N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili
Download 7.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Adizova
yaproq, katta, quyosh.
O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi: 47 Ma’nodosh otlar: do‘st, o‘rtoq, oshna; ovoz, tovush; shabada, nasim, sabo; yaproq, barg; quyosh, oftob, kun. Ma’nodosh sifatlar: toza, ozoda, pokiza; tiniq, beg‘ubor, shaffof; quvnoq, xushchaqchaq; go‘zal, chiroyli, ko‘rkam; katta, ulkan, muazzam. O‘qituvchi bu mashqni bajarish jarayonida o‘quvchilarga ma’nodosh so‘zlarning farqini ham tushuntirishi lozim. Buning uchun o‘quvchilarga bu so‘zlar yordamida so‘z birikmasi yoki gap tuzdirish yaxshi samara beradi. 4-sinf “Ona tili” darsligida ma’nodosh so‘zlarga doir 7 ta mashq berilgan (97-, 255-, 264-, 273-, 275-, 374-, 402- mashqlar). 98-mashqda maqollar berilgan. Mashqning sharti quyidagicha: “Maqollarni o‘qing, ma’nosini izohlang. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang”. Mashqda quyidagi maqollar berilgan: Yolg‘onchining rost so‘zi ham yolg‘on. Odobli farzand – oila ko‘rki. Do‘st so‘zini tashlama, Tashlab boshing qashlama. Hunari va odobi bo‘lmagan kishidan baxt va davlat ketadi. Mashq matnidan keyin quyidagicha topshiriq berilgan: “Ko‘chiring. Rost, farzand so‘zlariga yaqin ma’noli so‘zlar toping.” O‘quvchilar bu topshiriqni quyidagicha bajaradi: rost – chin, to‘g‘ri, haq; farzand – bola. Bu mashqdagi topshiriq o‘quvchida berilgan so‘zga mustaqil ravishda ma’nodosh so‘z topish ko‘nikmasini shakllantirishga mo‘ljallangan. 255-mashqda ma’nodosh so‘zlar aralash holda berilgan bo‘lib, o‘quvchidan bu so‘zlarni ma’nodoshlik guruhlariga birlashtirish talab qilingan. Mashqning sharti quyidagicha: “Berilgan otlardan ma’nodoshlarini tanlab yozing”. Mashqda quyidagi so‘zlar berilgan: Tilak, sovg‘a, odam, bahor, kishi, orzu, tortiq, inson, niyat, istak, hadya, ko‘klam, armug‘on. O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi: Tilak, orzu, niyat, istak; sovg‘a, tortiq, hadya, armug‘on; odam, kishi, inson; bahor, ko‘klam. Mashqdan keyin “Shu so‘zlar ishtirokida ikkita gap tuzing” degan topshiriq berilgan. O‘quvchilar ma’nodosh so‘zlar ishtirokida ikkita gap tuzadi. 48 Bu mashq o‘quvchilarni ma’nodosh so‘zlarni aniqlash, guruhlash va o‘z nutqida qo‘llashga o‘rgatishga mo‘ljallangan. Darslikdagi 264-mashqda qor yog‘ishi haqida matn berilgan. Matndan keyin “Beg‘ubor so‘ziga ma’nodosh so‘zlar topib yozing ” deb topshiriq berilgan. Matnda beg‘ubor so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan: “Bolalarning beg‘ubor qalbi daryoday to‘lib-toshyapti”. Bu ma’no “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “dog‘ tushmagan, pokiza” deb izohlangan. Demak, bu holatda beg‘ubor so‘ziga toza, pokiza so‘zlari ma’nodosh bo‘lib keladi. 273-mashqda ma’nodosh sifatlar va ular bilan birikuvchi otlar berilgan bo‘lib, mashqning sharti quyidagicha: “Berilgan sifat va otlardan foydalanib birikma tuzing”. Mashqa quyidagi ot va sifatlar berilgan: Buyuk, ulug‘, katta, yirik; Olim, yozuvchi, bino, inson, davlat; Chiroyli, go‘zal, barno, suluv, dilbar; Qiz, bola, yigit, kelinchak, shahar, diyor. Mashqda so‘zlardan keyin: “Ma’nodosh sifatlarning har biri bitta ot bilan bog‘lana oladimi?” deb savol berilgan. Aytish kerakki, bu mashq boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun biroz og‘ir. Shuning uchun uni bajarishda o‘qituvchining yordami kerak bo‘ladi. O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi: Buyuk olim, buyuk yozuvchi, buyuk davlat, ulug‘ davlat, ulug‘ olim, ulug‘ yozuvchi, katta bino, katta olim (ko‘chma ma’noda), yirik bino, yirik olim. Chiroyli qiz, chiroyli bola, chiroyli yigit, chiroyli kelinchak, chiroyli shahar; go‘zal qiz, go‘zal kelinchak, go‘zal shahar, go‘zal diyor; barno qiz, barno yigit, barno kelinchak; suluv qiz, suluv kelinchak, dilbar shahar, dilbar diyor. Bu mashq, o‘quvchilarni ma’nodosh so‘zlarning farqi va birikuvchanligini anglashga, ularni nutqda to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatishga bag‘ishlangan. Mashqni bajarish asosida o‘quvchilar ma’nodosh so‘zlar turli ma’no qirrasi bilan bir-biridan farq qilishi, ma’nodosh so‘zlarning hammasi ham bitta so‘z bilan bog‘lana olmasligi haqida xulosa chiqaradi. Jumladan, tahlil qilinayotgan mashqda berilgan buyuk, ulug‘ so‘zlari bino so‘zi bilan bog‘lana olmaydi. Suluv so‘zi bola, yigit, shahar, diyor so‘zlari bilan bog‘lana olmaydi. 49 Bunday mashqlar o‘quvchilarni ma’nodosh so‘zlar ichidan birikma, gap mazmuniga mosini tanlab ishlatishga o‘rgatishda juda yaxshi samara beradi. Biroq bunday mashqlarni bajarishda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan har bir so‘zning ma’nosini tahlil qilishi, ma’nodosh so‘zlarning farqini ochib berishi lozim. 275-mashq o‘quvchilarni ma’nodosh so‘zlarni aniqlash va guruhlashga o‘rgatishga mo‘ljallangan. Mashqning sharti quyidagicha: “O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan sifatlarga berilgan sifatlar ichidan yaqin ma’nolilarini topib namunadagidek yozing. Namuna: ko‘rkam, chiroyli,… ” Mashqda quyidagi so‘zlar berilgan: Ko‘rkam, sezgir, katta, chaqqon, chiroyli, epchil, ziyrak, ulkan, shod, jasur, xursand, qahramon. O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi: Ko‘rkam, chiroyli; ziyrak, sezgir; ulkan, katta; shod, xursand; epchil, chaqqon; jasur, qahramon. Shuni aytish kerakki, qahramon so‘zi jasur so‘ziga ma’nodosh bo‘la olmaydi. Ularni so‘z birikmasida bir ma’noni ifodalash uchun almashtirib bo‘lmaydi. Masalan, jasur yigit – qahramon yigit birikmalarida jasur yigit qahramon bo‘lmasligi mumkin. Qahramon so‘ziga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagicha izoh berilgan: “shijoati, dovyurakligi, botirligi bilan shuhrat qozongan, jonbozlik mardlik qilib, o‘zini ko‘rsatgan shaxs”. 374-mashq fe’l zamonlarini aniqlashga bag‘ishlangan bo‘lib, mashq matnidan so‘ng “Vaqt so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toping” degan topshiriq berilgan. O‘quvchilar bu topshiriqni quyidagicha bajaradi: vaqt, payt, zamon, muddat. O‘qituvchi o‘quvchilarga bu so‘zlarning ma’noviy farqini tushuntiradi. 402-mashq ham ma’nodosh so‘zlarga bag‘ishlangan bo‘lib, uning sharti quyidagicha: “O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan fe’llarga yaqin ma’noli fe’llarni tanlab, ularni namunadagidek yozing. Namuna: gapirmoq-so‘zlamoq”. Mashqda quyidagi fe’llar berilgan: Gapirmoq, yanglishmoq, eslamoq, tayyorlamoq, takrorlamoq, istamoq, chanqamoq, hozirlamoq, so‘zlamoq, qaytarmoq, adashmoq, xotirlamoq, suvsamoq, eshitmoq, bajarmoq, tinglamoq, ijro qilmoq, xohlamoq. O‘quvchilar bu mashqni quyidagicha bajaradi: 50 Gapirmoq – so‘zlamoq, eslamoq – xotirlamoq, istamoq – xohlamoq, hozirlamoq – tayyorlamoq, takrorlamoq – qaytarmoq, suvsamoq – chanqamoq, tinglamoq – eshitmoq, ijro qilmoq – bajarmoq. Bu mashq o‘quvchilarga ma’nodosh so‘zlarni aniqlashga o‘rgatishga mo‘ljallangan. O‘qituvchi mashq shartiga qo‘shimcha ravishda ma’nodosh fe’llarning farqini anglash va o‘z nutqida qo‘llashga doir topshiriq bersa, mashqning samaradorligi ancha ortadi. 4-sinf “Ona tili” darsligida ma’nodosh so‘zlarga doir mashqlardan tashqari, ma’nodosh so‘zlarga daxldor yana bir jihat o‘ziga tortadi. Darslikning ayrim o‘rinlarida o‘quvchilar uchun tushunarsiz so‘zlarga izoh berilgan. Ba’zi izohlarda tushunarsiz so‘zga ma’nodosh so‘z keltirilgan. Masalan; tug‘ro – gerb, qopqa – darvoza (3-bet), alp – bahodir, pahlavon (5-bet), iqbol – baxtli taqdir, baxt, omad; olqish – maqtash, ulug‘lash (11-bet), boy bermaslik – yutqazmaslik (45-bet), in’om – sovg‘a, hadya (47-bet), azim – katta, ulkan (49-bet), og‘och – daraxt (53-bet), taft – harorat (77-bet), qal’a – qasr, qo‘rg‘on (80-bet), haykal – yodgorlik (83-bet), zaxmsiz – ozorsiz, jarohatsiz (93-bet), boqiy – abadiy, mangu, o‘lmas (103-bet), daromad – sof foyda, mablag‘ (106-bet), zarrin – yarqiroq (159-bet), yog‘iy – dushman (133-bet), inmasin – qo‘nmasin, o‘tirmasin (156-bet), siniqmoq – so‘lmoq, sarg‘aymoq (158-bet). Demak, ma’nodosh so‘zlar notanish so‘z ma’nosini izohlashda foydalaniladigan samarali vositalardan biridir. Download 7.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling