N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili
Download 7.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Adizova
quvonmoq, bitirmoq, chopmoq, saqlamoq, to‘plamoq.
O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi: Sevinmoq – quvonmoq, sog‘aymoq – tuzalmoq, tugatmoq – bitirmoq, asramoq – saqlamoq, yig‘moq – to‘plamoq. Bu mashq berilgan so‘zga ma’nodosh topishni o‘rgatishga mo‘ljallab tuzilgan. Bu mashq orqali o‘quvchilar ayni bir harakat ma’nosi bir necha so‘z bilan ifodalanishini bilib oladi. Biroq bu mashqda ma’nodosh so‘zlarning farqini anglatishga doir topshiriq berilmagan. Bu mashqqa ma’nodosh so‘zlarning farqini anglashga doir, shuningdek, ma’nodosh so‘zlarni nutqda qo‘llashga doir topshiriqlar ham berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. 292-mashqning sharti quyidagicha: “O‘qing. Qavs ichida berilgan so‘zlardan mosini qatnashtirib, gap tuzing va yozing”. Mashqda quyidagi gaplar berilgan: 1. Chegarachilar tinchligimizni (qo‘riqlaydi, saqlaydi, asraydi). 2. Men uy ishlarida oyimga (qarashaman, yordamlashaman, ko‘maklashaman). 3. Jahon xalqlari tinchlikni (xohlaydi, istaydi, tilaydi). 4. Poyezd soat 10 da (ketadi, jo‘naydi). O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi: 1. Chegarachilar tinchligimizni qo‘riqlaydi. 2. Men uy ishlarida oyimga qarashaman. 3. Jahon xalqlari tinchlikni istaydi. 4. Poyezd soat 10 da jo‘naydi. 45 Bu mashq o‘quvchilarda sinonimik qator ichidan gap mazmuniga mosini tanlab ishlatish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan. O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida ma’nodosh so‘zlarni tahlil qilib, farqini aniqlaydi. Shundan keyin ular ichidan gap mazmuniga mosini tanlab ishlatadi. Darslikdagi 300-mashq ham ma’nodosh so‘zlar ustida ishlashga bag‘ishlangan. Mashqning sharti quyidagicha: “Qavs ichidagi qaysi fe’l jonivorlar harakatiga mos kelishini aniqlab gaplarni o‘qing”. Mashqda quyidagi gaplar berilgan : Musicha tarnovga (qo‘ndi, o‘tirdi). Tovuqlar (donlayapti, ovqatlanayapti). To‘rtko‘z uychasidan (qarayapti, mo‘ralayapti). Mushuk quyosh nurida (yayrayapti, rohatlanyapti). O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi: 1. Musicha tarnovga qo‘ndi. 2. Tovuqlar donlayapti. 3. To‘rtko‘z uychasidan qarayapti. 4. Mushuk quyosh nurida rohatlanayapti. Birinchi gapda qo‘ndi so‘zining qo‘llanilishiga sabab shuki, qo‘nmoq so‘zi qushlarga xos harakatni bildiradi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida qo‘nmoq so‘zining birinchi ma’nosi “uchishdan to‘xtab, yerga yoki biror narsaga o‘tirmoq, tushmoq” deb izohlangan. O‘tirmoq so‘zi esa insonga nisbatan ishlatiladi. Ikkinchi gapda donlayapti so‘zining qo‘llanishiga sabab donlamoq so‘zining qushlarga xos harakatni bildirishidir. O‘zbek tilining izohli lug‘atida donlamoq so‘ziga “donlarni terib yemoq (qushlar haqida)” deb izoh berilgan. Ovqatlanmoq so‘zi esa ovqat so‘zidan yasalgan bo‘lib, insonga xos harakatni bildiradi. Uchinchi gapda qarayapti so‘zining ishlatilashiga sabab shuki, mo‘ralamoq so‘zi “to‘siq, tirqish, teshik orqali” degan ma’noni ifodalaydi. To‘rtko‘z esa uyachasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarab turibdi. To‘rtinchi gapda rohatlanmoq so‘zining ishlatilishiga sabab shuki, yayramoq so‘zi “o‘zini erkin his qilgan, o‘ynab kulgan holatda bo‘lmoq: yozilmoq, maza qilmoq” degan ma’noni anglatadi. Mushuk esa quyosh nurida toblanib, rohatlanib o‘tiribdi. Bu mashq o‘quvchilarda ma’nodosh so‘zlarning farqini tushuntirish va gapda ularning mosini tanlab ishlatish ko‘nikmasini shakllantirishga mo‘ljallab tuzilgan. Bunday mashqlar o‘quvchilar nutqining aniq bo‘lishiga hamda leksik uslubiy xatolarning oldini olishga yordam beradi. 46 337-mashq ham ma’nodosh, ham zid ma’noli so‘zlar ustida ishlashga bag‘ishlangan. Mashqda Tursunboy Adashboyevning she’ri berilgan. She’rning matni quyidagicha: Ma’nosi bir so‘z nima? Soya bilan ko‘lanka. Bilasizmi, aslida Olis joyni der uzoq. Baland yerni tepalik, Quyosh – oftob, ko‘cha – yo‘l Ensiz – qisqa, enli – keng, Oymomo – shamsiqamar, Bir mazmunni anglatar. Mashqning sharti quyidagicha: “She’riy parchani ifodali o‘qing. Matnda berilgan ma’nosi yaqin so‘zlarni aniqlang”. Mashqning topshirig‘i quyidagicha: “Ma’nosi yaqin so‘zlarni chiziqcha orqali yonma-yon yozing. Ajratilgan so‘zlarga qarshi ma’noli juftini topib yozing. Bu so‘zlar qaysi so‘z turkumiga kiradi?” Shuni aytish kerakki, she’rda “ma’nosi bir so‘z” deb berilgan hamma so‘z ham ma’nodosh emas. Masalan, baland so‘zi tepalik so‘ziga sinonim bo‘lolmaydi. Chunki baland so‘zi belgini bildirsa, tepalik o‘zi shu belgiga ega bo‘lgan joyni anglatadi. Ensiz so‘zi ham qisqa so‘ziga ma’nodosh emas. Ensiz so‘ziga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “eni uncha katta bo‘lmagan; kambar, tor” deb izoh berilgan Qisqa so‘ziga esa “bo‘ylama o‘lchami, uzunligi uncha katta bo‘lmagan; kalta” deb izoh berilgan. Bu so‘zlarning farqini ularni ayni bir so‘z bilan biriktirib, qiyoslasak aniq ko‘ramiz. Masalan, qisqa yo‘l – uzoq bo‘lmagan yo‘l, ensiz yo‘l – tor yo‘l. Oymomo ham shamsiqamar so‘ziga emas, qamar so‘ziga ma’nodosh. O‘qituvchi mashqni bajarishda o‘quvchilarga ana shu xatoliklarni tushuntirishi kerak. Darslikdagi 381-mashq ham ma’nodosh so‘zlar ustida ishlashga bag‘ishlangan. Mashqning sharti quyidagicha: “Berilgan so‘zlarga ma’nodosh (yaqin ma’noli) so‘zlar toping. Ma’nodosh otlarni alohida, ma’nodosh sifatlarni alohida, yonma-yon yozing”. Mashqda quyidagi so‘zlar berilgan: Toza, tiniq, do‘st, quvnoq, ovoz, go‘zal, shabada, Download 7.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling