MySql га кириш


 Rasm. Jadval yaratish  CREATE TABLE buyrug’ining sintaksisi


Download 385.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana15.11.2023
Hajmi385.64 Kb.
#1776975
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
mysql - malumotlar omborini boshqarish tizimi

3.6 Rasm. Jadval yaratish 
CREATE TABLE buyrug’ining sintaksisi 
CREATE TABLE instruktciyasining umumiy formati quyidagicha: 
CREATE [TEMPORARY] TABLE [IF NOT EXISTS] nom 
[(spetcifikatciya, ...)]
[optciya, ...]
[ [IGNORE | REPLACE] so’rov] 
TEMPORARY bayrog’i joriy seans davomida amal qiladigan vaqtinchalik 
jadvalni yaratadi. Seans tugashi bilan jadval o’chiriladi. Vaqtincha amal qiladigan 
jadvallarga boshqa jadvallar nomini berish mumkin, bunda shu jadvallarga 


20 
vaqtincha kirib bo’lmaydi. IF NOT EXIST spetcifikatori agar ko’rsatilgan nomli 
jadval mavjud bo’lsa, xatolar to’g’risida xabar chiqarishni kamaytiradi. Jadvallar 
nomlari ma`lumotlar omborining nuqta bilan ajratilgan nomidan keyin kelishi 
mumkin. Agar bunday qilinmagan bo’lsa, jadval jimlik qoidasiga binoan 
o’rnatilgan ma`lumotlar omborida yaratiladi. 
Jadvalga probelli nom berish uchun uni teskari qavsga, masalan, 'courses list' 
ga joylashtirish lozim. Xuddi shu ishni jadvalga barcha murojaatlar uchun qilish 
kerak, chunki probellar identifikatorlarni ajratish uchun qo’llaniladi. 
Ustunsiz jadvallar yaratishga ruxsat beriladi, ammo ko’p hollarda hech 
bo’lmaganda bitta ustun spetcifikatciyasi mavjud bo’ladi. Ustunlar va indekslar 
spetcifikatciyasi aylana qavslar va vergullar bilan ajratiladi. Spetcifikatciyalar 
formati quyidagicha: 
nom tip 
[NOT NULL | NULL] 
[DEFAULT qiymat] 
[AUTO_INCREMENT] 
[KEY] 
[murojaat] 
Tip spetcifikatciyasi tipning nomlanishi va uning o’lchamlanishini o’z ichiga 
oladi. Jimlik qoidasiga asosan, ustunlar NULL qiymatini oladi. NOT NULL 
spetcifikatori bunday holatni man qiladi. 
Har bir ustunda jimlik bo’yicha qiymati mavjud. Agar u ko’rsatilmagan 
bo’lsa, MySql dasturi uni mustaqil tanlaydi. NULL qiymatini qabul qiluvchi 
ustunlar uchun jimlik bo’yicha qiymat NULL bo’ladi, satrli ustunlar uchun – bo’sh 
satr, sonli ustunlar uchun – nul. Bunday o’rnatishni o’zgartirish uchun DEFAULT 
taklifidan foydalanish zarur. 
AUTO_INCREMENT bayrog’i yordamida yaratiladigan hisoblagich – 
maydonlar jimlik bo’yicha berilgan qiymatlarni qabul qilmaydi, chunki ularda 
tartib raqamlari yoziladi. Hisoblagich tipi belgisiz butun bo’lishi zarur. Jadvalda 


21 
faqat bitta hisoblagich – maydon bo’lishi mumkin. U birinchi kalit bo’lishi shart 
emas. 

Download 385.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling