N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili
Download 7.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Adizova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qush
- Oʻqish darslarida uyadosh soʻzlar ustida ishlash.
Uy hayvonlari: sigir, … .
Yovvoyi hayvonlar: yo‘lbars ……. O‘quvchilar hayvonlar nomini shu ikki uyaga kiritish bilan tasnifni amalga oshiradi. Bu mashqqa qo‘shimcha qilib o‘quvchilarga gaplar tuzdirish mumkin: Mushuk – uy hayvoni. Yoʻlbars – yovvoyi hayvon. Shu darslikdagi 159-mashqning sharti quyidagicha: “Buzoq, bo‘taloq, toychoq, qo‘zichoq qaysi uy hayvonlarining bolasi” Hayvonlar nomini, ularning bolalari nomi bilan yonma-yon yozing. Namuna: Sigir – buzoq, ……. Bu mashq o‘quvchilar lug‘at boyligini oshirishda juda katta ahamiyatga ega. Bolalar hayvonlar bolasi nomini bilmasa, otning bolasi, qo‘yning bolasi, sigirning bolasi kabi so‘z birikmalaridan foydalanadi. Bu esa ularning nutqini kambag‘allashtiradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga umumiy nomni bildiruvchi so‘zni aytib, uning turlarini bildiruvchi so‘zlarni topishni vazifa qilib berishi mumkin. Qush: bulbul, chittak, …. Daraxt: terak, tol, …… Meva: olma, nok, …… Hasharot: qo‘ng‘iz, chumoli, kapalak …… Shundan so‘ng har bir uyadosh so‘zning ma’nosi ustida ishlanadi. Masalan, Bulbul qanday qush? Olma qanday meva? 2-sinf ona tili darsligida ayrim o‘simlik, qush, hayvonlarga bag‘ishlangan matnlar bor: “Na’matak” (98-mashq), Sa’va (100- mashq), “Kashtan daraxti” (223-mashq), “Gulbeor” (309-mashq), “Chumchuq” (312-mashq), shotut haqidagi matn (313-mashq). Bunday matnlar o‘quvchilarning muayyan qush, hayvon, hasharot, o‘simlik haqidagi tasavvurini kengaytiradi. 60 O‘qituvchi o‘quvchilarga darsda yoki uyda shunday matnlar tuzishni topshirishi ham mumkin. Oʻqish darslarida uyadosh soʻzlar ustida ishlash. Oʻqish darslarida ham oʻquvchilar nutqini uyadosh soʻzlar bilan boyitish imkoniyati katta. Oʻqish darslarida uyadosh soʻzlar ustida ishlashda “Oʻqish kitobi” darsligidagi badiiy matnlarda qoʻllangan uyadosh soʻzlar ustida ish olib boriladi. 3-sinf “Oʻqish kitobi” darsligidagi “Oltin kuz” matnida meva va qush uyadoshlariga mansub soʻzlar qoʻllangan. Masalan, mana bu gapda mevalar nomi uyushib kelgan: Kuzning birinchi оyidа nоk, оlmа, Download 7.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling