’laridan lyossli qatlamlarida tipik bo’z tuproq va qora bo’z
tuproq tarqalgan bo’lib, ular o’z navbati bilan dengiz sathidan balandligiga qarab
almashinib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: