My insurance
Download 37.06 Kb.
|
amaliyot jaloliddin
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Bitiruv oldi amaliyoti bo`yicha HISOBOT “MY INSURANCE” AJ ST “MY INSURANCE” AJ ST boshlig`i : M. B. Ko’charov. Bitiruv oldi amaliyotiga universitetdan raxbar :Djurayev To`lqinjon Amaliyotchi Talaba 015 -18 guruhi talabasi Raxmonov Jaloliddin
Reja: Korxona haqida ma`lumot “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” haqida tushuncha. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari Axborot komplekslarida ma’lumotlar bazasini tashkil etish va boshqarish. 6 Sug‘urta faoliyatida axborot komplekslari va texnologiyalari 7 Xulosa 8 Foydalanilgan adabiyotlar Korxona haqida ma`lumot Ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalarining joriy qilinishi yosh avlodning intellektual rivojlanishi hamda jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy modernizasiya qilishning asosiy faktori va muhim sharti hisoblanadi. Respublikamizda mustaqillik yillarida ta’lim tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda ulkan natijalarga erishildi. Mamlakatimizni jahon axborot makoni bilan integrasiyasiga yo‘naltirilgan axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati aniq belgilab qo‘yilgan. 2013-yil 13-martda “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish Konsepsiyasi” qabul qilindi va unga ko‘ra ta’lim jarayonida AKTni qo‘llashning yangi kuch bilan rivojlanishiga zamin bo‘ldi. Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishda, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalariga zamonaviy Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarini (AKT), kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda, fuqarolarning axborotlarga ortib borayotgan talablarini to‘la qondirishda, jahon axborot hamjamiyatiga kirishda va axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishda «Informatsion-kommunikatsion texnologiyalari» fanini o‘qitish katta ahamiyatga molikdir. Hozirgi kunda O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi islohotlarning asosini shakllantiruvchi qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amalga oshirilib kelinmoqda. Bular asosida “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlar alohida o‘rin to‘tadi. Bu qonunlardan kelib chiqadigan vazifa, ta’lim dasturlari mazmunining yuqori sifatiga erishish va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilishdir. Ushbu uslubiy qo‘llanma “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fanining o‘quv dasturi va mavzular rejasiga asosan yozilib, oliy o‘quv yurtlarining barcha moliya-iqtisod mutaxasisliklari yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fanini o‘qitishdan asosiy maqsad talabalarni zamonaviy texnik vositalar, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama tanishtirishda innovatsion texnoligiyalarini qo‘llagan holda foydalanishdan iboratdir. Uslubiy qo‘llanmada keltirilgan mustaqil ta’lim yuzasidan metodik ishlanmalar va masalalarning har biri o‘zida o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish shart-sharoiti to‘g‘risida axborot materiallarini mujassamlashtirgan. Uslubiy qo‘llanma tarkibi kirish, mavzu bo‘yicha nazariy qism, ish tartibi, topshiriq va variantlarlarni o‘z ichiga oladi. Mavzular yetarli darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan. "My Insurance" Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti" Mamlakatimizda bugungi kunda 40 dan ortiq sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan "MY-INSURANCE" AJ ST mana qariyib 13 yil vaqt mobaynida milliy sug‘urta bozorida o‘z mahsulotlarini taqdim etib, sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi sifatida mazkur islohotlar ijrosida o‘zining faolligini ko‘rsatib, yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Ushbu davr mobaynida kompaniya sug‘urtaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida, jahon sug‘urta bozorining bosib o‘tgan yo‘li va O‘zbekiston sug‘urta bozorida to‘plangan tajribaga asoslanib doimiy tarzda respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotini barqarorlashtirishda va xalqimiz yashash farovonligini yanada oshirishda o‘zining munosib ulushini qo‘shib, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari va ularning birlashmalari, davlat boshqaruv organlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birga qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda Kompaniya MY INSURANCE bugungi kunda ixtiyoriy sug'urtaning 17 turiga doir litsenziyaga ega va O'zbekiston sug'urta bozorida jadal rivojlanayotgan moliyaviy tashkilotlardan biri hisoblanadi. MY INSURANCE ning barqaror rivojlanishiga professionallik, tezkorlik, har bir mijozga alohida yondashuv, kompetensiya, xodimlarning tashabbuskorligi va javobgarligi ta'sir etadi. Bugungi kunda My Insurance rivojlanishining asosiy strategik yo'nalishlaridan biri MY INSURANCE , bu talablarga mos keladigan sug'urta dasturlari va xizmatlarini yaratish, shuningdek, mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan sheriklik va o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish orqali o'z faoliyatini kengaytirishdir.ning barqaror rivojlanishiga professionallik, tezkorlik, har bir mijozga alohida yondashuv, kompetensiya, xodimlarning tashabbuskorligi va javobgarligi ta'sir etadi. Bugungi kunda My Insurance rivojlanishining asosiy strategik yo'nalishlaridan biri MY INSURANCE , bu talablarga mos keladigan sug'urta dasturlari va xizmatlarini yaratish, shuningdek, mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan sheriklik va o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish orqali o'z faoliyatini kengaytirishdir. Axborotta’minoti–avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy element ihisoblanib, boshqariluvchi o’byektning holatini tavsiflovchi axborotlarni yoritib berish uchun tashkil qilinadi va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, obyektning tashkiliy tuzilmasi va undagi axborot tizimlari funkstional quyi tizimlarga to‘q’ridan to‘q’ri bog‘liq bo‘ladi. Axborot ta’minoti – obyekt holatini tavsiflab beruvchi axborotlarni ifodalash uchun yaratiladi va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Axborot ta’minotini loyihalashtirish bosqichida axborotlarni shakllantirib olish masalasi asosiy ishlardan biri hisoblanadi. Qo‘llash sohasidan qat’iy nazar, axborot tizimlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi bir qator ta’minotlar bilan bog‘liqdir. Ularni dasturiy, tеxnik, huquqiy, axborot, tashkiliy, matеmatik va lingvistik ta’minotlarga ajratilishi qabul qilingan. Axborot ta’minoti – axborot tizimlarida ma’lumotlar omborini yaratish, hujjatlashtirishning bir xil tartibga kеltirilgan tizimlarini ichiga olgan axborotni kodlashtirish, joylashtirish va tashkil qilish bo‘yicha uslublar va vositalar yig‘indisidir. Qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining ishonchliligi va sifati ko‘p jihatdan ishlab chiqilgan axborot ta’minoti sifatiga bog‘liq. Axborot ta’minotining asosiy vazifasi moddiy obyektlarni boshqarishda samarali qarorlar qabul qilish uchun tizimni aniq ma’lumotlar bilan ta’minlashdan iborat. Shu sababli axborot ta’minoti quyidagi shartlarga javob berishi kerak: 1. Funksional masalalarni yechish uchun anik va yetarli, to‘liq va asosli ma’lumotlarni uz vaktida yetkazib berish. 2. Masalalarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlash. 3. Ma’lumotlarni saqlash va qidirishni samarali tashkil qilish. 4. Elektron hisoblash mashinasi va undan foydalanuvchilar o‘rtasidagi ishlashning tartibini tashkil qilish. Axborot ta’minotini yaratishda turli masalalar hal qilinadi. Ulardan bir qismi ma’lumotlarni kompyuter tizimi yordamida ishlashga tayyorlash bo‘lsa, ikkinchi qismi ma’lumotlarni kompyuter tizimidan tashqarida saqlash, qidirish va qayta ishlash bilan bogliqdir. Shu sababli axborot bilan ta’minlashni ikki guruhga ajratish mumkin: 1. Mashinadan tashqarisidagi axborot ta’minoti. 2. Mashina ichidagi axborot ta’minoti. Mashina tashqarisidagi axborot ta’minoti quyidagi tizimlarni o‘z ichiga oladi: 1. Hujjatlar tizimi. 2. Ma’lumotlarni ixchamlashtirish tizimi. 3. Ma’lumotlarni ifodalash tizimi. Boshqarish funksiyalarini ifodalovchi birlamchi hujjatlarning turli – tumanligi hisobot ishlarini amalga oshirishni murakkablashtiradi. Bir xil bolgan ma’lumotlar birlamchi hujjatlarda turlicha aks ettiriladi. Bu esa, o‘z navbatida ma’lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida hujjatlarning yagona umumlashtirilgan tizimlarini xosil qilish zarurati tug‘iladi. Axborot texnologiyalari (AT) - elektronika va hisoblash textexnikalari vositalarini qollashga asoslanib axborotlarni saqlash, qayta ishlash, uzatish, taqdim etish va ulardan foydalanishning usullari tizimidir. Axborot komplekslarining asosiy atamalari va tushunchalari Ma'lumotlar banki - ma'lumotlar bazasiga qaraganda kengroq tushuncha bolib, bir nechta malumotlar bazasi, MBBT va texnik- dasturiy vositalar toplamini qamrab oladi. Ma'lumotlar bazasi - tashkil etish qoidalari ma'lumotlarni yoritish, saqlash va ishlov berishning umumiy tamoyillariga asoslangan ozaro bogliq ma'lumotlar to'plamidir. Axborot mahsuloti - insonning intellektual faoliyati natijasi hisoblanadi va moddiy yoki nomoddiy shaklda tarqatish uchun tayyorlangan ma'lumotlar to'plamini aks ettiradi. Axborot tizimi - texnik (apparat) va dasturiy vositalar, kommunikatsiya, shuningdek, axborotli jarayonlarni ta'minlaydigan foydalanuvchilar (xodimlar) to'plamidir. Axborot xizmati - bu axborot mahsulotlarini olish va foydalanuvchi ixtiyoriga taqdim etish jarayonidir. Avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) – foydalanuvchining aniq funktsiyalarini bajarishni avtomatlashtirish uchun zarur bo'lgan barcha vositalar (tashkiliy, texnik, dasturiy ta'minot, aloqa) bilan jihozlangan ish joyi. Aхbоrоtlаrni mоddiy tаshuvchilаrdа uzоq sаqlаsh usullаrini yarаtilishi bilаn bоg ʻ liq. 2-B. Tаhminаn 6 ming yil аvvаl bоshlаngаn vа yozuvning paydо bo ʻ lishi bilаn bоg ʻ liq. Ахbоrоt komplekslari va tехnоlоgiyalаri ning rivоjlаnish bоsqich lar i 3-B. 19-asrning ikkinchi yarmiga qadar davom etadi- "qol" axborot texnologiyalariga asoslanadi, undagi vositalar - qalam, siyohdon va kitob. Aloqa xatlar, paketlar, jo'natmalar pochta orqali yuborish bilan qo'lda amalga oshirilgan. Texnologiyaning asosiy maqsadi ma'lumotlarni kerakli shaklda taqdim etishdan iborat. 4-B. 19-asr oxiridan boshlanadi- "mexanik" texnologiya. Undagi vositalar: yozuv mashinasi, telefon, diktofon pochta orqali etkazib berishning yanada rivojlangan vositalari bilan jihozlangan. Bu texnologiyaning asosiy maqsadi qulayroq vositalar yordamida ma'lumotlarni kerakli shaklda taqdim etishdan iborat. Ахbоrоt komplekslari va tехnоlоgiyalаrini o ʻ rgаnish uch qismdаn ibоrаt: 1. AKvaTni tаshkil qilishning nаzаriy аsоslаri o ʻ rgаnilаdi, bundа аsоsiy etibоr ахbоrоt tizimini yarаtish tаmоyillаri, rivоjlаntirish bоsqichlаri, iqtisоdiy ахbоrоtning хususiyatlаri, tuzilishi vа qаytа ishlаsh jаrаyonlаrigа qаrаtilgаn. 2. Ахbоrоt tехnоlоgiyalаri vositalаri: kompyuter tехnikаsining tuzilishi, fоydаlаnish usullаri, mаtеmаtik, texnik dаsturiy vа uning fаоliyatini bеlgilоvchi lingvistik ergаnоmik vа umumiy tаminоtlаrni o ʻ rgаnаdi. 3. Bоshqаruv subеkti fаоliyatigа tааlluqli bo ʻ lgаn iqtisоdiy mаsаlаlаrni yеchish yo ʻ llаri o ʻ rgаnilаdi Ахbоrоt komplekslari iqtisоdiy-moliyaviy mаsаlаlаrni yechishdа quyidаgi аsоsiy jаrаyonni o ʻ z ichigа оlаdi: 1.Ахbоrоtni yig ʻ ish vа ro ʻ yхаtdаn o ʻ tkаzish 2. Ахbоrоtga dastlabki ishliv berish 3. Mаlumоtlаrni sаqlаsh vа izlаsh 4. Aхbоrоtlаrni saralash 5. Aхbоrоtlаrga yakuniy ishlov berish 6. Ахbоrоtni chоp etish vа ахbоrоtdаn fоydаlаnish 7. Qapop qаbul qilish vа bоshqаruv tаsirini ishlаb chiqish Axborot texnologiyalariga qoyiladigan asosiy talablar: roxatga olish, tahlil qilish, shuningdek, davriy va boshqa hisobot shakllarni tuzish funksiyalarini avtomatlashtirilishi hisobiga boshqaruv apparatiga axborotli xizmat korsatish sifatini oshirishi lozim; bajariladigan funktsiyalarni avtomatlashtirish va natijada xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish hisobiga boshqaruvni tashkil qilishni takomillashtirish va ortiqcha qo'l mehnat talabini kamaytirishi zarur. ma'lumotlarga ishlov berish va chiqish hujjatlarini so'rov-javob tartibida olishning avtomatlashtirilgan usullaridan foydalanish hisobiga axborotlar ishonchliligi va dolzarbligini oshirishi lozim; algoritm ishlab chiqilishni osonlashtirish uchun faqat yahshi tarkiblashtirilgan masalalarni yechish; meyoriy hujjatlar bilan belgilangan standartlar asosida ma'lumotlarga ishlov berish jarayonlarini bajarish; nazoratni amalga oshirish uchun hodisalar tarixini saqlab qolgan batafsil ma'lumotlardan foydalanish; ishning asosiy qismini insonning ishtirokini kamaytirgan holda avtomatik tartibda, muammolarni hal qilishda turli darajadagi mutaxassislarning minimal yordami bilan bajarish; texnik naminotga minimal talablarni qoyilishi. Keng tarqalgan axborot texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1.Ma'lumotlarga ishlov berish texnologiyalari. Unning xususiyatlari AT yordamida axborotlarga ishlov berish asosiy bosqichlari Boshqaruvdagi axborot texnologiyalarini maqsadi korxonaning har qanday boshqaruv darajasida qaror qabul qilish bilan shug'ullanadigan barcha xodimlarning axborot ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Bunday texnologiyalar odatda, ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish, tahlil qilish va tartibga solish uchun ishlatiladi. 2. Boshqaruv axborot texnologiyalari Bunday axborot texnologiyalarining maqsadi - kompyuter tarmoqlari va boshqa axborot uzatish va ishlov berish vositalari asosida tashkilotning ichki va tashqi muhit bilan kommunikatsiya jarayonlarini tashkil etish va qo'llab- quvvatlashdir. Kolami va turlari korxona turiga, hajmiga va undagi axborot texnologiyalarining rivojlanish darajasiga bog'liq bo'lgan turli axborot texnologiyalarining to'plami. 3. Tashkilot axborot texnologiyalari Bugungi kunda tashkilotda eng ko'p ishlatiladigan axborot texnologiyalari matnli hujjatlarni tayyorlash texnologiyalari multimedia texnologiyalari tarmoq axborot texnologiyalari ma'lumotlar bazasi va banki texnologiyalari Matnsiz ma'lumotlarga turli ishlov berish texnologiyalari shaxsiy axborot texnologiyalari Bu texnologiyaning asosiy maqsadi inson tomonidan kompyuterda tayyorlangan hisob-kitob ma'lumotlari asosida qarorlar ishlab chiqishdir. 4. Qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlash axborot texnologiyalari (QQQQT) Birinchi sinf QQQQT davlat organlarida va yirik kompaniyalarnin g boshqaruv organlarida kompleks maqsadli dasturlarni rejalashtirishda foydalanishga mo'ljallangan. Ikkinchi sinf QQQQT - ma'lumotlar bazalari to'g'ridan-to'g'ri ijrochilar tomonidan shakllantiriladigan individual foydalanish tizimlari hisoblanadi. Ular o'rta darajadagi davlat xizmatchilari, o'rta va kichik korxonalar menenjeri tomonidan operatsion boshqaruv vazifalar uchun mo'ljallangan. Uchinchi sinf QQQQT - bu foydalanuvchi tajribasiga moslashgan shaxsiy foydalanish tizimi hisoblanadi. Tizimni tahlil qilish va boshqarishning tez- tez uchraydigan amaliy muammolarini hal qilish uchun mo'ljallangan. Ekspert tizimlarining (ET) asosiy maqsadi - bu tizimlar yo'naltirilgan bilim sohalaridagi muammolar bo'yicha ekspert mutaxassislarga maslahat berish imkoniyatini taqdim etishdir. Faqatgina bu tizimlargina insonning bevosita ishtirokisiz qaror qabul qilishga imkon beradi. Ekspert tizimlari tor bilim sohalarida foydalanish uchun ishlab chiqilgan. ET ma'lum bir sohada bilimlar bazasidan foydalanadi va sun'iy intellektdan foydalanishga asoslangan. 5. Ekspert tizim axborot texnologiyalari Bunday tizimlar quyidagi maqsadlarda qo'llaniladi: - loyihalarning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi; - loyihani amalga oshirish bilan bog'liq muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo'llarini tahlil qilish; - boshqaruv qarorlarini asoslash; - ekran shakllari va hisobotlar yordamida prognozlar va ish natijalarini hujjatlashtirish. 6. Loyihalarni boshqarish axborot Texnologiyalari Elektron pochta ( ) axborot texnologiyalari - kompyuterlarda lokal va global tarmoqdan foydalanishga asoslangan bo`lib, ichki va tashqi hamkorlarga ma`lumotlar jo`natish yoki ulardan qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Audiopochta - bu ma`lumotlarni matnda emas, balki ovozlar orqali uzatuvchi elektron pochtadir. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Har qanday tizimining maqsadi aniq muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ko’p olimlar ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi aniq muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir deb biladi. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan aniq muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, tashkilot, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar. Ma'lumotlar bazasi –bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma'lumotlar majmuasi bo’lib u ko’rilayotgan ob'yektlarni xususiyatini, holatini va ob'yektlar ortasidagi munosabatni ma'lum sohada tavsiflaydi. Ma’lumotlar bazasini (MB) yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olish zarur: Ma'lumotlar turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga bog’lik bo’lmasligi lozim, ya'ni MBga yangi ma'lumotlarni kiritganda yoki ma'lumotlar turini o’zgartirganda, dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim. MB dagi kerakli ma'lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga xojat qolmasin. Bugungi kunda ma'lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri hozirgi zamon komp’yuterlaridir. Komp’yuterlarda saqlanadigan MB–bu maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Komp’yuter xotirasida har bir fayl, yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bo’ladi. Yozuv – o’zaro boglangan ma'lumotlarning bir qismidir. MBdan samarali foydalanish uchun ma’lumotlar bankini tashkil qilish lozim. Ma'lumotlar banki – bu o’zaro bog’langan ma’lumotlar bazasi bo’lib, dasturiy va texnik ta’minot yordamida ma’lumotlarni saqlash, to'plash, yangilash, qidirish va uzatish imkonini beradigan avtomatlashtirilgan tizimdir. Ma'lumotlar bankining asosiy elementlari - bu ma'lumotlar bazasi va ma'lumotlar bazasi boshqaruv tizimi deb nomlangan dasturiy mahsulot hisoblanadi. Ma'lumotlar banki Ma'lumotlar bazasi Ma'lumotlar bazasi boshqarush tizimi Ma'lumotlar bazasini tashkil kilishda quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: Oddiyligi: Foydalanuvchilar o`z ixtiyorida qanday ma'lumotlar borligini oson tanib va tushunishi lozim. Unumdorligi: Qaysi ma'lumotlardan foydalanish talab qilinsa, shu ma'lumotlarga qo’yiladigan talablar shunday tezliklar bilan ta'minlanish lozim. Tayyorligi: Foydalanuvchi har doim tez ma'lumot oladi, qachonki bu unga zarur bo’lsa. 2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) va uning turlari. Ma’lumotlar bazasini tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma'lumotlarni kiritish va mavjud MBdan foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan dasturlar zarur bo’ladi. Bunday dasturlar majmuini ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deb yuritiladi. Aniqrok qilib aytganda, Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) – bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qo’shimcha ma'lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlar majmuidir. MBBTning tarkibidagi asosiy komponenti – bu ma'lumotlar bo’lsa, boshqa komponenti –foydalanuvchilar, Hardware–texnik va Software –dasturiy ta'minoti hisoblanadi. Hardware tashqi xotiralardan (qattiq disk, yumsoq disk va h. k.) iborat bo’lsa, dastur qismi esa MBBT bilan foydalanuvchi o’rtasidagi mulokotni tashkil qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi o’rganilayotgan ob'yektning ma'lumotlarini ko’rinishiga, ma'nosiga, turiga, tuzilishi va xajmiga bog’lik bo’ladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) quyidagicha tavsiflanadi: Bajarilishlik, foydalanuvchi so’roviga hozirchavoblik bilan muloqotga kirishish. Minimal takrorlanishlik-MBdagi ma'lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma'lumotlarni izlash qiyinlashadi. Yaxlitlik, axborotni MBda saqlash iloji boricha ma'lumotlar orasidagi bog’liklikni asragan holda bo’lgani, ayni muddao. Xavfsizlik MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya kilingan bo’lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma'lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi lozim. Migratsiya–ba'zi bir ma'lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez-tez ishlatilib turiladi. Shuning uchun ma'lumotlarni tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma'lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimida har bir MB modeli quyidagi hususiyatlari buyicha tavsiflanadi: Ma'lumotlar tuzilmalarining turi. Ma'lumotlar ustida bajariladigan amallar. Butunlikning cheklanganligi. Bu hususiyatlarni e'tiborga olgan holda ma'lumotlar bazasini yaratish modellari quyidagi turlarga bo’linadi: Daraxtsimon (iyerarxik) yoki pog’onali modellar. Tarmoqli (turli) modellar. Relyatsion modellar. Daraxtsimon (iyerarxik) modeli pastki pog’onadagi yuqori pog’onadagiga bo’ysinish tartibida joylashgan elementlar to’plamidan iborat bo’ladi va ag’darilgan daraxtni tashkil etadi. Daraxtsimon (iyerarxik) modelda ob’ektlar yozuvlar ko’rinishida ifodalanadi. Ierarxik modelda ikki yarusdagi (qatlam) elementlar bog’langan bo’lsa unday ma’lumotlar tarmoqli (to’rli) modelda ifodalangan deyiladi. Tarmoqli modelda ham ob’ektlar daraxitsimon modellardagi kabi yozuvlar ko’rinishida tasvirlanadi. Relyatsion (lotin tilida relatio-munosabat so’zidan olingan) modelda ma’lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qisimlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Relyatsion modellarda ob’ektlar va ularning o’zaro aloqalari jadval ko’rinishda tasvirlanadi. Bunda tegishli ma’lumotlar jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. Ustunlar ma’lumotning maydonlarini, qatorlar esa yozuvlarni ifodalaydi. Bir ustunda ma’lum sohaga tegishli bo‘lgan bir qancha ma’lumotlar joylashadi. Qatorda esa ustunlarda joylashgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ustun va qator o‘rtasidagi bog‘lanish munosabat deb ataladi. Har bir ustun, qator va munosabat o‘z nomiga ega bo‘ladi. Relyasion MBBT lari keng tarqalgan bo‘lib, ular jumlasiga dBase III Plus, dBase IV, FoxBase, FoxPro, Karat, Clipper, Paradox, Oracle, MS Access va boshqalar kiradi. MBBT ikki tartibda: interpretator va kompilyator tartibda ishlashi mumkin. Interpretator tartibda dasturlarning buyruqlari bosqichma-bosqich, birin-ketin bajariladi. Unda har bir buyruq nazorat qilinadi, so‘ngra mashina tiliga aylantirib, bajariladi. Kompilyator tartibida buyruqlar bevosita bajarilmaydi, balki ular «exe» faylga yoziladi. Exe faylni hosil qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: boshlang‘ich dasturni nazorat qilish va uni obj turga aylantirish; matn muharriri yordamida dasturni exe faylga aylantirish. Exe faylning bajarilishi uchun MBBT ning mavjud bo‘lishi shart emas, Interpretator tartibida ishlaydigan MBBT ga dBase III Plus, FoxBase va Karat kiradi, kompilyator tartibida Clipper, panel tartibida esa Clario ishlaydi. 4. Oracle MBBT ishlash texnologiyasi. Bazada saqlanayotgan ma'lumotlarni xafsizligini saqlash maqsadida Oracle(MBBT) da juda ko'p ishlar amalga oshiriladi. Ma'lumotlar bazasini tashkil etgan fayllarni: Ma'lumotlar bazasi fayllari va ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllar ko'rinishida ajratishimiz mumkin. Ma'lumotlar bazasi fayllarida ma'lumotlar saqlanadi, ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllarda har xil protokollar, sozlashlar kabi qo'shimcha ma'lumotlar saqlanadi. Bu ma'lumotlar bilan Oracle administratorlari ruxsat bergan foydalanuvchilargina ishlay oladi. Oraclening juda ko'p utilitlari (Rman, Oracle Data Guard, Oracle Data Grid,… ) mavjud bo'lib, ular ham ma'lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko'rinishda taqdim etish (boshqarish, nazorat qilish) uchun ishlatiladi. Misol uchun Rman utilitasini oladigan bo'lsak, bu utilita bazani to'liq yoki qisman zahira nusxalarini juda katta hajmga kamaytirib (siqib) hosil qiladi va saqlash uchun o'zi tushunarli bo'lgan kodlarga aylantiradi. Bazaga shikast etganda shu zahira nusxa orqali bazani qayta tiklash mumkin bo'ladi. Oracle, SQL kodlari orqali buyruqlarni qabul qiladi. Bu so'rov tili ma'lumotlar bazasini yuklash, uni to'xtatish, montirovka qilish, jadvallar yaratish, o'chirish, o'zgartirish, ma'lumotlar ichidan kerakligini chiqarib olish va boshqa vazifalar uchun ishlatiladi. Bu til juda ko'p Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimlari uchun umumiy hisoblanadi. SQL kodlari bir yoki bir necha jadvallar ustida so'rovlarni amalga oshira oladi. Ma'lumotlarni boshqarishda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Oracle dasturi yaratuvchilari Oracle Enterprise Manager deb nomlangan web sahifa yaratishgan bo'lib, bu sahifa orqali butun Oracleni boshqarish mumkin bo'ladi. SQL kodlarini bilmaydigan foydalanuvchilar ham bu web sahifa orqali barcha vazifalarni bajarishi mumkin, buning uchun faqatgina kerakli "ssыlka" larni bosish kifoya. Sug‘urta faoliyati haqida tushuncha. Tabiiy va boshqa stixiyali kuchli ta’siri natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash, oldini olish hamda ogohlantirish uchun maqsadli yo‘nalishdagi pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisiga sug‘urta deyiladi. Sug‘urtaning xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: Sug‘urta riskining mavjudligi. Risk-sug‘urta munosabatlari paydo bo‘lishining asosiy shartidir. Risk bo‘lmas ekan, sug‘urtaning bo‘lishi mumkin emas. Riskning hajmi, miqdori ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullari yordamida aniqlanadi. Sug‘urta risklarini tahlil qilish ularni 2 ta yirik guruhga bo‘lishni taqozo etadi. 1.Sug‘urtaviy. 2.Sug‘urtasiz. Sug‘urta shartnomalarida o‘z aksini topgan risklar sug‘urtaviyrisklar deyiladi. Risk bahosining pulda ifodalanishi sug‘urta stavkasini tashkil etadi. Risk doimiy ko‘rsatkich emas, balki u doimo o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar iqtisoddagi va boshqa sohadagi o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Sug‘urta tashkiloti riskning rivojlanishini, holatini doimo kuzatish lozim, ya’ni tegishli statistik hisob olib borishi, yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlashi va tahlil qilishi kerak. Sug‘urta munosabatlarida quyidagi tomonlar qatnashadilar: Sug‘urtalovchi – sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, sug‘urta shartnomasiga muvofiq, sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb hisoblanadi. Sug’urta tizimi ADP Klient-mijoz Sug‘urtalovchilar turli mulk shakliga ega bo‘lishi mumkin (davlat sug‘urta tashkilotlari, aksionerlik sug‘urta tashkilotlari hamda o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari). Sug‘urta faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar davlat organlarining tegishli litsenziyasiga ega bo‘lishi zarur. Sug‘urtalanuvchi – sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabati o‘rnatgan va tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi yuridik yokijismoniy shaxs. Sug‘urta vositachilari (sug‘urta brokerlari)-sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachilik fazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo‘yicha vositachi sug‘urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun vositachi sug‘urtalanuvchi emas, balki sug‘urta tashkilotidan tegishli vositachilik haqini oladi. Sug‘urta xizmatlari iste’molchilariga xizmat ko‘rsatish sohasida aynan zamonaviy AKTlarni joriy qilinishi raqobatchilar bilan kurashda qo‘shimcha ustunliklarni beradi. Sug‘urta tashkilotlarida ERP tizimlaridan tashqari CRM (customer relationship management) boshqaruv tizimlaridan hozirgi kunda keng foydalanib kelinmoqda. CRM – strategiyalari mijozlarga xizmat ko‘rsatish, savdo va marketing sohasidagi biznes jarayonlarni avtomatlashtirish va takomillashtirishga imkon beruvchi maxsus texnologiyalar va dasturiy ta’minotlar majmuasi ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu esa xizmatlar buyurtmachilariga eng optimal vaqt mobaynida va eng qulay aloqa tarmoqlari orqali daromad keltiruvi takliflar qilish imkoniyatini beradi. Sug‘urta tarmog‘idagi hozirgi vaziyatda biznes tuzilishini aniq darajada ishlab chiqish, risklarning real darajasini bexato baholash hamda bu risklar bahosini mos holda belgilashga imkon beruvchi Business Intelligence (BI) vositalaridan foydalanish lozimdir. Business Intelligence(tadbirkor intellekt) tizimini sug‘urta tashkilotlarida joriy qilish analitik axborotlar muhitiga tegishli bo‘lgan quyidagi ko‘rsatkichlarni samarali ta’minlab beradi: Ma’lumotlarni o‘z vaqtida va aniq kiritish; Ma’lumotlar integratsiyasini amalga oshirish; Ma’lumotlarni interpretatsiya qilishning soddaligi; Ma’lumotlar mutanosibligi; Axborotlardan hamkorlikda foydalanish. Sug‘urtachilar BusinessIntelligence turidagi dasturiy mahsulotlar yordamida quyidagi ko‘rinishdagi jarayonlarni amalga oshirib, bu ularga turli vaziyatlardagi risklarni oldindan aniqlash va boshqarishga imkon beradi: - manfaatlimijozlarnisaralabolish; -bulibutganyukotishlarnitaxlilkilish; -moskelishliknitaxlilkilish; -muvofiklashtirilgan marketingdan foydalanish; -kompaniya faoliyatini taxlil kilish. Aynidamda sug‘urta kompaniyalarini institutsional rivojlantirishdagi eng progressivAKT Internet-sug‘urta hisoblanadi. Internet-sug‘urta-bu mijozni sug‘urta kompaniyasi (bevosita uzining sayti orqali) bilan kelgusida zarur sug‘urta mahsulotini tanlash uchun virtual muloqot qilish va o‘z navbatida joriy xizmatlarni namoyish qilish, sug‘urta qoplamalarini olishni Internet-texnologiyalaridan foydalanib amalga oshirishga imkon beruvchi moliyaviy bozor segmentidir. Sug‘urta kompaniyalari birinchi bosqichda xususiy Internet saytlarini yaratishlari lozim va bu elektron vizitka funksiyasini amalga oshirib, unda mijoz bilan aloqalarni o‘rnatish yo‘llari haqidagi ma’lumotlar, litsenziyalar, sotiladigan mahsulotlarning qisqacha tasniflari berib boriladi. Keyingi bosqichda sug‘urta kompaniyalari o‘z Internet – vakolat xonalarini rivojlantirish yo‘lida e’tiborlarini mukofotlarini onlayn-to’lovlar orqali amalga oshirish, mijozni sug‘urta ro‘yxatiga kirishi va personllashtirilgan ma’lumotlarni yangilab borish kabiy o‘nalishlardagi sug‘urta xizmatlariga qaratishlari lozim. Ayni damda respublikamiz sug‘urta kompaniyalari Internet sug‘urta segmentidagi Internet muhitida ikki yo‘nalishdagi biznes yechimlardan biridan foydalanib faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar: Internetda sug‘urta biznesini tashkil qilish (virtual vakolat xonalar ochish; Internet orqali sug‘urta polislarini olish; sug‘urta shartnomalarini Internet orqali kuzatib borish; barcha sanab o‘tilgan sug‘urta ko‘rinishlarini birlashtiruvchi portallar) Internet bilan bog‘liq risklarni sug‘urta qilish (kiberjinoyatchilik; electron qurilmalarni sug‘urta qilish; moliyaviy risklarni sug‘urta qilish; turli ko‘rinishdagi javobgarliklarni sug‘urta qilish va boshqalar). O‘zbekistonda Internet sug‘urtani rivojlantirilishi istiqbolli ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida 2003 yil dekabr oyida qabul qilingan «Elektron raqamli imzo haqida», 2004 yil may oyida qabul qilingan «Elektron tijorat haqida», «Elektron hujjat aylanish tizimi» haqidagi qonunlar bu tizimni rivojlantirishning huquqiy asoslari hisoblanadi. Yangi turdagi bunday xizmatlarni joriy qilish kelgusida sug‘urta xizmatlari bozori hajmining o‘sishi, mijozlarga samarali va sifafali xizmatlar ko‘rsatish, kompaniya daromadlarini o‘sishiga shu bilan birga raqobat bardoshligini oshishi, sug‘urta kompaniyasini tashqi bozorda ham samarali faoliyat yuritish imkoniyatlariga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish - (N.R.Yusufbekov , B.I. Muhammedov, SH.M . G‘ulomov) 2. Avtomatika asoslari chiqarish va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish - (Vaxidov Abdunabi Xudoyberdievich) 3. Avtomatlashtirish Sistemalarining ishonchliligi - (Kalandarov.I.I ,Mahmudov.G`.B 4. https://lex.uz/ Download 37.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling