N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili


Download 7.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/55
Sana15.09.2023
Hajmi7.04 Mb.
#1679064
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
Adizova

Uy hayvonlari: sigir, … . 
Yovvoyi hayvonlar: yo‘lbars ……. 
O‘quvchilar hayvonlar nomini shu ikki uyaga kiritish bilan tasnifni
amalga oshiradi. Bu mashqqa qo‘shimcha qilib o‘quvchilarga
gaplar tuzdirish mumkin: Mushuk – uy hayvoni. Yoʻlbars – yovvoyi
hayvon. 
Shu darslikdagi 159-mashqning sharti quyidagicha: “Buzoq, bo‘taloq, 
toychoq, qo‘zichoq qaysi uy hayvonlarining bolasi” Hayvonlar
nomini, ularning bolalari nomi bilan yonma-yon yozing. Namuna: 
Sigir – buzoq, ……. 
Bu mashq o‘quvchilar lug‘at boyligini oshirishda juda katta
ahamiyatga ega. Bolalar hayvonlar bolasi nomini bilmasa, otning
bolasi, qo‘yning bolasi, sigirning bolasi kabi so‘z birikmalaridan
foydalanadi. Bu esa ularning nutqini kambag‘allashtiradi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarga umumiy nomni bildiruvchi so‘zni aytib, 
uning turlarini bildiruvchi so‘zlarni topishni vazifa qilib berishi
mumkin. 
Qush: bulbul, chittak, …. 
Daraxt: terak, tol, …… 
Meva: olma, nok, …… 
Hasharot: qo‘ng‘iz, chumoli, kapalak …… 
Shundan so‘ng har bir uyadosh so‘zning ma’nosi ustida ishlanadi.
Masalan, Bulbul qanday qush? Olma qanday meva? 
2-sinf ona tili darsligida ayrim o‘simlik, qush, hayvonlarga
bag‘ishlangan matnlar bor: “Na’matak” (98-mashq), Sa’va (100-
mashq), “Kashtan daraxti” (223-mashq), “Gulbeor” (309-mashq), 
“Chumchuq” (312-mashq), shotut haqidagi matn (313-mashq). Bunday
matnlar o‘quvchilarning muayyan qush, hayvon, hasharot, o‘simlik
haqidagi tasavvurini kengaytiradi. 


60 
O‘qituvchi o‘quvchilarga darsda yoki uyda shunday matnlar
tuzishni topshirishi ham mumkin. 
 Oʻqish darslarida uyadosh soʻzlar ustida ishlash. Oʻqish darslarida
ham oʻquvchilar nutqini uyadosh soʻzlar bilan boyitish imkoniyati
katta. Oʻqish darslarida uyadosh soʻzlar ustida ishlashda “Oʻqish
kitobi” darsligidagi badiiy matnlarda qoʻllangan uyadosh soʻzlar 
ustida ish olib boriladi. 
3-sinf “Oʻqish kitobi” darsligidagi “Oltin kuz” matnida meva va qush 
uyadoshlariga mansub soʻzlar qoʻllangan. Masalan, mana bu gapda 
mevalar nomi uyushib kelgan: Kuzning birinchi оyidа nоk, оlmа, 

Download 7.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling