Muzaffarova vazira shuxrat qizi samarqand viloyatining botanik tabiat yodgorliklari, biologiyasi va ularni
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
samarqand viloyatining botanik tabiat yodgorliklari biologiyasi va ularni muhofaza etish (1)
Cercis siliquastrum
ko’chasida va SamDU bosh binosi hovlisida ekil- gan va hozirda ko’paytirilmoqda. Gullaganda juda ajoyib manzara hosil qiladi.
45
Asriy hisoblangan yagona tup “Shifo” bolalar sil kasalliklari sanatoriyasi hovlisida, Ohalik daryochasiga yaqin joyda o’sib turibdi. Qurish alomatlari yo’q. Daraxt tanasi o’ndan ziyod tuplardan tashkil topgan, bo’yi 4-5 m ga yetadi. Tuplar atrofi doimo yumshatiladi, ammo sug’orilish holati o’rtacha, yozdayoq barglari to’kila boshlagan.
Tikanli gledichiya-Gleditschia triacanthos Burchoqdoshlar (Fabaceae) oilasiga kiruvchi, bo’yi 30-40 m, diametri 0,7 m ga yetadigan daraxt. Shox- shabbasi katta, yoyiq, siyrak, po’stlog’i silliq, qo’ng’ir-kulrang, yosh novdalari va shoxlarining po’stlog’i kulrang. Novda, shoxlaridagi burglar qo’ltig’ida shoxlanib ketgan tikanlar bo’ladi, bu tikanlar o’zgargan novdalardir. Barglari uzun bandli, novdalarining pastki qismidagilari juft patsimon, o’rta qsimidagilari qo’sh patsimon tuzilgan. Bargchalari mayda, oval shaklda, cheti tekis. Aprel-may oylarida gullaydi, gullari kichik shingilsimon to’pgul hosil qiladi. Ular mayda, tukli, gulqo’rg’oni yashil rangda, xushbo’y, nektarli bo’ladi. Ikki jinsli, ba’zan bir jinsli bo’ladi. Dukkagining bo’yi 50 sm ga, eni 3-4 sm ga yetadi, yetilish oldidan to’q jigarrangga kiradi. Mevasining eti mazali, tarkibida fitonsid bor. Dukkagining ichida loviyasimon urug’ bo’ladi. Urug’i endospermasiz, po’sti juda qalin va qattiq bo’lib, uug’ning tez unib chiqishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun urug’ini sepishdan oldin suvda ivitib, po’sti zararlantiriladi. U shundagina unib chiqadi. Gledichiya tez o’sadi. Qurg’oqchilikka, sho’rlanishga chidamli va
yorug’sevar. Ihota
o’rmonzorlarini tashkil etishda ekiladi. Vatani Amerika, Sharqiy Osiyo, Afrika. Sanatoriya hududida gledichiyaning bir tupi o’smoqda. Daraxtda qurish alomatlari yo’q. Yoshi taxminan 135. Har yili hosil beradi. Alohida muhofaza etilmaydi.
Yapon soforasi-Sophora japonica Burchoqdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub manzarali daraxt. Bo’yi 20-25 m keladi, shox-shabbasi yoyiq, sharsimon. Po’stlog’i katta yoshida bo’yiga yorilgan bo’ladi va qoramtir tusga kiradi, shoxi va novdalarining po’stlog’i silliq va to’q yashil bo’lib, yasmiqchalari bor. Bargalri
46
navbat bilan joylashadi, toq patsimon tuzilgan bo’lib, 7-17 ta tuxumsimon bargchalardan iborat. May oyida gullaydi, gullari sarg’ish, oq, xushbo’y. Gullari shingil to’pgulda joylashadi. Dukkagi oktabr oyida yetiladi, u daraxtda osilib turadi, seret, sirti cho’tri, pallalarga ajralmaydi,yelimsimon suyuqlik bilan to’la, avval yashil bo’lib, so’ng to’q qizil rangga kiradi. Urug’i qora bo’lib, loviyaga o’xshab ketadi. U bahorda ekilsa, 10-15 kundan so’ng unib chiqadi. To’pguli va to’pmevalari jozibali manzara hosil qiladi. Vatani Xitoy, Yaponiya, Koreya. Bu daraxt Yaponiya va Xitoyda tabiiy holda o’sadi.
Bu daraxt birinchi marta XVIII asr o’rtalarida Yevropaga keltirilgan. Keyinchalik Shimoliy Kavkaz, Janubi-g’arbiy Ukraina, Qrim, O’rta osiyo yerlariga tarqalgan.
Yapon soforasining yog’ochi uy anjomlarini tayyorlashda ishlatiladi, barg va mevasidan sariq bo’yoq olinadi, guli va mevasi tabobatda har xil kasalliklarni davolashda qo’llaniladi.
Sanatoriya hududida bir tup 135-136 yoshlardagi asriy yapon soforasi o’sib turibdi. Gullaganda juda chiroyli bo’ladi. Sanatoriya hovlisining boshqa joylarida ham urug’idan o’stirilgan tuplari o’sib turibdi.
Soxta kashtan - Aesculus hippocastanum Otkashtandoshlar (Hippo- castanaceae) oilasiga kiradi. Bo’yi 25-30 m, diametri 1 metrga yetadigan manzarali daraxt, aprel-may oyida gullaydi, gullari oq. Vatani Bolqon yarim oroli.
Samarqand shahri ko’chalarida ekilgan. Yoshi kattalari 1873-yilda ekilgan bo’lib, shaharning Amir Temur ko’chasidagi bolalar bog’chasi hovlisida o’smoqda.
Sanatoriya hududida ham bir necha tup soxta kashtan o’sib turibdi. Urug’idan ko’paytirilgan yosh tuplari ham bor. Asriy tuplarida qarilik (qurish) alomatlari bor.
Maydabarg jo’ka-Tilia cordata Jo’kadoshlar (Tiliaceae) oilasiga mansub, bo’yi 30 m, diametri 2-5 m ga yetadigan daraxt. May oyida gullaydi. Gullari sarg’ish, hidli. 10-12 kun davomida gullaydi, asalshiraga boy. 300-400 yil 47
yashaydi. Manzarali o’simlik sifatida ekiladi, ihota o’rmonlari tashkil etishda qo’llaniladi. Vatani Markaziy va G’arbiy Yevropa.
“Shifo” bolalar sil kasalliklari sanatoriyasi hovlisida 3 tupi o’sib turibdi. Shulardan 2 tasi eski bino devori yonida bo’lib, ancha noqulay sharoitda o’smoqda. Eng yirik tupi 15 metrcha bo’lib, o’yin maydoni o’rtasida, sug’orish moslamalari mavjud. Yuqorida keltirilgan o’simliklarning barchasi Samarqand shahriga XIX asrning so’nggi choragida keltirib ekilgan o’simliklardan hisoblanadi. Ular sanatoriya rahbariyati va tegishli tashkilotlar tomonidan ro’yxatga olingan va muhofaza etiladi. Sanatoriya hududida bu turlardan tashqari, mahalliy asriy daraxtlardan oq tutning 300-400 yoshli tuplari o’sib turibdi. Oq tut-Morus alba Tutdoshlar (Moraceae) oilasiga kiradi. Bo’yi 10-15 m ga yetadigan mevali daraxt. Aprel oyida gullaydi. May oyida meva hosil qiladi. Vatani O’rta Osiyo. Sanatoriya hududida o’sib turgan tut daraxtlari 300-400 yoshlarda bo’lsa-da, shox-shabbasi unchalik katta hajmga ega emas. Chunki bu tutlar ipak qurti boqish uchun kesib turiladi. Samarqand viloyatidagi botanik tabiat yodgorliklarini o’rganish, ularning o’sish holatini aniqlash muhofaza etish muhim amaliy va ilmiy ahamiyatga ega. Yuqorida keltirilgan botanik tabiat yodgorliklarini muhofaza etish va ko’paytirish lozim. Ulardan arg’uvonning mavjud tupi Samarqand viloyatida yagona va noyob hisoblanadi. E’tibor bergan bo’lsangiz, yuqorida keltirilgan o’simliklarning aksariyati manzarali o’simlik sifatida ekilgan. Demakki, ular o’sib turgan hududiga ajoyib manzara beradi. Shu sababli ham, ularni muhofaza etishga o’sha yerda yashab turgan har bir kishi mas’uldir. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling