Mxvkm- 71 gurux talabasi abduvaxobov bexruzbek


Download 4.07 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi4.07 Kb.
#1374292
Bog'liq
ABDUVAXOBOV BEXRUZ


STOL TENISI
MXVKM- 71 GURUX TALABASI
ABDUVAXOBOV BEXRUZBEK

Stol tennisi — kichik koptok va raketkalar bilan stolda o‘ynaladigan sport o‘yini. Sharqiy Osiyoda paydo bo‘lgan. 20-asrning 20-yillaridan ko‘p mamlakatlarga tarqalgan. Dastlab «ping-pong» (frantsuzcha pingpong -koptokning raketka va stolga urilishida chiqadigan ovoz) deb atalgan.

Stol tennisi uchun, odatda, stol o‘lchami 152,5x274,3 sm, balandligi 76 sm bo‘ladi. Yog‘och raketkaning yuziga rezina plastina qoplanadi. Koptok oq plastikadan yasaladi, diametri esa 37,2—38,2 mm, og‘irligi 2,4—2,53 g. O‘yin maydonchasining o‘lchami 6—7 x 12–14 m. Rasmiy musobaqalar sport zallarida o‘tkaziladi: erkaklar va ayollar — jamoa bo‘lib, yakka holda va juftlikda hamda aralash juftlikda musobaqalashadilar. Uyin 3 yoki 5 partiyadan o‘ynaladi.

O‘yinchilardan biri 21 ochko to‘plasa, u g‘olib hisoblanadi. Agar hisob 20:20 bo‘lib qolsa, unda o‘yinchilardan biri 2 ochko ortiq to‘plaguncha o‘yin davom ettiriladi. Stol tennisi Xalqaro federatsiyasi (ITTF International Table Tennis Federation – Xalqaro stol tennisi federatsiyasi, 1926-yil tashkil etilgan) 130 dan ortiq milliy federatsiyani o‘zida birlashtiradi. 1926-yildan buyon har 2 yilda jahon birinchiligi o‘tkazilgan, 1988-yildan esa Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan.

O‘zbekistonda Stol tennisi keng ommalashgan bo‘lib, O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalari muntazam o‘tkazib turiladi. O‘zbekiston Stol tennisi federatsiyasi 1993-yil ITTFga a’zo bo‘lib kirgan. O‘zbekistonlik Manzura Inoyatova, Saida Burhonxo‘jaeva, Svetlana Getalar jahon chempionatida (Doxa sh., Qatar, 2004-yil mart) 1o‘rinni olib, oltin medallar bilan taqdirlanishgan. Ular bilan birga Nodira Burhonxo‘jaeva, Madina Ayupova ham bir qancha xalqaro turnirlarda g‘olib bo‘lishgan.

Ko‘pchilik sport turlari qatori stol tennisi ham inson salomatligiga ijobiy ta’sir o‘tkazishini alohida aytishimiz joiz. Ushbu sport turi birinchi navbatda ko‘z ravshanligini oshiradi, mantiqan fikrlash, xotira va diqqatni charxlaydi, bo‘g‘imlarning harakatchanligi yaxshilanib, kuch, tezlik, chidamlilik va qobiliyatni tarbiyalaydi. Bundan tashqari, yuqori yelka kamari, oyoq-qo‘llar mushaklari faoliyatini oshiradi.

Ping-pong yoki stol tennisi uchun ishlatiladigan to’plam 2,74 gramm va 40mm diametri bilan tortilgan, selüloid yoki shunga o’xshash plastikdan yasalgan. Qiziqarli haqiqat: 2000 yil oldin to’plari havo qarshilik oshirish va tomoshabinlar yaxshi ko’rish mumkin, shunday qilib, o’yin tezligini olish maqsadida, Sidney Olimpiada o’yinlarida 38mm bilan almashtirildi, deb edi 40mm haqida edi o’yin va shu sababli uning mashhurligini oshiradi.

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 4.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling