N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili


Ona tili darslarida uyadosh soʻzlar ustida ishlash


Download 7.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/55
Sana15.09.2023
Hajmi7.04 Mb.
#1679064
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Bog'liq
Adizova

Ona tili darslarida uyadosh soʻzlar ustida ishlash 
Uyadosh so‘zlar ustida ishlash ham lug‘at ishining muhim
tarkibiy qismidir. Uyadosh so‘zlar deganda bir turga oid narsa, 
harakat, belgini bildiruvchi so‘zlar tushuniladi. Masalan, ot – saman, 
to‘riq, qorabayir, jiyron, yo‘rg‘a kabi. Biror jinsga mansub narsa-
daraxt, meva, gul, qovun, hayvon, baliq va hokazoning turlari nomini
bilish o‘quvchilar lug‘at boyligini oshiruvchi asosiy vositadir. 
Narsa-buyumlar turining nomini bilish o‘quvchiga fikrni aniq 
ifodalashga imkon beradi. Masalan, 1-sinf o‘quvchilari otning
bolasini otcha, qo‘yning bolasini qo‘ycha, echkining bolasini
echkicha, sigirning bolasini sigircha deb ataydi. O‘qituvchi bu
hayvonlarning bolasi alohida so‘z bilan ifodalanashini aytadi: otning


58 
bolasi – toy, qo‘yning bolasi – qo‘zi, echkining bolasi – uloq,
sigirning bolasi –buzoq. Buni bilgan o‘quvchilar: Sigirimiz sigircha
tug‘di emas, Sigirimiz buzoqcha tug‘di deb gap tuzadi. Uyadosh
so‘zlarni o‘rganish jarayonida umumiy ma’noni va xususiy ma’noli
so‘zlar ustida, ularning ishlatilish o‘rinlari ustida ishlash zarur. Bu 
ish uyadosh so‘zlardan foydalanib, tabiat manzarasi tasviriga oid
matn yaratish bilan yakunlanadi. 
Uyadosh so‘zlar bo‘yicha quyidagi mashqlar bajarish mumkin: 
a) umumiy nom – jins nomini ataydigan so‘zlarni berib, ularning
turini atovchi so‘zlar topish. Masalan, o‘quvchilarga daraxt, ot, idish, 
baliq kabi so‘zlar beriladi. O‘quvchilar quyidagicha uyadosh so‘zlar
topadi: 
1. Daraxt – tol, terak, qayin, chinor, o‘rik, jiyda. 
2. Ot – baytal, ayg‘ir, saman, jiyron. 
3. Idish – tovoq, kosa, payola, stakan, choynak, qozon. 
4. Baliq – laqqa, cho‘rtan, zogʻora. 
O‘qituvchi bu qatorlarni to‘ldiradi. Shuni alohida ta’kidlash
lozimki, uyadosh so‘zlar alohida-alohida narsalarni atab kelgani
tufayli o‘qituvchi bu so‘zlar atagan narsa, hayvon, o‘simliklarning
rasmini ham o‘quvchilarga ko‘rsatsa bolalar yanada kengroq, 
batafsilroq ma’lumot oladi. 
b) turli uyaga mansub so‘zlar bir joyda, aralash holda beriladi. 
O‘quvchilarga bu so‘zlarni alohida-alohida uyaga ajratish
topshiriladi. Masalan, quyidagi so‘zlar beriladi: atirgul, ro‘mol, 
amiri, lola, salla, jambil, handalak, laqqa, nilufar, telpak, bo‘rikalla,
zogʻora, rayhon, do‘ppi, cho‘rtan, boltayutar, sadarayhon. O‘quv-
chilar bu so‘zlarni to‘rt guruhga ajratadi: 1. Gul. 2. Qovun, 3. Bosh
kiyim, 4. Baliq. 
O‘qituvchi ma’lum uyalarga umumiy nomi jins nomini
bildiruvchi so‘zlarni o‘quvchilarga yozdirib, ularga bu jinsning turi,
navi, xillarini bildiruvchi so‘zlar va ularning ma’nosini topishni
vazifa qilib beradi. O‘quvchilar bu vazifani bajarishda turli lug‘at, 
kitoblardan foydalanadi, izlanadi. Demak, uyadosh so‘zlarni izlash
o‘quvchilarni lug‘at bilan ishlashga o‘rgatadi. 
Uyadosh so‘zlarni tushuntirishning eng samarali usuli xususiy
ma’noli so‘zlarning rasmini ko‘rsatishdir. Masalan, uzum
uyadoshlarini tushuntirishda o‘quvchilarga husayni, kishmish
kelinbarmoq, toyfi kabi uzumlarning rasmi ko‘rsatilishi kerak. 


59 
Bu yerda ona tili darslarida uyadosh soʻzlar ustida ishlash 
jarayonini 4-sinf ona tili darsligi bilan ishlash misolida koʻrsatib 
beramiz. Boshlangʻich sinf ona tili darsliklarida uyadosh so‘zlarga
bag‘ishlangan maxsus mashqlar bor. Misol uchun 2-sinf ona tili 
darsligidagi 172-mashqning sharti quyidagicha: Rasmda tasvirlangan
hayvonlarning nomini ayting. Shartdan so‘ng echki, it, maymun, 
sigir, ot, mushuk, bo‘ri, yo‘lbars rasmi berilgan. Rasmdan so‘ng
avval uy hayvonlari nomini, keyin yovvoyi hayvonlarning nomini
yozing deb topshiriq berilgan. 

Download 7.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling