N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/79
Sana13.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1677272
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79
Bog'liq
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Marosim va bayramlar:
a) 
dindorlami hamkorlik ruhida tarbiyalaydi; b) dindorlar orasida 
tartib-mtizomni mustahkaralaydi; v) dindorlaming vaqti, moddiy 
harakat-larini talab qiladi; g) dindorlar iymon va e ’tiqodini kuchaytiradi; 
d) ular milliy va baynalminal madaniyatning bir qismiga aylanib, 
umummsoniy qadriyatlami kuchaytiradi. Bu xususiyatlarning barchasi 
xristianlik marosim va bayramlarida ham to ’la amal qiladi.
Xristianlik marosimlari asrlar mobaynida asta-sekin shakllanib 
borgan, ular quyidagilardir: cho’qintirish, prichashchenie (non va vino 
iste’mol 
qilish), 
miropomazanie 
(cherkovlarda 
chaqaloqni 
cho’qintirgandan keyin xushbo’y moy surkash), elosvyashchenie 
(soborga olib kelish), nikoh (gulcham-bar kiydirish, nikoh uzugi taqish 
kabilar), tavba qilish (gunohlariga pushaymon bo’lish), ruhoniylikka 
qabul qilish, Pasxa, rojdestvo Xristovo, troitsa bayramlari. Xristianlik 
marosimlarini tainstvolar deb ataladi. Bu marosim va bayramlar barcha 
xristian y o ’nalishlarida mavjud, faqat ulami shakli va vaqti turlicha 
xolos.
Cho’qintirish marosimi xristian dinining eng muhim va asosiy 
marosimidir. Bu marosim cherkovda o ’tkaziladi. Marosiming asosiy 
mohiyati tug’ma gunohdan bolani xalos qilish, uni xristianlikka dohil 
qilish, unga xristiancha ism qo’yish, uni cherkov qavmiga, ya’ni aholi 
ro’yxatiga yozib qo’yishdir.
Marosim o ’tkazish uchun yangi tug’ilgan bolani cherkovga olib 
kelishadi. Bu erda ruhoniy uning yuziga qarata uch marta kuf-suflaydi
dajjollarga qarshi afsun o ’qiydi. Shaytondan yuz o ’girishga, uni 
puflashga va unga tuflatishga chaqiradi. Bu ishlaming hammasini 
chaqaloq nomidan cho’qintirayotgan erkak yoki ayol, ya’ni chaqaloqni 
«cho’qintirayotgan otasi yoki onasi» bajo keltiradi. Shundan keyin pop 
chaqaloqni uch marta suvga botirib oladi, chaqaloqqa zaytun yog’i 
surtaydi, uning boshidan bir tutam sochini kesadi va bolaga ism qo’yib
58


beradi. Rivoyatga ko ’ra Iso payg’ambami Iordan daryosida avliyo Ioann 
C ho’qintiruvchi cho’qintirgan.
Cho’qintirish marosimi qadimgi Hindiston, Rim, Misr, Kichik 
osiyo va bosbqa davlatlar hududlarida yashagan xalqlar orasida ham 
mavjud bo ’lgan. Xristianlikda cho’qintirish marosimi yangi eraning 1- 
asri oxirlarida paydo bo ’lgan. Bi-rinchi xristian jahon soborining (4-asr) 
qaroriga muvo-fiq, bu marosim har bir xristian uchun majburiy deb 
topilgan va “e’tiqod simvoli”ga kiritilgan. Shu vaqtdan boshlab 
“cho’qin-tirilgan” so’zi “xristian” degan so’z bilan teng m a’no kasb 
etgan. Xristianlar boshqa dindagi hamma kishilami “cho’qin-maganlar” 
deb atay boshlaganlar.
Nikoh marosimi ham cherkovda o ’tkaziladi. Bu marosim oila 
qurish marosimidir. Cherkovda o ’tkazilgan nikoh xristian oilasining 
qonuniy asosi hisoblanadi. Nikoh paytida pop kelin-kuyovga oq fotiha 
beradi, ulam i qo’sha qarib, uvali-juvali b o ’lishini xudodan tilaydi, kelin- 
kuyovga shohona jig ’a taqadi, ularga yonib turgan shamni ushlab 
turishni buyuradi. Ularning yuzlariga krest bilan soya soladi, isiriq- 
buxur tutatadi (yoki isiriqqa o ’xshash xushbo’y hid tutuni soladi). Kelin 
bilan kuyov bir-birlarining barmoq-lariga nikoh uzugi taqishadi, pop 
ulami bir-biriga vafodor, g ’amxo’r, ittifoq b o ’lib yashab, turmush 
kechirishga da’vat qiladi. Oilani buzish, ajralish ham cherkov ruxsati 
bilangina bo’ladi.
Tavba qilish marosimi ham cherkovda bo ’ladi. Tavba qilishda 
gunoh qilib qo’ygan har bir xristian o ’z gunohidan pushaymon bo’ladi. 
U gunohini kechirishni xudodan so’rab berishni popdan iltimos qiladi. 
Tavba qiladigan shaxs popga hech bir guvohsiz, u bilan yuzma-yuz, tiz 
cho’kkan holda o ’zining hamma gunohlarini batafsil so’zlab beradi.
Prichashchenie marosimi xristian dinining asosiy marosimlaridan 
bin hisoblanadi. Bu marosimni go’yoki Isoning o ’zi tayin qilgan emish. 
Prichashchenie marosimidagi asosiy mazmun shuki, non bilan vinoni 
sirli ravishda dindorlar birgalikda iste’mol qiladi, bunda nonni Isoning 
go’shti, vinoni esa uning qoni deb tasa w u r qilinadi. Isoga yanada 
yaqinlashish uchun, u bilan bir tan, bir jon b o ’lib ketish uchun shu 
marosim o ’tkaziladi. M ashhur ruhoniy va faylasuf olim o ’rta asrlarda
59


yashagan Foma Akvinskiy, Prichashchenie-ning har bir zarrasida Iso 
bordir, deb ta’limot beradi. Xristianlikning prichashchenie marosimi 
qadimgi zamon-lardagi totemizm dinidagi totem-hayvonni qurbon qilib, 
uning «muqaddas» qoni va go’shtini iste’mol qilish marosi-mining yangi 
shaklidan boshqa narsa emas.
Xristianlikda yana dafn marosimi, butlarga, xochlarga, avliyolar 
jasadiga, muqaddas joylarga, ayrim ikonalarga sig’inish marosim- 
odatlari ham bor.
Xristianlik bayramlari, ya’ni eng muhim diniy voqea va hodisalar 
bilan bog’liq bo’lgan alohida kunlar, barcha xristianlar uchun bayram 
tantanalari mavjud. Cherkovlar bayramlarga jiddiy va katta e’tibor berib 
kelayotir.
Iso payg’ambar tug’ilgan kuni (rojdestvo) bayrami cherkov hayoti 
va dindorlarning turmushida ko’zga ko ’rinarli o ’rinda turadigan, 
millionlab kishilaming tantanali bayramlaridan hisoblanadi. Cherkov 
ta ’limotiga k o ’ra bu bayramni xudo Iso sharafiga bag’ishlab bayram 
qilishni tavsiya etgan. Katolik ruhoniysi va olimi Dionisiy kichkinaning 
m o’ljaliga k o ’ra Rim shahriga asos solinganiga eramizdan aw alg i 754- 
yildan boshlangan. Iso tug’ilgan kunni misrliklar 6 yanvarda 
nishonlaganlar. Rojdestvo bayrami oldidan dindorlar uylaridagi barcha 
narsalarni yuvadilar, pollarini artib chiqadilar, ustki kiyimlarni 
qoqadilar, hammomda cho’miladilar, toza kiyimlarni kiyadilar. Italiyada 
rojdestvo kuni uylaridan eski kiyimlarni, narsalarni, buyumlami 
ko ’chaga irg’itib yuboradilar, shu qutlug’ bayramda hatto urushlar 
to ’xtatilgan. Ayrim arazlashib yurgan kishilar yarashganlar,
Pasxa bayrami xristianlarda ayniqsa katta tantana bilan o ’tadigan 
bayramdir. Pasxadan oldin ehtirosli hafta deb atalgan hafta keladi, bu 
hafta davomida dindorlar ro’za tutadilar, zo’r berib ibodat qiladilar. Bu 
hafta oxiri xudoga ehtirosli, mungli murojaat ohangida ibodat qilish 
bilan yakunlanadi. Undan keyin pasxa bayrami boshlanadi. Quvonchli 
hafta deb atalgan bu hafta davomida bayram kun-lari ruhoniylar va 
cheikov uchun “ish” kunlari bo ’lib, ular dindorlarga haloskorlik 
g ’oyalarini, pasxa bayrami qanday kelib chiqqanligini tushuntirib 
beradilar. Ular pasxa va ehtirosli hafta insonning mashaqqat chekkanligi.
60


o ’limi va qayta tirilishini xotirlash uchun belgilangan deb hisoblaydi-lar. 
Qadimgi o ’lib tirilishga, o ’ladigan tanayu, o ’lmaydigan jon (ruh) ga 
ishonish to ’g ’risidagi apima-animizm dinini ta’siri va shu din asosida 
paydo b o ’lgan.
Bir butun din b o ’lgan xristianlik turli tarixiy shart-sharoitlar, bu 
dinning mahalliy hukmdorlar manfaatlariga, quldorlik, feodalizm va 
kapitalizm tuzumlari sharoitiga moslashtirishga qilingan harakatlar 
tufayli turli yo’nalish-laru sektalarga bo’linib ketgan. Ichki inqiroz va 
tashqi hujumlar natijasida (german qabilalari) Rim imperiyasi 3-4 
asrlarda G ’arbiy va Sharqiy qismlarining ajralib ketishiga olib keldi. 
Rim imperiyasining G ’arbiy qismida mayda mustaqil davlatlar paydo 
b o ’ldi. Ulardagi siyosiy hokimiyatga nisbatan cherkovlar hukmronligi 
ustunroq bo ’lib, ulam ing Rim shahrida joylashgan bosh cherkovga 
tobe’ligi saqlanib qoldi. Lekin Sharqiy viloyatlar Vizantiya imperiya-si 
tizimida yagona davlat b o ’lib, davlat siyosiy hokimiyatiga bo’ysinardi. 
1054 yilda Vizantiya hududidagi cherkovlar Rim markaziy cherkovidan 
ajralib ketdi. Shu tariqa xristianlik ikki yo’nalishga • katoliklar va 
pravoslavie yo ’nalishlariga bo ’lindi.
16-asrda burjua sinfi va kapitalizm tuzumi manfaatlariga mos 
keladigan yana bir yangi yo’nalish - protestantizm vujudga keldi. 
Bulardan tashqari ana shu yo’nalishlar ichida xristian uyushmalari, 
jamoalari, ya’ni sektalari ham paydo b o ’ldi.

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling