MySql га кириш


MySql.com saytida yuklash mumkin bo’lgan ochiq yakuniy kodli RDBMS hisoblanadi. MySql


Download 67.16 Kb.
bet4/12
Sana05.08.2023
Hajmi67.16 Kb.
#1665430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
mysql

MySql.com saytida yuklash mumkin bo’lgan ochiq yakuniy kodli RDBMS hisoblanadi.
MySql ni uning yaratuvchilari quyidagicha izohlashadi.

      • MySql – bu ma`lumotlar omborini boshqarish tizimi.

Ma`lumotlar ombori ma`lumotlarning tuzilmaviy yig’indisini bildiradi. Bu ma`lumotlar turlicha bo’lishi mumkin – sotib olinishi kerak bo’lgan mollar oddiy ro’yxatidan tortib suratlar galereyasidagi eksponatlar ro’yxati yoki korporativ tarmoqdagi ko’p miqdordagi axborotgacha bo’lishi mumkin. Kompyuterning ma`lumotlar omborida saqlanadigan ma`lumotlarni yozish, tanlash va qayta ishlash uchun PO MySql kabi ma`lumotlar omborini boshqarish tizimi zarur. Kompyuterlar katta miqdordagi ma`lumotlarni qayta ishlashni yaxshi uddalashini hisobga olsak, hisoblashlarda ma`lumotlar omborini boshqarish asosiy o’rinni egallaydi. Bunday boshqaruv turlicha amal qilishi mumkin – alohida utilita ko’rinishida yoki boshqa ilovalar tarkibiga kiruvchi kod ko’rinishida bo’lishi mumkin.

  • MySql – bu relyatcion ma`lumotlar omborlarini boshqarish tizimi.

Relyatcion omborda ma`lumotlar alohida jadvallarda saqlanadi, shuning hisobidan tezlik va qayishqoqlikda yutuqqa erishish mumkin. Jadvallar o’zaro munosabatlar yordamida bog’lanadi, shuning hisobiga so’rovni bajarganda bir nechta jadvaldagi ma`lumotlarni birlashtirish imkoniyati ta`minlanadi. SQL ni MySql tizimining bir qismi sifatida quyidagicha xarakterlash mumkin: tuzilmaviy so’rovlar tili plyus ma`lumotlar omboriga kirish uchun foydalaniladigan keng tarqalgan standart til.

    • MySql dasturiy ta`minoti – bu ochiq kodli DT.

Ochiq kodli DT uni har bir kishi qo’llashi va modifikatciya qilishi mumkinligini anglatadi. Bunday DT ni Internet dan olish va bepul ishlatish mumkin. Bunda har bir foydalanuvchi yakuniy kodni o’rganishi va uni o’zining ehtiyojlariga mos ravishda o’zgartirishi mumkin.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling