N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili


Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklaridagi ma’nodosh so‘zlarga doir


Download 7.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/55
Sana15.09.2023
Hajmi7.04 Mb.
#1679064
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Bog'liq
Adizova

Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklaridagi ma’nodosh so‘zlarga doir 
mashqlar tahlili 
Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida ma’nodosh so‘zlar alohida 
mavzu sifatida ajratilmagan. Ma’nodosh so‘zlarga doir mashqlar so‘z 
turkumlariga oid mashq va topshiriqlar doirasida berilgan. 
Sinonimlar ustidagi elementar mashqlar 1-sinfdan boshlanadi. Masalan, 
“Alifbe”da o‘quvchilar quyidagi gapni o‘qiydi: “Onam shirin, mazali 
non yopdilar”. O‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini mazali so‘zi shirin 
so‘zining ma’nosini kuchaytirayotganiga qaratadi. 
2-sinfda o‘quvchilar 2-3 sinonimdan iborat guruhlar tuzadi. 
Odatda sinonimlar belgining o‘sib borish darajasiga ko‘ra 
joylashtiriladi: kuchli – baquvvat – zabardast va chiroyli, suluv – zebo 
. 2 – 4- sinflarda uch va undan ortiq sinonimdan iborat guruhlar tuzish 
maqsadga muvofiq; qo‘rqmas, botir, jasur (jangchi); saqlamoq, 
qo‘riqlamoq, himoya qilmoq. 
Hikoyalarda fe’llar ustida ish olib boriladi. Masalan “Bolari va 
qovog‘ari ” hikoyasida: g‘o‘ng‘illabdi, gapiribdi, debdi, sekin so‘rabdi, 
javob beribdi. Xuddi shunday ish-harakat fe’llari ustida ham olib 
boriladi: olib ketsa, tashisa, ko‘tarib keta boshladi (“G‘isht” 
hikoyasidan, 3-sinf). Anig‘ini aytganda, bu so‘zlarning, hammasi ham 
sinonim emas. Lekin boshlang‘ich sinflarda sinonimlarning bunday 
kengaytirilgan talqini zarurdir. Mohiyatan bolalar bunda bir tematik 
guruhga kiruvchi so‘zlarni tahlil qiladi. Ayni holatda nutq, gapirishni 
bildiruvchi so‘zlarni. Bunday so‘zlarning xilma-xilligi fikrni aniq 
ifodalashni ta’minlaydi: shivirladi, xitobladi, so‘z qotdi va h. k. neytral 
bo‘lgan dedi so‘zining jonga tegadigan takroridan qochishga imkon 
beradi. 
1-sinf ona tili darsligida ma’nodosh so‘zlarga doir 3 ta mashq 
berilgan (119- 154-, 178-mashqlar). 119-mashqni aynan ma’nodosh 
so‘zlar ustida ishlashga doir mashq deb bo‘lmaydi. Unda ma’nodosh 
so‘zlarga doir topshiriq bor. Mashqda Qambar Otaning she’ri berilgan 
bo‘lib, sharti quyidagicha: “So‘roqlar yordamida harakatni bildirgan 
so‘zlarni toping va ko‘chiring”. She’rning matni quyidagicha: 

Download 7.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling