Muzey ashyolarini hisobga olish


Download 15.83 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi15.83 Kb.
#1016872
Bog'liq
Muzey ashyolarini hisobga olish


Muzey ashyolarini hisobga olish

Reja:





  1. Muzey fondlarini hisobga olishning maqsad va vazifalari.

  2. Fondlarni hisobga olish va hisob hujjatlari.

  3. Muzey fondlarini ilmiy kataloglashtirish.

Muzey fondlari - davlat mulkidir. Har bir muzeyning fondlarini yuridik himoyalash zarur. Bundan maqsad:


- Ashyolarni tegishli muzeyga qat`iy joylashtirish va buni qonunan kafolatlash;
- Muzey fondidagi ashyolarning yuridik holatini rasmiylashtirish;
- Ashyolarni tegishli ilmiy xodimlarga biriktirish, chunki ular ashyolarning saqlanish darajasiga javob beradi;
- Hali muzey fondlarida bo`lmay vaqtinchalik saqlanayotgan ashyolarni rasmiylashtirish;
- Muzey ichkarisida va zalida joylashgan ashyolarni ajratish;
- Ashyolarning dastavval va hozir qanday ekanligini nazorat qilish;
- Ashyolarning turar joylari to`g`risida tezda ma`lumotlar bilish va topishda imkoniyatlar yaratish;
- Normativ hujjatlarga muvofiq muzey fondlaridan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish va boshqalar.
O`zbekiston muzeylarida asosiy yuridik hujjatlar qabul qilish, topshirish, kirish va ilmiy inventar kitoblaridir. Yuridik kuchga ega bo`lgan hujjatlar, ro`yxatga olinadi va umrbod saqlashga beriladi. Ba`zi hujjatlar yuridik kuchga ega bo`lmaydi. Masalan: hisob, topografik kartotekalar.
Fondlarni hujjatlashtirishda asosan ularni klassifikatsiyalash va tizimga solish nazarda tutiladi. Fondni hujjatlashtirish tizimi qanchalik ilmiy va mustahkam bo`lsa ish shuncha yaxshi tashkil etilgan va qulay bo`ladi.
Fond hujjatlashtirilishi bir paytning o`zida informatsion tizim hamdir. Alohida va guruhli muzey ashyolarini tadqiq qilish va ularni maqola va monografiya tarzida chop etish muhim masaladir. Umumdavlat muzey informatsion tizimini tashkil etish og`ir masaladir.
Muzey informatsion tizimi fond ishini rejalashtirish va rivojlantirishda ko`rgazmalar tashkil etish, tanlashda katta ahamiyatga ega.
Fond informatsion tizimi har bir mutaxassisga ham kerak bo`lishi mumkin. Geograf, san`atshunos, filolog, medik, rassom, arxitektor, yozuvchi, rejissor, aktyor va boshqalar.
Fond informatsion tizimini tashkil etish eng og`ir masalalardan biri bo`lib, buni zamon talabiga javob berishi uchun EHM orqali avtomatlashtirish kerak.
Fondlarni hisobga olish.
Ashyolarni muzeyga qabul qilish mas`ul ishdir. Muzey yig`imining sifati talabga javob berishi kerak. Bu ishni maxsus komissiya hal qilib, qaror chiqaradi.
Ashyo hali muzey fondiga o`tkazilmay mutaxassislar uni o`rganadi va xulosalarini komissiyaga taqdim qiladi. Muzeyga kelgan ashyolarni rasmiylashtirish uchun avvalo bu ashyoni topshirgan va qabul qilib olgan shaxs akt yoki kvitansiyalarni hujjatlashtirib imzo chekadi. Akt yoki kvitansiyaga rivoyat yoziladi. (qayerda ishlangan, qachon foydalanilgan, memorial ahamiyati va b.)
Ko`plab ashyolarni qabul qilishda kolleksion opis yoziladi.
O`zbekiston muzeylarida ekspeditsiyada to`plangan, sotib olishgan va sovg`a qilingan ashyolar komissiya ko`rguniga qadar alohida joyda vaqtinchalik hisobda turadi.
Bayonnomaga komissiyaning ashyoni muzeyga qabul qilish va uni umrbod saqlash to`g`risidagi qarori yoziladi. Bular eng kamida uch nusxada bo`ladi. Ashyoning umrbod qabul qilinishi katta ahamiyatga ega. Bundan ashyoning muzeyga tegishli ekanligi, yuridik mohiyati boshlanadi. Ashyoning qabul qilinish akti, imzolanadi, saqlashga ma`sullar imzo chekadilar. Akt direktor tomonidan tasdiqlanadi va muhrlanadi. Ashyolar dastlab ro`yxatga o`tgandan boshlab toki davlat mulki bo`lgunicha hisobga olinadi.
Har bir ashyoga tartib nomeri muzey shifri bilan qo`shib qo`yiladi. Masalan: Davlat tarixiy muzeyi (DTM) - A.T.105809.
Ashyolar soni tartib raqami bilan belgilanadi. MasalanD.T.M. A.T. - 1865-2020. Kirim (kniga postupleniy) kitobi - katta ahamiyatga ega bo`lgan yuridik aktdir. To`ldirilguncha har bir varag`i raqamlanadi, tikiladi, imzo chekiladi, muhr qo`yiladi.
Katta ahamiyatga ega bo`lgan hisob hujjatlari yuridik kuchga ega bo`lib maxsus kitob va opislarga yoziladi.
Umrbod, vaqtincha saqlashga berilgan ashyolarning aktlari va umrbod, vaqtincha saqlashga qabul qilingan ashyolarning aktlari 4 ta maxsus deloda saqlanib, yil oxirida raqamlanadi, tikiladi, muhrlanadi.
1 yanvargacha har yili opis qo`yildi.
Muzey fondlarida ilmiy asoslangan katalog tuzish uning o`z funksiyasini to`g`ri bajarilishiga xizmat qiladi.
Muzey kataloglari - muzey ashyolarini xarakterlab beradi. Kataloglar tizimli va alfavitli bo`ladi. Masalan «fan va madaniyat» bo`limi T dan E harfigacha qo`yiladi (T-E) Masalan «xalq ta`limi» shohobchasi «Fan va madaniyat» bo`limiga kiradi, indeksi - T, Fan bo`limi - U -8 qo`yiladi, ijtimoiy fanlarga 25-39 raqamgacha indeks qo`yiladi. U 8 - 25-39. EHM muzey ishini yengillashtirishda va zamon talabiga javob berishda katta ahamiyat kasb etadi.
Аdabiyotlar:



  1. Instruksiya po uchetu i xraneniyu muzeyno`x sennostey v muzeyax sistemo`.

  2. Kirshenko. Istoricheskiy muzey. M.. 1984.

  3. Moziydan sado. 2001 yil, №1-2.

  4. Muzeyevedeniye. Muzey istoricheskogo profilya. M., 1988.

  5. Razgon. A. M. Muzeyno`y predmet kak istochnik. Problemo` istochnikovedeniya istorii i spetsalno`x istoricheskix dissiplin. M., 1984.

  6. Sodiqova. N. Madaniy merosimiz xazinasi. Т., 1981.

Download 15.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling