N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k
Download 4,01 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinshunoslik. Maxkamov Q
Tayanch iboralar: Totemizm, Animizm, Fetishizm, politeizm,
magiya, m a’budlar, Rim xudolari, Zevs, Afliya, Aid, Set, Poseydon, tumor. O ’zbekiston o ’z mustaqilligini e ’lon qilgach, dastlab milliy m a’naviy tiklanishi siyosatini amalga oshira boshladi. Xususan, demokratik va insonparvar jamiyat qurayotgan O ’zbekistonda diniy e ’tiqod erkinligi amalga oshirildi. Juda ko’plab masjidlar, madrasalar, diniy maktablar, uyushmalar va jam oalar vujudga keldi, ko’plab diniy adabiyotlar chop etilmoqda, diniy bayramlar, marosimlar, urf-odatlar tiklanib, amal qilmoqda. Bu m a’naviy yangiliklar xalqimizning ruhiyatiga (psixologiyasiga) ijobiy ta’sir ko’rsatdi. “Xalqimizda b o’layotgan o ’zgarishlarning ildizi, - deb yozgan edi Birinchi prezidentimiz Islom Karimov, - xalqimizning m a’naviy uyg’onishidadir. Ona tilimizning azaliy haq-huquqlari tiklangani, haqiqiy o ’zbekona urf- odatlarimizning hayotdan o'rin olayotgani ham odamlar kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. O ’zbekistonda o ’zlikni anglash boshladi. Milliy N avro’z bayramimizni (iklangani, hayitlar tiklangani savobli ishlar bo’ldi” 1 Jamiyat hayotida din o ’ziga hos funksuyani bajaradi. Bugungi kunda xalqimizning ko’nglini ko'tarishda, uning qaddini rostlashda 1 И Каримов. У )бекистон келажаги буюк давлат "Учбскистон” 1992 й. -Б.б-7. 4 ko ’pchilik din vakillari, yuzlab imom- xatiblar davlatimizga yaqindan yordam bermoqdalar, ular xalqni birlashtirishni, o ’zaro nizo va nifoqlardan yiroq turishni targ’ib etmoqdalar. “Dinshunoslik” fanining maqsadi talabalarga dinning falsafiy, nazariy, tarixiy va amaliy xususiyatlarini o ’rgatishdir. Modomiki, ming yillardan buyon mavjud bo’lgan turli dinlar, diniy dunyoqarash, urf- odatlar mavjud ekan, bu jahon xalqlarida dinga ehtiyoj mavjudligini, dinning odamlar uchun foydasi hadsiz ekanligini ko’rsatadi. “Dinshunoslik”ning maqsadi din to’g ’risidagi ob’ektiv haqiqatni tushuntirib, izohlab berishdir. “Dinshunoslik”ning mazmuni dinlarning falsafiy, nazariy jihatlarini ochib berish, dinlar tarixini yoritib berish, dinlarning ijtimoiy funktsiyalarini turli jihatda tushuntirishdir. “Dinshunoslik” fani orqali talabalar ahloqan va m a’naviy jihatlardan o ’z ongini kengaytiradilar; ular dunyo voqea va hodisalariga, jamiyatdagi murakkab insoniy munosabatlar mohiyatini yanada sinchkovroq bo’lib tushunadilar; ular dinlarning jamiyat hayotida tutgan o ’mini yaqqolroq anglab etadilar; o ’zlarida iymon-e’tiqod erkinligiga ongliroq munosabatni shakllantiradilar, ya’ni bu fanning talabalar dunyoqarashi uchun ahamiyati beqiyos. “Muayyan dunyoqarash, dunyoni anglash nuqtai-nazaridan ifoda etilgan g ’oyalar, dasturlar, ahloq-odob maromlari aqlli odam ishonchi (imoni) ga aylansa qadrlanadi, e’zozlanadi. Imonli odam o ’z ixtiyori bilan qabul etgan g ’oyalar, timsollarni muqaddas bilib, hayotini ularsiz tasavvur eta olmaydi, och, yalang’och qolishga, barcha mahrumliklarga, hatto o’limga ham rozi bo’ladi, ammo o ’z iymoniga xilof keladigan xatti-harakatlarga yo’l qo ’ymaydi”2. Download 4,01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling