N-1 shakldagi dalolatnomani tuzishni o’rganish va jarohatlanishlarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish


Download 49.79 Kb.
bet1/4
Sana22.08.2023
Hajmi49.79 Kb.
#1669220
  1   2   3   4
Bog'liq
7-амалий машғулот


7-amaliy mashg’ulot
Маvzu: N-1 shakldagi dalolatnomani tuzishni o’rganish va jarohatlanishlarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish


Amaliy ishining maqsadi: Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni tekshirish uchun olgan boshlang‘ich bilimlarini mustahkamlashlarida o‘qituvchi tomonidan amaliy ko‘rsatma va tavsiyalar berib borishdan iboratdir.
Amaliy ishining vazifasi:– Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni tekshirishni o’rgatishdan iborat.
Bunda talabalarga qo‘yiladigan asosiy, ya’ni talabalarning bilishi zarur bo‘lgan va bajara olishi shart bo‘lgan talablar mavjud.
1. Talabalar bilishi zarur:
- baxtsiz hodisalarni turlarini;
- ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni tekshirish to‘g‘risida boshlang‘ich bilimga ega bo’lishi kerak.
2. Talabalar bajara olishi shart:
-N-1 shaklni to’ldirishni bajara olishi kerak.
Amaliy ishini bajarish uchun asosiy ma’lumotlar:
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir kunga yo‘qotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga o‘tishi zarur bo‘lsa, N-1 shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:

  • bir vaqtning o‘zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar;

Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisa to‘g‘risida ish beruvchi darhol quyidagilarga xabar berishi kerak:

  • davlat mehnat texnika nazoratchisiga;

  • yuqori turuvchi xo‘jalik organiga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligiga, viloyat (Toshkent shahar) mehnatboshqarmasiga;

  • baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga;

  • baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga.

Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisani viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi buyrug‘iga asosan tuzilgan komissiya maxsus tekshiradi. Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar yuz berganida N-1 shakldagi dalolatnoma komissiya tomonidan maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan so‘ng bir sutka ichida komissiya xulosalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ikki-to‘rt kishining o‘limi bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi buyrug‘iga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan olib boriladi: rais – O‘zbekiston Respublikasi (bosh) Davlat mehnat texnika nazoratchisi; a’zolar – yuqori turuvchi xo‘jalik organi rahbarlaridan biri, ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi raisi.
Besh va undan ziyod kishi o‘lgan baxtsiz hodisalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
Maxsus tekshirish komissiyasi 15 kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi, korxona (bo‘linma, sex)dagi mehnatni muhofaza qilish ahvolini, agar zarur bo‘lsa, tarmoqning boshqa korxonalarida ham tekshirishni tashkil etadi, maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi.
N-1 shakli
«TASDIQLAYMAN» Bir nusxadan yuboriladi:
Ish beruvchi ..............................................
(imzo qo‘yuvchining ism sharifi) jabrlanuvchiga (o‘lgan bo‘lsa oilasiga);
31.03. 2022 yil mehnatni muhofaza qilish xizmati
korxona muhri rahbari mutaxassi- (muhandisi) ga;,
bosh davlat texnika nazoratchisiga
DALOLATNOMA №

Download 49.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling