Muzliklar va ularning geologik faoliyati. Muzliklarning yotqiziqlari
Download 51.62 Kb.
|
Muzlik yotqiziqlari
Muzliklar - koʻrinishi va xususiyatlari jixatidan ham boʻlinadi. Mas, ostki qavati qattiq muzdan iborat firn muzligi, soʻngan vulkan kraterlarida joylashgan kaldera muzligi, yuqori qismiga qor toʻplanadigan havza, quyi qismi muzlik tilidan iborat vodiy muzligi va X..K. Bulardan tashqari, vodiyda sharsharaga oʻxshab osiliv turgan osma vodiy muzligi, togʻning ikki yon bagʻriga oqib tushgan xurjun shaklidagi muzlik (Pomirdagi Nalivkin muzligi), yassitogʻlarda joylashgan Skandinaviya tipidagi muzlik, materikni qoplab olgan Grenlandiya tipidagi materik muzligi (Arktika va Antarktidada) bor. M. chuchuk suv manbai hisoblanib, ayniqsa, qurgʻoqchil rayonlarda (mas, Oʻrta Osiyoda) katta ahamiyatga ega. Oʻrta Osiyo togʻlarida 7000 gayaqin kattakichik M. bor. Ularda taxminan 2000 km3 suv boʻlib, u Oʻrta Osiyo daryolaridan deyarli 12 yil davomida oqadigan suv miqdoriga teng. Oʻzbekistondagi koʻpgina yirik daryolar, mas, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Soʻx va boshqa M.dan boshlanadi va respublika xalq xoʻjaligidagi shirkat va dehqon fermer xoʻjaliklari yerlarini.suv bilan taʼminlashda katta ahamiyatga ega. M.dagi suv resurelaridan toʻgʻri va ratsional foydalanish uchun muzlik rejimini, tashki va ichki jarayonlarini bilish lozim. Bu ishlar bilan asosan, glyasiologiya fani shugʻullanadi. Oʻrta Osiyodagi M., asosan, Oʻzbekiston FA, Oʻrta Osiyo Gidrometeorologiya instituti va qoʻshni mamlakatlar ilmiy markazlari tomonidan oʻrganilmoqda.
Download 51.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling