N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili


Sayroqi qushlar Sayramaydigan qushlar


Download 7.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/55
Sana15.09.2023
Hajmi7.04 Mb.
#1679064
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
Adizova

Sayroqi qushlar Sayramaydigan qushlar 
Sa’va Turumtoy 
Zargʻaldoq Chumchuq 
Kaklik Laylak 
Bedana Koʻkqargʻa 
Boʻztoʻrgʻay Bulduriq 
Qaldirgʻoch Tuvaloq 
Chugʻirchiq Suqsur 
Oqqush 
Tustovuq 


65 
Burgut 
Qarchigʻay 
Oʻqituvchi bu tasnifni amalga oshirshda oʻquvchilarga yordam 
beradi. 
Tasnif amalga oshirilgandan soʻng oʻqituvchi shunday savol 
beradi: – Qaysi guruhga mansub soʻzlar sayradi soʻzi b ilan bogʻlana 
oladi? 
Oʻquvchilar sayroqi qushlar guruhidagi soʻzlar deb javob beradi. 
4. Shundan soʻng oʻqituvchi oʻquvchilarga qush nomlarini 
qatnashtirib 4 – 5 ta gap tuzishni topshiradi. 
Bunday topshiriqlarni bajarish natijasida oʻquvchilar nutqi qush 
uyadoshlariga mansub soʻzlar bilan boyiydi. Ularning qushlar haqidagi 
tasavvuri kengayadi. 
Darslikdagi “Tushovli toʻy” hikoyasida ot uyadoshlariga oid
saman, toy, qashqa, aygʻir soʻzlari uchraydi. Bu hikoyani oʻtishda
uyadosh soʻzlar ustida quyidagi ish olib boriladi. Oʻqituvchi 
hikoyadan ot ma’nosini bildiruvchi soʻzni topishni soʻraydi. 
Oʻquvchilar saman, toy, qashqa, aygʻir soʻzlarini topib aytadi. 
Shundan soʻng oʻqituvchi bu soʻzlarning ma’nosini lugʻatdan topib 
oʻqishni taklif qiladi. Oʻquvchilar bu soʻzlarning ma’nosini lugʻatdan 
topib oʻqiydi. 
Saman och, malla, sargʻish tusli ot. 
Toy otning bir yoshdan 2 yoshgacha boʻlgan bolasi. 
Qashqa ot mol yoki peshonasidagi oq joy oq nishona, shunday 
nishonali ot – mol . 
Aygʻir – 3-4 yoshli erkak ot, umuman erkak ot. 
Shundan soʻng oʻqituvchi oʻquvchilar bilan quyidagicha savol-
javob qiladi. Oʻquvchilar toy otning bir yoshdan ikki yoshgacha bolasi 
boʻlsa, otning bir yoshgacha boʻlgan bolasi nima deyiladi? 
Oʻquvchilar javob berolmasa, oʻqituvchi shunday izoh beradi: 
– Otning bir yoshgacha boʻlgan bolasi, oʻquvchilar, qulun 
deyiladi. Ikki yoshdan uch yoshgacha boʻlgan bolasi esa qoʻnon, 3
yoshdan katta ot esa doʻnon deyiladi. 
– Aygʻir erkak ot boʻlsa, urgʻochi ot nima deyiladi? 
Oʻquvchilarning koʻpchiligi, albatta, buni bilmaydi. Shuning 
uchun oʻqituvchining oʻzi izoh beradi. 
– Urgʻochi ot baytal deyiladi, bolali baytal esa biya deyiladi. 


66 
Darslikdagi Yusuf Xos Xojib qalamiga mansub “Bahor ta’rifida” 
matnida rang va qush uyadoshlariga mansub soʻzlar qoʻllangan. 
Quyidagi gapda rang bildiruvchi sifatlar bahor faslini juda goʻzal tarzda 
tasvirlashga xizmat qilgan: Uyquga kirgan daraxtlarYashil to‘n kiydi, 

Download 7.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling