N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinshunoslik. Maxkamov Q
HINDUIZM
Hinduizm eramizning VI asrida Hindistonda vujudga kelgan edi. Hindlaming milliy dini hinduizm keng tarqal-gan bo ’lib, unga 90 foiz (950 mln)dan ko’proq hindlar sig’inadilar. Hinduizm eramizdan oldin 35 mavjud bo ’lgan braxmanizm, vedizm, totemizm, animizm kabi dinlar evolyutsiyasi natijasi-da shakllandi. Hinduizm turli e ’tiqodlar, urf- odatlar va marosimlar, mahalliy diniy e ’tiqod va qarashlaming murakkab kompleksi sifatida paydo bo ’lib, urug’-qabila dinlari elementlarini, buddizm, sikhizm, jaynizmning asosiy g ’oyalarini o ’ziga o ’zlashtirib olgan. Hinduizm politeistik din bo’lib, unda ko’p xudolik elementlari saqlangan. Dindorlar tasavvurida bosh xudo Braxman koinotning ijodkori va yaratuvchisidir. Bundan tashqari hindlar Vishnu va Shiva degan xudolarga ham e’tiqod qiladiiar. Hinduizm ta’limotida xudoning uch qiyofadagi ko’rinishi tasavvur etilishi (trimurti) eng oliy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Hinduizm ta’limoticha, olam paydo bo’lib, emirilib, yo’q bo ’lib turadi, y a’ni olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv harakterga ega bo’lib, har bir davr olamning yuksak rivojlangan cho’qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan bitadi, insonlar gunohga botib ketgach olam tugaydi. Hinduizm ta’limoti jamiyatning tabaqalarga bo’linishini aks ettiradi. Bu dinning karma qonuniyatiga asosan u inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb tushuntiradi. Bular: 1) dharma - oila va jamiyatda diniy talablami to’la bajarish; 2) artxa - foydali ishlar qilish, zarur moddiy ne’matlarga ega bo’lish; 3) kama - muhabbat tuyg’ulariga erishish, bu his-tuyg’ulami qondirish; 4) moksha - o ’zgarish zanjiridan butun-lay ozod bo’lish. Vishnuizm va Shivoizm oqimining vakillari o ’z xudolariga bag’ishlab minglab katta-kichik ibodatxonalar qurganlar. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar muqaddas joylar, daryolar va boshqa har xil «muqaddas» narsalarga sig’inadilar. Hind xalqi orasida yovuz ruhlarga e'tiqod qilish keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar: ho’kiz, sigir, maymun va ilon kabilarga ham sig’inadilar, ulami muqaddaslashtiradi- lar. Masalan, hinduizm tarafdorlari sigimi saxiylik, boylik manbai va go’zal ayol timsoli deb hisoblaydilar. Ruhoniylar sigimi so’ymaslik va go’shtini emaslikni targ’ib qiladiiar. Ammo hinduizm sigir sutini 36 ichishni va sigimi xo’jalikda ish hayvoni sifatida foydalanishni ta’qiqlamaydi. Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga e ’tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham muqaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga ko ’ra, go’yo Gang daryosi qirg’og’ida kishi vafot qilsa narigi dunyodagi hayoti ancha engillashar emish. Hinduizm - oila-nikoh masalalariga nisbatan ahloqiy jihatdan yondashadi. Eng oliy tabaqa-braxmanlar (kohinlar) oliy zodagonlar bilangina nikohga o ’tishi mumkin. Eng past tabaqa kishilari - bu Shudralar. Ular yalangoyoq, qashshoq, past, yomon ahloqli kishilar Shudralar bilan oliy tabaqa vakillari nikohga kirishi mumkin emas. O ’rta tabaqa - Vayshi-lar bo ’lib, ular savdogarlar, hunarmandlar, dehqonlardan iborat. Ular o ’zaro nikohda bo’lishi mumkin. Hinduizmning muqaddas yozuvlari Vedalar (er.av. 2 mingginchi yillar o ’rtasidan boshlab paydo bo’lgan). Vedalar - “bilimlar” demakdir. Vedalar: 1) gimn va duolar; 2) maro-simlarda ijro etiladigan madhiya qo ’shiqlari; 3) qurbonlikka oid qoidalar; 4) yovuz kuchlarga qarshi bo ’lgan duolar va afsunlar. Upanishadalarga - “sirli ta’limotlar” er.av. I minginchi yillar boshlarida paydo bo’lgan ahloqiy risolalar: “Mahabharata” va “Ramayana” dostonlari, turli hikmatli hadislar kiradi. Hinduizm zo ’rlik ishlatish, qon to’kish, azob berish kabilami ta’qiqlaydi. XIX asming boshlarida Hindistonda boshlangan milliy ozodlik harakatining mafkurasida hinduizm aktiv rol o ’ynadi. Maxatma Gandi yaratgan ozodlik harakatining diniy falsafiy asosida ham hinduizmning qon to ’kmaslik, zo’rlik ishlatmaslik g ’oyalari yotardi. Passiv norozilik gandizmning ahloqiy falsafasi edi. Hinduizmning millatni xudbinlikka, ulug’ millatchilik - shovinistik siyosat-ga yo ’naltirishga uringan o ’ta reaktsion kuchlar ham paydo bo’lgan. Hinduizm Hindistondan tashqarida yashaydigan hindlar orasida, xususan, Bangladesh, Nepal, Shri-Lanka kabi mamlakatlarda ham tarqalgan. Hinduizm tabiatni sevishga, vatanparvar b o’lishga, avlod-lar xotirasini e ’zozlashga o ’rgatadi. Hinduizm yomonlikka qarshi 37 yomonlikni qo’llashni emas, balki uni yaxshilik bilan engish mumkinligini o ’rgatadigan din hisoblanadi. Hinduizm dnch-totuv, osoyishta yashashga da’vat qiladi. Hinduizm ibodatxonalari g ’oyatda yuksak estetik did bilan hashamatli qilib qurilgan. Ularga Quyosh xudosi, musiqa m a’budasi, go’zallik, saxiylik, raqs m a’budalari, afsonaviy farishtalar tasviri va haykalchalari qo’yilgan. Ibodatxona-larda jarangdor qo’ng’iroqchalar chalinadi. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling